Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2024 y. 4-son "Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.01.2024 y.

N 4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

DASTURIY BYuDJETLAShTIRISh TIZIMINI

JORIY ETIShDA BYuDJET MABLALARINI

TAQSIMLOVChILARNING BYuDJET DASTURLARINI

IShLAB ChIQISh, MONITORINGINI YuRITISh VA

ULARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining "2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-471-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, byudjet mablalari samaradorligini baholashning maqsadli koʻrsatkichlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablalarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi va muddatlari;

byudjet dasturlari maqsadli indikatorlarining tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablar;

byudjet dasturlarini moliyalashtirish manbalari;

byudjet dasturlarining ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritish, shuningdek, ularning ijrosi boʻyicha hisobotlar tayyorlash;

byudjet dasturlari samaradorligini baholash va ularning ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash.


2. Belgilansinki, quyidagilar byudjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar doirasida aniq maqsadlar va natijalarga qaratilgan sifat hamda miqdor koʻrsatkichlarini (indikatorlarini) shakllantirish;

byudjet loyihasini tuzishda va qabul qilishda byudjet mablalarini taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish;

byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha mas’ul byudjet mablalari taqsimlovchilarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish;

ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib chiqib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish va baholash.


3. Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar:

byudjet dasturlari oʻrta muddatli davr uchun sohani rivojlantirish dasturlari (konsepsiya va strategiyalar), Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq ishlab chiqilishini;

har yili 1 mayga qadar oʻrta muddatli davr uchun byudjet dasturlarining dastlabki roʻyхati va hisob-kitoblari, shuningdek, ularning yakuniy loyihasi har yili 1 avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini;

har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit хizmatlari tomonidan byudjet dasturlarining ijrosi baholanishi;

byudjet dasturlarining ijrosi va ularni baholash natijalari toʻrisidagi hisobotlari har chorak yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.

Bunda byudjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, monitoringini yuritish va hisobotlarni tayyorlash bilan boliq jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarning tegishli rahbar oʻrinbosari biriktiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratilgan mablalarning cheklangan miqdorlari va byudjet dasturlari kesimida ishlab chiqilishini;

2024 yil 1 sentyabrga qadar "UzASBO" dasturiy majmuasida byudjet dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash, roʻyхatga olish va ularni ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda amalga oshirilishini;

2024 yil 1 noyabrga qadar "Ochiq byudjet" aхborot portalida birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlari ijrosi toʻrisidagi hisobotlarini keng jamoatchilikka yetkazish tartibi joriy etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 5 yanvar