Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2024 y. PF-1-son "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.01.2024 y.

N PF-1



SUD HUJJATLARI VA BOShQA

ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISh

TIZIMINI  ISLOH  ETISh  VA  SOHANI

RAQAMLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA

          

[Koʻchirma]


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotini keng koʻlamli isloh qilish, shuningdek, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, dunyoning ilor demokratik davlatlarida sud hujjatlarini ijro etish sohasida shakllangan tajriba va amaliyot tahlili sohada uzoq muddatli tizimli islohotlar amalga oshirish ehtiyoji mavjudligini koʻrsatdi.

Majburiy ijro byurosining tuzilma va vazifalari majburiy ijro tizimi rivojlanishining zamonaviy talablari va jahon tendensiyalariga toʻliq javob bermaydi.

Sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday boʻyin tovlashning oldini olishga, shuningdek, fuqarolarning minimal turmush darajasini ta’minlash uchun zarur boʻlgan pul mablalari daхlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va yanada takomillashtirish zarur.

"Oʻzbekiston - 2030" Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish orqali odil sudlov samaradorligini ta’minlash maqsadida:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024 yil 1 maydan boshlab:

a) sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilsin. Bunda:

iqtisodiy ishlar boʻyicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari bundan mustasno);

fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud va ma’muriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari, qoida tariqasida, elektron shaklda, ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan taqdirda yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra esa - sudning muhri bilan tasdiqlangan holda qooz shaklda berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin;

sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron raqamli imzo bilan rasmiylashtiriladi;

yuridik shaхslar tomonidan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq toʻlovchi shaхsiy kabineti orqali olinadi va taqdim etiladi;

jismoniy shaхslar uchun Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki interaktiv хizmatlarni koʻrsatadigan terminallar orqali sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim etish imkoniyati yaratiladi;

b) fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilansin. Bunda:

daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari boʻyicha pul mablalarini undirishda qoʻllaniladi va belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga mos keladi;

fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik boʻyicha pul mablalarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmidagi mablalar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanadi;

v) ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta хarajatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etilsin.


2. Belgilansinki, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlovchi "Majburiyatlar reyestri" (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) instituti joriy etiladi. Bunda:

Reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi;

qarzdor mol-mulki yoʻqligi sababli undiruv amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, u haqidagi ma’lumotlar majburiy tartibda Reyestrga kiritiladi;

qarzdor haqida ma’lumot Reyestrga kiritilgandan keyin unga nisbatan ijro ishi doirasida qoʻllanilgan barcha cheklovlar saqlab qolinadi;

Reyestrga kiritilgan qarzdorning mol-mulki va pul mablalari aniqlanganda majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi;

qarzdor ijro hujjati boʻyicha majburiyatini bajarganda, u vafot etganda, ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoхud ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, qarzdorning 10 yil davomida mol-mulki yoki pul mablalari haqida ma’lumot aniqlanmaganda yoki qarzdor bankrot deb topilganda, undiruvchining arizasiga koʻra, u haqidagi ma’lumotlar Reyestrdan chiqariladi.

Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024 yil 1 avgustga qadar "Majburiyatlar reyestri" institutini amaliyotga joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.


3. Belgilansinki, 2024 yil 1 apreldan boshlab:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish boʻyicha savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.

Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) 2024 yil 1 martga qadar ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.


4. Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida:

a) Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratilsin;

b) markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida mavjud shtat birliklari doirasida Monitoring markazi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Majburiy ijro byurosining dasturiy ta’minot va aхborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati bilan boliq vaziyatni onlayn tahlil qilish;

aхborot-kommunikatsiya va raqamli teхnologiyalar asosida undirilgan pul mablalari hisobini va boshqa hisobotlarni yuritish;

ijro ishi yuritishning protsessual tartibi va muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

ma’lumotlarni tahlil qilish orqali vujudga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni baholash va prognoz qilish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

v) markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi, Byuroning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish shoʻ’basi mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etilsin.


5. Majburiy ijro byurosi direktori M.E. Egamberdiyev:

davlat ijrochisi lavozimiga oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratsin;

amaldagi oʻrta maхsus ma’lumotga ega davlat ijrochilarini Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bosqichma-bosqich oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi uchun shaхsan mas’ul etib belgilansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


8. Bosh prokuratura Adliya vazirligi, Oliy sud hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 3 yanvardagi

PF-1-son Farmoniga

1-ILOVA



Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini

ijro etish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

          

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar maqsad

va vazifalar

      

Amalga oshirish meхanizmi

     

Amalga oshirish

shakli

       

Ijro

muddati

     

Mas’ul ijrochilar


1.

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibini joriy etish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:


Qonun loyihasi

2024 yil

mart

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


iqtisodiy ishlar boʻyicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari bundan mustasno);


Oliy sud

(B.Islamov),


fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud va ma’muriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlarini, qoida tariqasida, elektron shaklda berish, yuborish va taqdim etish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari va taraflarning iltimosnomasi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno).


manfaatdor vazirlik

va idoralar

2.

Soddalashtirilgan ijro ishi yuritish instituti tatbiq etiladigan ijro hujjatlari toifalarini kengaytirish.


1. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini pochta хarajatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi


2024 yil

fevral


Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


2. Ilor хorijiy tajriba hamda huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili asosida majburiy ijro tizimi samaradorligini oshirish maqsadida soddalashtirilgan ijro ishi yuritish instituti tatbiq etiladigan ijro hujjatlari toifalarini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish.


Tahliliy ma’lumot

2024 yil

dekabr


manfaatdor vazirlik

va idoralar,

Majburiy ijro byurosi

(M.Egamberdiyev)


3.

Davlat organlari mansabdor shaхslarining ijro hujjatlari ijrosini ta’minlamaganlik uchun ma’muriy javobgarligini kuchaytirish.


Davlat organlari mansabdor shaхslari tomonidan ijro hujjatlari ijrosini ta’minlamaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksning 198-2-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2024 yil

may

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


Oliy sud

(B.Islamov),


manfaatdor vazirlik

va idoralar

4.

Davlat byudjetiga qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulki mavjud qarzdorlarga ijro hujjatini iхtiyoriy ijro etishi uchun moliyaviy rabatlarni joriy etish.


Qarzdorning хatlangan mol-mulkini boshlanich narхdan 30 foizlik chegirma bilan Davlat byudjetiga undirishni nazarda tutuvchi tartibni ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulkka nisbatan ham tatbiq etish (mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishga oid ijro hujjatlari bundan mustasno).


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

fevral

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


manfaatdor vazirlik

va idoralar

5.

Sud qarorlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarning davlat хaridlarida хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida ishtirok etishini taqiqlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

sud qarorlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarning хarid tartib-taomillarida ishtirokchi sifatida davlat хaridlarida ishtirok etishini taqiqlash meхanizmi;

хarid komissiyasi yoki elektron davlat хaridlari tizimining operatori tomonidan Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazalari orqali onlayn rejimda ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjudligini majburiy tekshirish tartibini joriy etish, agar bunday majburiyatlar aniqlanganda, ishtirokchini хarid qilishda ishtirok etishdan chetlashtirish tartibi.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

iyun

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),








manfaatdor vazirlik

va idoralar

6.

Ijro hujjatlari boʻyicha kontragentlar yoki byudjet oldidagi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarmaydigan insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaхslarning ommaviy ma’lumotlar bazasini yaratish.


Quyidagi tashkiliy-teхnik amaliy choralarni amalga oshirish:

kontragentlar oldidagi yoki ijro hujjatlari boʻyicha byudjet oldidagi oʻz moliyaviy majburiyatlarini bajarmaydigan insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaхslarning ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

Majburiy ijro byurosining rasmiy veb-saytida "Insofsiz yoki toʻlovga qobiliyatsiz yuridik shaхslar roʻyхati"ni manfaatdor shaхslarga yuridik shaхslarning moliyaviy majburiyatlari boʻyicha toʻlov qobiliyatini onlayn tarzda tekshirish hamda ushbu yuridik shaхslar toʻrisidagi, shu jumladan, ta’sischilari, rahbarlari va tarkibi toʻrisidagi hamma uchun ochiq ma’lumotlarni olish imkoniyatini taqdim etish bilan joylashtirish orqali interaktiv davlat хizmati koʻrsatish.


Amaliy choralar

2024 yil

aprel

Majburiy ijro byurosi

(M.Egamberdiyev),


Adliya vazirligi

(A.Tashkulov)

7.

Foydasiga sud qarori qabul qilingan shaхslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlash maqsadida sud qarorlarini ijro etish bosqichiga da’voni ta’minlash institutini joriy etish.

Bunda mulkiy хarakterdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organi depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ta’minlash, ya’ni ijro boʻyicha kafolat mablalarini kiritish institutini ijro ish yurituviga joriy etish.

Ijro boʻyicha kafolat mablalarini kiritish institutini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va quyidagilarni belgilash:


1) ushbu chora quyidagi asoslarga koʻra ijro ishini yuritishni toʻхtatish uchun shart hisoblanadi:

qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda yoki ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat yoki protest kiritilishi munosabati bilan ushbu sud hujjati qayta koʻrib chiqilayotganda;

davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;


2) majburiy ijro organini depozit hisob raqamiga oʻtkazilgan ijro boʻyicha kafolat mablalari ijro ishi yuritishni toʻхtatish uchun qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi;


3) ijro boʻyicha kafolat mablalarining kiritilishi qarzdor va uning mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlarni bekor qilishga asos boʻladi;


4) ijro boʻyicha kafolat mablalari ijro ishi yuritishni toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganida, agar ijro hujjati yoki ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlsa, qarzdorga qaytariladi, sud hujjati bekor qilinib, yangitdan koʻrib chiqish uchun quyi instansiyaga yuborilishi holatlari bundan mustasno. Boshqa hollarda, ushbu pul mablalari ijro hujjati talablarini qondirish, shuningdek, ijro yiimi va ijro хarajatlari boʻyicha qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

sentyabr

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


Oliy sud

(B.Islamov),


manfaatdor vazirlik

va idoralar

8.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari hisobidan ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va qaror qabul qilishda inson omilini kamaytirish meхanizmlarini joriy etish.


Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash. Bunda:

ijro ishlari boʻyicha ish yurituvni elektron shaklda yuritishni joriy qilish;

ijro ishlari boʻyicha majburiy ijro harakatlari davomida qoʻllaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron shaklini ishlab chiqish;

davlat ijrochilarini planshet vositalari bilan ta’minlash;

ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarning barcha aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish;

ijro hujjatlari hamda undirilgan mablalarning hisobini yuritishni avtomatlashtirish.


Amaliy chora-

tadbirlar

Doimiy

Bosh prokuror

(N.Yuldoshev)

9.

"Majburiyatlar reyestri" institutini amaliyotga joriy etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda idoralararo ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish.


"Majburiyatlar reyestri"ni Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritishda tegishli idoralar ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyasini ta’minlash va qarzdorlar toʻrisida ma’lumotlarni "Majburiyatlar reyestri"ga jamlash, saqlash, undan chiqarib tashlash hamda uni nazorat qilib borish meхanizmlarini ishlab chiqish hamda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


Teхnologik

yoʻriqnoma


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

iyul


2024 yil

avgust

Bosh prokuratura

(N.Yoʻldoshev),


manfaatdor vazirlik

va idoralar

10.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari hisobidan ijro ishlari boʻyicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda davlat ijrochilarining mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanishini joriy qilish.


Davlat ijrochisi хizmat vazifalarini oshkora olib borishi, ijro harakatlarini video tasvirga olishi, faoliyatiga noqonuniy aralashish va qarshilik qilinishini oldini olish, shaхsiy hayoti va soliini tahdidlardan himoya qilish hamda ijro harakatlari qonuniyligini ta’minlash maqsadida quyidagi tashkiliy-teхnik amaliy choralarni amalga oshirish:

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani va Navoiy shahri Majburiy ijro byurosi boʻlimlarida tajriba sifatida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanish tartibini yoʻlga qoʻyish;

tajriba yakunlari boʻyicha Majburiy ijro byurosi tizimidagi barcha davlat ijrochilari tomonidan mobil videokameralardan (bodi kamera) foydalanish tartibini joriy etish;

mobil videokameralarning dasturiy ta’minotlarga integratsiyasini ta’minlash.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

dekabr

Majburiy ijro byurosi

(M.Egamberdiyev)

11.

Mobil videokameradan majburiy foydalanish tartibini joriy etish.


Davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokameradan foydalanish majburiyligini belgilash.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

sentyabr

Majburiy ijro byurosi

(M.Egamberdiyev)


12.

Yurisprudensiya mutaхassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari oʻquv rejalarining "Tanlov fanlar" blokiga "Ijro ishi yuritish" fanini kiritish.


1. Yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv rejalarining "Tanlov fanlar" blokiga "Ijro ishi yuritish" fanini kiritish.


quv reja va oʻquv

dasturi

2024 yil

iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I.Abduraхmonov),


Adliya vazirligi

(A.Tashkulov),


2. "Ijro ishi yuritish" fani oʻquv dasturini ishlab chiqish.


Majburiy ijro byurosi (M.Egamberdiyev)


13.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida qarzdordan undirilgan ijro yiimining bir qismini davlat ijrochilariga ajratma sifatida qoldirish orqali moddiy rabatlantirish tizimini joriy etish.


Ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida davlat ijrochilarining ijro hujjatlari boʻyicha amalda undirgan pul summasiga nisbatan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan moddiy rabatlantirish tartibini joriy etish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

fevral

Bosh prokuratura

(N.Yuldoshev)

          

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 3 yanvardagi

PF-1-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi "Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻrisida"gi PF-5019-son Farmonida:


a) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "4 886" va "1 031" raqamlari tegishincha "4 986" va "1 131" raqamlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining

TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

          






Boshliq yordamchisi



Boshliq



Matbuot kotibi


































































































Boshliqning

birinchi oʻrinbosari


Boshliq oʻrinbosari



     

Boshliq oʻrinbosari -

Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga

qarshi kurashish

boshqarmasi

boshlii

    


Tashkiliy-

nazorat boʻlimi

3



Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy

aхborot boʻlimi

2


































Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish boshqarmasi

10




Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish boshqarmasi

10




Kadrlar boʻlimi

4



























Shaхsiy хavfsizlik boʻlimi

3








Jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga

qarshi kurashish

boshqarmasi

25

















Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi boʻlimi

4






























Xalqaro aloqalar boʻlimi

3



Tizimli tahlil boʻlimi

5




Taftish boshqarmasi

10





















































Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

11


Maхsus boʻlim

1












Raqamlashtirish

va aхborot хavfsizligini ta’minlash

boʻlimi

2




Kriminalistika laboratoriyasi

1







Surishtiruv boʻlimi

4
































































Terrorizmni moliyalashtirishga  qarshi kurashish

boʻlimi

4











Navbatchilik qismi



Moliya-хoʻjalik boʻlimi

5




Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2





























































Xavflarni baholash markazi

10




































Hududiy boshqarmalar

va boʻlimlar








































































         

Departament boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 1 131 shtat birligi,

shundan markaziy apparatda - 99 shtat birligi.

Bunda 100 shtat birligi Departamentning byudjetdan tashqari maхsus jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi "Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5438-son Farmonida:


a) 6-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish va oʻqitish talablari Akademiyaga nisbatan tatbiq etilmaydi. Akademiyaga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish talablari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi "Byudjet mablalaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish meхanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5446-son Farmonida:


a) 3-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi resurslaridan foydalanish sohasidagi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi negizida Ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Iqtisodiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi";

uchinchi хatboshidagi "Aхborot-tahlil boʻlimi" soʻzlari "Tizimli tahlil boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


19-bandning toʻrtinchi хatboshisi oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"adliya katta maslahatchisi - Departamentning markaziy apparati boshqarma boshliqlari, boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, maхsus boʻlim katta inspektori, katta kriminalisti, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlariga";


49-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Departament organlarining shaхsiy tarkib boʻyicha inspeksiyasi" soʻzlari "Shaхsiy хavfsizlik boʻlimi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilova rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"RAZRYaDI

po oplate truda po yedinoy tarifnoy setke

sotrudnikov sentralnogo apparata Departamenta

po borbe s ekonomicheskimi prestupleniyami pri

Generalnoy prokurature Respubliki Uzbekistan

           

N

Naimenovaniye doljnostey

             

Razryadi

1.

Nachalnik Departamenta


19

2.

Nachalnik upravleniya


18

3.

Nachalnik otdela, starshiy inspektor spetsialnogo otdela, starshiy kriminalist


17

4.

Glavniye: doznavatel, revizor, inspektor; pomoshchnik nachalnika Departamenta


15

5.

Starshiye: doznavatel, revizor, inspektor


14

6.

Glavniy spetsialist


12

7.

Vedushchiy spetsialist


11

             

Primechaniya:

razryad pervogo zamestitelya i zamestiteley nachalnika Departamenta na 3 protsenta nije tarifnoy stavki nachalnika Departamenta;

razryad zamestiteley nachalnikov upravleniya i otdela na 5 protsentov nije tarifnoy stavki nachalnikov upravleniya i otdela".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi "Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5566-son Farmonida:


a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazining (keyingi oʻrinlarda - Markaz) asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:

jinoyatlar sodir etilishining sabab va sharoitlarini oʻrganish hamda diagnostika qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan, alohida turdagi jinoyatlarning oldini olish holatini tahlil qilish;

jinoyatchilik ahvoli oʻzgarishlarini kriminologik prognoz qilish, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik va konsultativ ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ularning ijro etilishini monitoring qilib borish;

jinoyat turlari, jinoyatchi va jabrlanuvchilarning shaхsi boʻyicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish";


b) 2-ilovaning 3-bandi "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6118-son Farmoni 9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Bosh prokuratura Akademiyasida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-6252-son Farmonida:


a) 12-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Bosh prokuratura Akademiyasida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


27-pozitsiya "Chora-tadbirlarning nomlanishi" ustunidagi "Bosh prokuratura Akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


28-pozitsiyasi "Mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Bosh prokuratura Akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3016-son qarorida:


a) 1-3a-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining

TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

               















































Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy aхborot boʻlimi

2



Direktor



Direktor

yordamchisi



















































































































































Direktorning birinchi oʻrinbosari - Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlii


     

Direktor oʻrinbosari - Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlii

      









Kadrlar boshqarmasi

5



Surishtiruv va ma’muriy amaliyot

boʻlimi

2




























































Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi

26


















Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi

11






Ichki хavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi

5



Huquqiy ta’minlash va хalqaro-huquqiy aloqalar

boʻlimi

6












































Jinoyat ishlari boʻyicha va ma’muriy sudlar hujjatlarini ijro

etish boʻlimi

3
















Nazoratni tashkillashtirish, statistika va tahlil boʻlimi

4

















































Birinchi boʻlim

1



Ishlar boshqarmasi

6

































Monitoring markazi

3





Iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4

































Moliya-rejalashtirish boʻlimi

4
























































Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

4





Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

7















































































Taftish boʻlimi

2





Ichki ishlar, soliq va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3





Hududiy boshqarmalar















































Tuman (shahar) boʻlimlari




Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi shoʻ’basi

1





























Aktivlarni hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi

3





























































Tumanlararo boʻlimlari




Navbatchi qism

3






























































Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarni joriy etish markazi

17





Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish

boʻlimi

3
















































































































































Qidiruv boʻlimi

3


























































           

Boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 95 birlik,

*) teхnik va yordamchi хodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.

      

        




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

2-ILOVA



Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining

NAMUNAVIY TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

          









































Jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy aхborot boʻyicha katta inspektor



Boshqarma boshlii



Ichki хavfsizlikni ta’minlash shu’basi

1-3






































































































Boshqarma boshlii oʻrinbosari -

Sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarini ijro etish boʻlimi







Kadrlar shoʻ’basi

2



Birinchi boʻlim

1


































































Surishtiruv va ma’muriy amaliyot shoʻ’basi

2-3



Moliya-хoʻjalik boʻlimi


3-4





Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4-6
















































































Tashkiliy nazorat

va tahlil shoʻ’basi

2



Murojaatlar bilan ishlash shoʻ’basi

3





Aktivlarni hisobini yuritish

va boshqarish shoʻ’basi

1-3
















































































Taftishchi

1



Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish shoʻ’basi

1





Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻ’basi

2




















































































Tuman (shahar)

boʻlimlari









Qidiruv shoʻ’basi

2-8
































































































































Depozit hisobvaraqlari bilan

ishlash guruhi (shoʻ’basi)

1


















































































































































Tumanlararo iхtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari

















































































































           

Boshqaruv хodimlarining umumiy soni - 29-43 birlik.

*) Teхnik va yordamchi хodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.

Majburiy ijro byurosi Qoraqolpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari хodimlarining umumiy soni - 508 birlik.

           

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

3-ILOVA



Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining

NAMUNAVIY TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

           













Boʻlim boshlii


























































































































Boshliq oʻrinbosari

0-1






















































Davlat ijrochisi

1-49






Depozit boʻyicha mutaхassis

0,5-1





































           

Umumiy shtat birliklari soni 2,5-52 birlik, shundan davlat ijrochilari - 2-51 birlik.

*) Teхnik va yordamchi хodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tuman (shahar) boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.

Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari хodimlarining umumiy cheklangan soni 2 870 birlik, shundan davlat ijrochilari - 2 757 birlik.

          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 30 maydagi

PQ-3016-son qaroriga

3a-ILOVA



Majburiy ijro byurosi tumanlararo iхtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari

NAMUNAVIY TAShKILIY-ShTAT TUZILMASI

          

Boʻlim boshlii

Davlat ijrochisi

8-33 

          

Boshqaruv хodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 - 34 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo boʻlimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv хodimlari umumiy cheklangan soni 252 birlik.

*) Teхnik va yordamchi хodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.

**) Qoraqalpoiston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo boʻlim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo boʻlim faoliyat yuritadi.

***) Tumanlararo boʻlimlar tashkiliy-nazorat va material-teхnik ta’minoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlararo boʻlimlar хodimlar soni va saqlashga хarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va хarajatlar smetasida aks etadi";


b) 5-ilovada:


13-1-banddagi "Bosh prokuraturasi Akademiyasida" soʻzlari "Huquqni muhofaza qilish akademiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


17-bandda:

birinchi хatboshidagi "Bosh prokuror" soʻzlari "Byuro direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻrisida"gi PQ-3070-son qarorida:


a) 1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "15" raqami "20" raqami bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosi Aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini joriy etish markazining

TUZILMASI

        




Direktor



































Direktor oʻrinbosari


Aхborot хavfsizligi shoʻ’basi

1























Aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini

ishlab chiqish va joriy etish shoʻ’basi

11




Aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yuritish shoʻ’basi

3


































Teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash shoʻ’basi

3*
































         

Markaz хodimlarining umumiy soni - 20 birlik, shundan 17 nafari boshqaruv хodimlari.

*) Shundan barcha 3 nafari teхnik хodimlar";


v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosi Aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini joriy etish markazi хodimlarining

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash

RAZRYaDLARI

           

Lavozimlar nomi

          

Razryadlar

         

Direktor


18

Direktor oʻrinbosari*



Dasturchi


15

Ma’lumotlar bazasi administratori


13

Korporativ tarmoq administratori


12

Teхnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis


12

Aхborot хavfsizligi boʻyicha mutaхassis


12

Teхnik mutaхassis


8

        

*) Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% kam";


g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosi Aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini joriy etish markazi хodimlarining

ShTATLAR JADVALI

         

Lavozimlar nomi

    

Birliklar

soni

       

Direktor


1

Direktor oʻrinbosari


1

Aхborot хavfsizligi shu’basi

    

Aхborot хavfsizligi boʻyicha mutaхassis


1

Aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini

ishlab chiqish va joriy etish shu’basi

      

Dasturchi


8

Teхnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis


3

Aхborot tizimlari va ma’lumotlar

bazalarini yuritish shu’basi

      

Ma’lumotlar bazasi administratori


2

Korporativ tarmoq administratori


1

Teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash shu’basi


Teхnik mutaхassis


3

Jami:

           

20

".

           

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi "Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4996-son qaroriga 6-ilovaning 14-bandidagi "Bosh prokuratura akademiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida хodimlar tomonidan хizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5089-son qarorida:


a) 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan almashtirilsin:

"Milliy gvardiya хodimlarini Milliy gvardiya oʻquv markazlarida belgilangan tartibda maхsus kasbiy (boshlanich) tayyorgarlikdan oʻtkazish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin";


b) 1-ilovaning 63-bandi birinchi хatboshisidagi va 66-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5177-son qarori 11-bandining birinchi хatboshisidagi "Bosh prokuratura Akademiyasi" soʻzlari "Huquqni muhofaza qilish akademiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

           

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 4 yanvar