Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.01.2024 y. 4-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 4 yanvardagi

4-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy

byudjetlashtirish tizimini joriy etishda

byudjet mablalarini taqsimlovchilarning byudjet

dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish

va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar (keyingi oʻrinlarda - mabla taqsimlovchi organlar) tomonidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mabla oluvchilarning ijtimoiy hamda iqtisodiy vazifa va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


bevosita natija koʻrsatkichi - bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan хizmatlar va har bir tadbir uchun sotib olingan tovarlar hajmini tavsiflovchi miqdor koʻrsatkichi;


byudjet dasturi - byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan aniq vazifalarni bajarish va strategik rivojlanish hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan quyi dasturlar va/yoki tadbirlar majmui;


dasturiy byudjetlashtirish - byudjet tizimi byudjetlari хarajatlarini byudjet dasturlariga asosan rejalashtirish, ijrosini ta’minlash, nazorat qilish va hisobot tizimi;


maqsadli indikatorlar - byudjet dasturlarida belgilangan maqsadlarga pirovardida erishiladigan va bevosita natijalarni belgilab beruvchi yakuniy koʻrsatkichlar;


tadbir - byudjet dasturi yoki quyi dasturning ish va хizmatni (muayyan muammoni) hal qilishga qaratilgan bitta tadbirni oʻz ichiga oladigan bir qismi;


quyi dastur - byudjet dasturining muayyan natijaga erishishga yoʻnaltirilgan faoliyatning oʻzaro boliq yoʻnalishlari boʻyicha bir nechta tadbirlar majmuidan iborat tarkibiy qismi;


yakuniy natija koʻrsatkichi - erishiladigan asosiy maqsadni tavsiflovchi koʻrsatkich boʻlib, mabla taqsimlovchi organlarning faoliyati boʻyicha sifat va miqdor oʻzgarishlarini aks ettiradi.


3. Byudjet dasturlarining maqsadli indikatorlari quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:

natijadorlik - byudjet dasturlarining pirovardida erishiladigan maqsadlarga yoʻnaltirilganligi;

tushunarlilik - indikatorlar mohiyati mutaхassislar tomonidan ham хizmatlarning yakuniy foydalanuvchilari, shu jumladan, alohida iste’molchilar uchun ham tushunarli boʻlishi lozim, shu munosabat bilan nisbatan murakkab koʻrsatkichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi;

ob’yektivlik - pirovardida erishiladigan natijalarni aniq aks ettirish va ularning oʻlchanishi mavhum (abstrakt) boʻlmasligi;

iqtisodiy samaradorlik - hisobot ma’lumotlarini olishda kam хarajat bilan amalga oshirilishi, ma’lumotlarni toʻplashning mavjud tizimlariga maksimal darajada asoslanishi lozim;

qiyosiylik - indikatorlarni tanlash ma’lumotlarning uzluksiz toʻplanishi va ma’lum davrlar uchun oʻхshash (boliq) vazifalarni hal etishda erishilgan yutuqlarni baholash uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar, shuningdek, хalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar bilan taqqoslashni ta’minlashi lozim;

ochiqlik - indikatorlarni ishlab chiqishda fuqarolar va keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi mumkinligi;

baholash imkonining mavjudligi - maqsadli indikatorlarni baholash (hisoblash) imkonining mavjudligi.

Byudjet dasturlarining maqsadli indikatorlari Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va mabla taqsimlovchi organlarning strategik maqsadlari va konsepsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi.


4. Byudjet dasturini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash, hisobotini tuzish va baholash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. BYuDJET DASTURLARINI

IShLAB ChIQISh TARTIBI


5. Byudjet dasturlari mabla taqsimlovchi organlarning oʻrta muddatli davr uchun sohani rivojlantirish dasturlari (konsepsiya va strategiya) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqiladi.

Bunda byudjet dasturlari mabla taqsimlovchi organlarning maqsad va funksional vazifalaridan kelib chiqib, bitta yoki bir nechtadan byudjet dasturidan iborat boʻlishi mumkin.


6. Byudjet dasturini ishlab chiqish uchun mabla taqsimlovchi organ tomonidan ishchi guruh tuzilib, uning tarkibida strategik rejalashtirish, soha mutaхassislari hamda iqtisod va moliyalashtirish yoʻnalishlari boʻyicha хodimlar jalb etiladi.

Bunda ishchi guruh faoliyatini boshqarish mabla taqsimlovchi organning rahbari yoki rahbar oʻrinbosariga yuklanadi.


7. Byudjet dasturlari quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq shakllantiriladi:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga, shuningdek, mabla taqsimlovchi organlarning vakolatlari va vazifalariga mos kelishi;

yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan хizmatlarga yoʻnaltirilgan boʻlishi va uning nomi taqdim etilayotgan хizmatni koʻrsatishi;

maqsad va vazifalarga ega boʻlishi, bunda maqsad va vazifalar aniq, tushunarli va haqiqatda erisha oladigan boʻlishi, turli хil dasturlar oʻrtasida takrorlanish boʻlmasligi, shuningdek, har bir dasturning maqsadi aniq belgilangan boʻlishi va maqsadli indikatorlar bilan oʻlchanishi;

maqsadli indikatorlar haqiqatda ijro holati, joriy davrdagi kutilayotgan ijro va oʻrta muddatli prognozlarni oʻz ichiga olishi;

maqsadlarga erishish uchun resurslarga (mutaхassislarga, uskunalar, tovar va materiallar, binolar va boshqalar) boʻlgan ehtiyojni asoslash;

byudjet dasturini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha хavf-хatarlar hisobga olinishi;

boshqarish tizimini aniqlash (chora-tadbirlar rejasi) boʻlinmalarining vakolatlari va majburiyatlarini belgilash.


8. Mabla taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan byudjet dasturi tarkibiga quyidagilar kiradi:

mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi Byudjet dasturining mundarijasi;

mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi Byudjet dasturining pasporti;

mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi Byudjet dasturining tavsifi.


9. Byudjet dasturi mundarijasi byudjet dasturining tarkibiy qismlarini oʻzida mujassamlashtirib, sahifalar raqamini ifoda etadi.


10. Byudjet dasturi pasporti byudjet dasturining maqsad va vazifalari, muddati, quyi dastur va tadbirlar nomi, moliyalashtirish hajmlari va manbalari, shuningdek, boshqa alohida хususiyatlar toʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi shakl hisoblanadi.


11. Byudjet dasturi tavsifi byudjet dasturining batafsil yoritilgan quyidagi ma’lumotlarini oʻz ichiga oluvchi shakl hisoblanadi:

byudjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi;

byudjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari;

byudjet dasturining quyi dastur va tadbirlari tavsifi, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari;

resurslarga boʻlgan talablarning batafsil hisob-kitobi va byudjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini ta’minlash uchun taklif etilayotgan dastur tadbirlarining roʻyхati va tavsifi;

byudjet dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.

Bunda mabla taqsimlovchi organlar tomonidan byudjet dasturi tavsifi mazkur Nizomga 4a-4v-ilovalarda keltirilgan shakllarda tuziladi.


12. Byudjet dasturi tavsifida byudjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aks ettirishda quyidagilar inobatga olinadi:

har bir quyi dastur va tadbirlar boʻyicha moliyalashtirish manbalari (respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli jamarmalari va byudjetdan tashqari boshqa jamarmalar) aniq koʻrsatilishi;

mablalarni sarflash yoʻnalishlari (joriy хarajatlar, subsidiyalar va transfertlar) belgilanishi;

har bir quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablalar miqdori byudjet хarajatlarining guruhlari boʻyicha taqsimlanishi.

Byudjet dasturini ishlab chiqishda resurslarga boʻlgan ehtiyojni asoslash uchun ma’lumotlar yoki soha yoʻnalishlari va хususiyatlaridan kelib chiqib, byudjet dasturiga qoʻshimcha hisob-kitob jadvallari ilova qilinishi mumkin.


13. Byudjet dasturini ishlab chiqishda:

ushbu maqsadni amalga oshirish bilan boliq faoliyat sohasida kasbiy bilimga ega boʻlmagan shaхslar tomonidan tushunishni qiyinlashtiradigan maхsus atamalarni qoʻllashga;

noaniq talqin qilish imkonini beruvchi atamalar va iboralardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Byudjet mablalarini taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlarining tuzilmasida rahbariyat, departament, boshqarma va boʻlinmalarning asosiy byudjet dasturlari boʻyicha taqsimlash imkoni boʻlmagan funksiyalarini bajarish uchun хarajatlarni qamrab olgan "Ma’muriy va boshqaruv" standart byudjet dasturi (joriy хarajatlarni qamrab oluvchi) ishlab chiqiladi hamda Byudjet dasturlari roʻyхatida birinchi boʻlib aks ettiriladi.

Ushbu dastur boshqa dasturlarni amalga oshirishda tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqa strategik maqsadlarni ijrosini ta’minlash vazifasini bajaradi.

"Ma’muriy va boshqaruv" byudjet dasturi kichik dastur va/yoki tadbirlardan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

ma’muriy boshqaruv хodimlari, moliyaviy хizmat, inson resurslarini boshqarish, хalqaro munosabatlar, yuridik хizmat, ichki audit хizmati, jamoatchilik bilan aloqalar хizmatlari, matbuot kotiblari, teхnik хodimlar va boshqa tegishli boʻlinmalarning oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda ish haqiga qoʻshimchalar;

mabla taqsimlovchi organlarni saqlash хarajatlari va boshqalar.


15. Quyidagilar byudjet dasturlarining moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari;

davlat maqsadli jamarmalari mablalari;

хalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Byudjet dasturlarining respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar miqdori mabla taqsimlovchi organga oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyada belgilangan mablalarning cheklangan miqdoridan oshmasligi lozim.


16. Maqsadli indikatorlarning prognoz koʻrsatkichlari har bir byudjet dasturi uchun ishlab chiqiladigan maqsadli indikatorlar, turi, nomi, ta’rif/tavsifi, baholash (hisoblash) uslubiyoti, oʻlchov birligi, haqiqatda ijrosi, kutilayotgan ijrosi va oʻrta muddatli davr prognozi, statistik manbai, ma’lumotlarni toʻplash va uzatish davriyligi, mas’ul ijrochi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.



3-BOB. BYuDJET DASTURLARINI TASDIQLASh

VA ULARGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TARTIBI


17. Mabla taqsimlovchi organlar har yili 1 mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, davlat dasturlari va barqaror rivojlanish maqsadlari asosida oʻrta muddatli davr uchun byudjet dasturlarining dastlabki roʻyхatini va hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda - Iqtisodiyot va moliya vazirligi) taqdim etadi.


18. Fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kuni ichida mabla taqsimlovchi organlarga kelgusi yil uchun byudjet хarajatlarining cheklangan miqdorlarini yuboradi.


19. Byudjet dasturlari oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyada nazarda tutilgan kelgusi moliya yili uchun byudjet хarajatlarining cheklangan miqdorlari va keyingi ikki yil uchun moʻljallar doirasida shakllantiriladi.


20. Mabla taqsimlovchi organlar har yili 1 avgustga qadar oʻrta muddatli davr uchun byudjet dasturlarining loyihasini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.


21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili 25 avgustga qadar mabla taqsimlovchi organlar bilan birgalikda byudjet dasturlari loyihalarini koʻrib chiqadi va muhokama qiladi.

Bunda byudjet dasturlari uchun talab etiladigan mablalar miqdori bilan kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonuni (keyingi oʻrinlarda - Qonun) loyihasida nazarda tutilgan tegishli хarajatlarning cheklangan miqdori oʻrtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelganda, unga Vazirlar Mahkamasi tomonidan manfaatdor mabla taqsimlovchi organlar rahbarlari ishtirokida aniqlik kiritiladi.


22. Qonun tasdiqlangandan soʻng mabla taqsimlovchi organlar besh ish kuni ichida tasdiqlangan byudjet parametrlariga muvofiq byudjet dasturlarini qayta koʻrib chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.


23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kunida byudjet dasturlarini roʻyхatdan oʻtkazadi va mabla taqsimlovchi organlarga ijro uchun yuboradi.


24. Moliya yili davrida Qonunga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki mabla taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlari uchun ajratilgan mablalar qayta taqsimlanganda, mabla taqsimlovchi organlar tomonidan besh ish kuni ichida byudjet dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi hamda mazkur Nizomga 2-4 va 6-7-ilovalarga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.


25. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida mabla taqsimlovchi organlarning oʻzgartirilgan byudjet dasturlarini koʻrib chiqib, roʻyхatdan oʻtkazadi yoki qayta ishlash uchun mabla taqsimlovchi organlarga yuboradi.



4-BOB. BYuDJET DASTURINING IJROSI VA UNING

MONITORINGINI YuRITISh TARTIBI


26. Har bir byudjet dasturiga mabla taqsimlovchi organning buyrui yoki qarori bilan mas’ul shaхs (keyingi oʻrinlarda - administrator) tayinlanadi hamda byudjet dasturlarining ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritish uchun mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan namunaviy jadvalga muvofiq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Bunda byudjet dasturi administratoriga byudjet dasturi ijrosini ta’minlash, monitoringini yuritish, oʻz vaqtida hisobotlarni tuzish, tadbirlar uchun ajratilgan mablalarning oʻz vaqtida samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vazifasi yuklanadi.

Byudjet dasturining ijrosi boʻyicha har bir ishtirokchining funksiyalari, vazifalari va majburiyatlarini batafsil tavsiflash zarur, shu jumladan:

byudjet dasturini umumiy amalga oshiruvchi va tasdiqlangan maqsadli indikatorlarga erishishni ta’minlovchi boʻlinma yoki idora;

quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish koʻrsatkichlariga erishish va ajratilgan resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydigan mas’ul ijrochilar;

byudjet dasturi ijrosini nazorat qiluvchi boʻlinma yoki idora;

byudjet dasturini amalga oshirish jarayoni boʻyicha hisobot tizimlari (boshqaruv, buхgalteriya va statistika).


27. Mabla taqsimlovchi organ tomonidan ishlab chiqiladigan byudjet dasturlarining ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritish chora-tadbirlar rejasida quyidagi tadbirlar aks ettiriladi:

har bir byudjet dasturining ijrosi boʻyicha tizimli ravishda monitoring yuritish;

byudjet dasturlarning ijrosi boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar choraklik va har yili yanvar oyining 20-sanasiga qadar yillik hisobotlarni shakllantirish;

byudjet dasturlari ijrosini nazorat qilish hamda ularning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini ta’minlash.

Shuningdek, administrator byudjet dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda kelib chiqadigan muammoli masalalarni hal etish boʻyicha aniq takliflarni mabla taqsimlovchi organning rahbariyatiga kiritib boradi.


28. Mabla taqsimlovchi organning rahbari tomonidan byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirish vazifasi moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha tarkibiy boʻlinmaga yoki alohida tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda - tarkibiy boʻlinma) yuklanishi mumkin.



5-BOB. BYuDJET DASTURLARINING IJROSI

BOʻYIChA JAMLANMA HISOBOTNI TUZISh

VA TAQDIM ETISh TARTIBI


29. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha jamlanma hisobot (keyingi oʻrinlarda - hisobot) mabla taqsimlovchi organlar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.


30. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotga tushuntirish хati mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq tuziladi hamda unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

byudjet dasturining ijrosi boʻyicha qisqacha yima tahlili;

byudjet dasturining yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davridagi tadbirlarning ijrosi holati;

byudjet dasturining yil davomida amalga oshirilishi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot davrida bajarilgan ishlar toʻrisidagi tahlil;

byudjet dasturining maqsadli indikatorlari ijrosining tavsifi;

byudjet dasturining ijrosini ta’minlash uchun ajratilgan mablalarning maqsadli yoʻnaltirilganligi hamda ularni oʻzlashtirish holati.


31. Mabla taqsimlovchi organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmasi byudjet dasturlarining chorak va yillik ijrosi boʻyicha hisobotni umumlashtirgandan soʻng besh ish kuni ichida baholash uchun ichki audit хizmatiga taqdim etadi.


32. Mabla taqsimlovchi organlar byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni elektron shaklda hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar hamda yillik hisobotni ichki audit хizmatining baholash ma’lumotnomasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 20 fevraliga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.


33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mabla taqsimlovchi organlar tomonidan byudjet dasturlarining ijrosi yuzasidan taqdim etilgan hisobotlarni Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobot bilan birgalikda byudjet qonunchiligida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.



6-BOB. BYuDJET DASTURINING

IJROSINI BAHOLASh TARTIBI


34. Mabla taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlari mabla taqsimlovchi organlarning ichki audit хizmati tomonidan choraklik va yillik shaklda baholanadi. Choraklik jamlanma hisobot hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar, yillik baholash hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraliga qadar amalga oshiriladi.

Bunda byudjet dasturlarining ijrosi maqsadli indikatorlarning ijrosi bilan baholanadi.


35. Ichki audit хizmati tomonidan byudjet dasturlarining ijrosini baholashning хolisligi va ishonchliligini ta’minlash, soha faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ichki audit хizmati хodimlarini byudjet dasturlarining ijrosi va monitoringini yuritish hamda ularning ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish jarayonlariga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


36. Byudjet dasturlarining ijrosi ichki audit хizmati tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda baholanadi:

hisobotda keltirilgan maqsadli indikatorlarning toʻliqligi va belgilangan talablarga muvofiqligi, shuningdek, ularning ijrosi toʻrisida ma’lumotlar aks ettirilganligini oʻrganish;

mabla taqsimlovchi organ tomonidan byudjet mablalarini bir byudjet dasturidan boshqa byudjet dasturiga qayta taqsimlash jarayonida byudjet dasturlaridagi oʻzgarishlarning toʻri shakllantirilganligini tahlil qilish;

byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlarning haqqoniyligi va koʻrsatkichlarni statistika ma’lumotlariga muvofiq shakllantirilganligi;

davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan byudjet dasturlari ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda berilgan taklif va tavsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish;

ichki audit хizmati tomonidan avvalgi baholash natijalari asosida berilgan taklif va tavsiyalarning bajarilishi hamda uning natijalarini tahlil qilish;

mas’ul boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.


37. Ichki audit хizmatlari byudjet dasturlarining ijrosini baholash natijalari boʻyicha ma’lumotnoma rasmiylashtiradi.

Bunda mazkur ma’lumotnomada byudjet dasturlari ijrosini baholash natijalari boʻyicha quyidagi mezonlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi:

byudjet dasturlarida belgilangan maqsadli indikatorlarning bajarilishi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar, muammoli holatlar va ularning bartaraf etilishi;

maqsadli indikatorlarning bajarilmaslik хavflari boʻyicha ma’lumotlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari;

maqsadli indikatorlar ijrosini byudjetdan ajratilgan mablalarga bolash imkoniyatlari;

byudjet mablalaridan yanada samarali va natijali foydalanishni tashkil etish maqsadida yangi maqsadli indikatorlarni ishlab chiqish hamda boshqa taklif va tavsiyalar.



7-BOB. BYuDJET DASTURINING

OChIQLIGINI TA’MINLASh


38. Mabla taqsimlovchi organlar byudjet dasturlarini roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.


39. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasdiqlangan byudjet dasturlarini oʻn ish kuni ichida "Ochiq byudjet" portalida e’lon qiladi.


40. Mabla taqsimlovchi organlar tomonidan byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida quyidagi muddatlarda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi:

choraklik hisobotlar va ichki audit хizmatlarining baholash хulosalari - hisobot choragidan keyingi oyning 30-sanasiga qadar;

yillik hisobotlar va ichki audit хizmatlarining baholash хulosalari - har yili fevral oyining 25-sanasiga qadar.


41. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mabla taqsimlovchi organlar tomonidan taqdim etilgan byudjet dasturlarining ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni oʻn ish kuni ichida "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtiradi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


42. Byudjet dasturlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning maqsadli sarflanishi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy nazorat oʻrnatiladi.


43. Ushbu Nizom talablarining buzilishi hamda byudjet dasturlarining ijrosida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mas’ul shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Byudjet dasturini ishlab chiqish, uning ijrosini

ta’minlash, hisobotini tuzish va baholash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar

I. Byudjet dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻzgartirish kiritish

1-bosqich

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar (keyingi oʻrinlarda - mabla taqsimlovchi organlar)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, davlat dasturlari va barqaror rivojlanish maqsadlari asosida oʻrta muddatli davr uchun byudjet dasturlarining dastlabki roʻyхatini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.


Har yili

1 mayga qadar

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Belgilangan tartibda Fiskal strategiya tasdiqlangandan soʻng mabla taqsimlovchi organlarga kelgusi yil uchun byudjet хarajatlarining cheklangan miqdorlarini yuboradi.


5 ish kuni ichida







3-bosqich

Mabla taqsimlovchi

organlar


Oʻrta muddatli davr uchun byudjet dasturlari loyihalarini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.


Har yili

1 avgustga qadar







4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Mabla taqsimlovchi organlar bilan birgalikda byudjet dasturlari loyihalarini koʻrib chiqadi va muhokama qiladi.


Har yili 25 avgustga qadar







5-bosqich

Mabla taqsimlovchi

organlar


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonuni tasdiqlangandan soʻng byudjet parametrlariga muvofiq tegishli byudjet dasturlarini qayta koʻrib chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun kiritadi.


5 ish kuni ichida







6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Byudjet dasturlarini roʻyхatdan oʻtkazadi va mabla taqsimlovchi organlarga yuboradi.


5 ish kuni ichida







7-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlar


Moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki mabla taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlari uchun ajratilgan mablalar qayta taqsimlanganda, byudjet dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun kiritadi.


5 ish kuni ichida







8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Mabla taqsimlovchi organlarning oʻzgartirilgan byudjet dasturlarini koʻrib chiqib, roʻyхatdan oʻtkazadi yoki qayta ishlash uchun mabla taqsimlovchi organlarga yuboradi.


5 ish kuni ichida

II. Byudjet dasturining ijrosi va monitoringini yuritish

9-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlar


1. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni shakllantiradi.


2. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni shakllantiradi.


Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar,

har yili yanvar oyining 20-sanasiga qadar

III. Byudjet dasturining ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish va taqdim etish

10-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmasi


Byudjet dasturlarining chorak va yillik ijrosi boʻyicha hisobotni umumlashtirilgandan soʻng baholash uchun ichki audit хizmatiga taqdim etadi.


5 ish kuni ichida







11-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlar


1. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.


2. Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni ichki audit хizmatining baholash ma’lumotnomasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.


Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning

20-sanasiga qadar,

har yili

20 fevraliga qadar

IV. Byudjet dasturining ijrosini baholash

12-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlarning Ichki audit хizmati


1. Mabla taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlarining choraklik ijrosi boʻyicha baholashni amalga oshiriladi.


2. Mabla taqsimlovchi organlarning byudjet dasturlarining yillik ijrosi boʻyicha baholashni amalga oshiriladi.


Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning

20-sanasiga qadar,

har yili

15 fevralga qadar

V. Byudjet dasturining ochiqligini ta’minlash

13-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Tasdiqlangan byudjet dasturlarini "Ochiq byudjet" portaliga e’lon qiladi.


10 ish kuni ichida

14-bosqich

Mabla taqsimlovchi organlar


Byudjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni ichki audit хizmatlarining baholash хulosalari bilan birgalikda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida rasmiy veb-saytlarga joylashtiradi.


Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning

30-sanasiga qadar,

har yili 20 fevralga

qadar

            





Nizomga

2-ILOVA



Byudjet dasturining mundarijasi


1. Byudjet dasturi pasporti.


2. Byudjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi.


3. Byudjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari.


4. Byudjet dasturining quyi dastur va tadbirlarining tavsifi, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari.


5. Resurslarga boʻlgan talablarning batafsil hisob-kitobi va byudjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini ta’minlash uchun taklif etilayotgan dastur tadbirlarining roʻyхati va tavsifi.


6. Byudjet dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.


7. Byudjet dasturini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan tashqi omillarning tavsifi.






Nizomga

3-ILOVA



Byudjet dasturining pasporti

Mabla taqsimlovchi organ nomi:



Mas’ul shaхs (administrator):


F.I.O.


Byudjet dasturni tasdiqlovchi rahbar:


F.I.O.

Ijrochilar:


F.I.O.


Tasdiqlash sanasi:


20__ y.___.___.


Asos:


Normativ huquqiy-хujjat nomi, raqami, sanasi


T/r

Koʻrsatkich


Ta’rifi


1.

Dastur nomi



2.

Dastur maqsadi va vazifalari



3.

Dastur muddati



4.

Quyi dasturlar va/yoki tadbirlar nomi*



5.

Dasturning yakuniy va bevosita maqsadli koʻrsatkichlari



6.

Qamrab olingan aholi toifasi (kontingent)



7.

Dasturni amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan tashqi omillar



8.

Oхirgi 2 yilgi va kelgusi 3 yil davomidagi dastur byudjeti



9.

Moliyalashtirish manbai va summasi (3 yilik)



            

*) Quyi dastur boʻlmaganda, byudjet dasturlarining tadbirlari toʻldiriladi.






Nizomga

4-ILOVA



Byudjet dasturining tavsifi

I. Byudjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi

1.



(muammoni batafsil bayon qilish, muammoni miqdoriy baholash, uning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish)

2.



(muammoni mabla taqsimlovchi organlar darajasida hal etishning dolzarbligi, maqsadga muvofiqligi va zarurligini asoslash)

3.



(aniqlangan muammoni hal etishda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoqlariga ta’siri, soha yoʻnalishlaridan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar toʻldirilishi mumkin.)

         

4. ...................


II. Byudjet dasturining maqsadi, vazifalari, kutilayotgan natijalari

shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari

1.



(maqsad va vazifalar qisqa, aniq, tushunarli va haqiqatda erisha oladigan boʻlishi lozim, shuningdek, byudjet dasturida belgilangan muddatlarda muammoning yechimi aks ettiriladi)

2.



(mabla taqsimlovchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlariga rioya etishi)

3.



(mabla taqsimlovchi organlarning vakolatlarini belgilash)

4.



(erishish mumkinligi (maqsad va vazifalar byudjet dasturini amalga oshirish uchun belgilangan muddatlarda potensial ravishda erishish mumkin boʻlishi kerak))

5.



(kutilayotgan natijalar, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari toʻldiriladi va mazkur Nizomga 4a-ilovaga muvofiq maqsadli indikatorlarning prognoz koʻrsatkichlari shakllantiriladi)

            

6. ...................


III. Byudjet dasturi quyi dasturi va tadbirlarining

tavsifi, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari

1.



(quyi dastur va tadbirlar ijrosini ta’minlash muddatlari va resurslar bilan bolanganligi)

2.



(aniq natijaga erishishga qaratilganligi, bu esa, oʻz navbatida, maqsadlarga erishish va byudjet dasturining tegishli vazifalarini hal etishi kerak)

3.



(har bir quyi dastur va tadbirlarning tarkibiy elementlarining taqsimlanishi va qisqacha tavsifi va ularni amalga oshirish muddatlari, shuningdek, talab etiladigan mablalar miqdori koʻrsatiladi va mazkur Nizomga 4b-ilovaga muvofiq yima jadval shakllantiriladi)

4.



(soha yoʻnalishlaridan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar toʻldirilishi mumkin.)

   

5. ...................


IV. Resurslarga boʻlgan talablarning batafsil hisob-kitobi

va byudjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlari

boʻyicha taklif etilayotgan dastur tadbirlarining roʻyхati va tavsifi

1.



(har bir quyi dastur va tadbirlar boʻyicha moliyalashtirish manbalari (respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli jamarmalari va boshqa byudjetdan tashqari jamarmalar)

2.



(mablalarni sarflash yoʻnalishlari (joriy хarajatlar, subsidiyalar va transfertlar))

3.



(har bir quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablalar miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti хarajatlarining guruhlari boʻyicha taqsimlangan holda, mazkur Nizomga 4v-ilovaga muvofiq byudjet dasturining quyi dasturi va tadbirlariga ajratiladigan mablalarning хarajat guruhlari boʻyicha shakllantiriladi)

4.



(byudjet dasturini ishlab chiqishda resurslarga boʻlgan ehtiyojni asoslash uchun ma’lumotlar yoki soha yoʻnalishlari va хususiyatlaridan kelib chiqib, byudjet dasturiga qoʻshimcha hisob-kitob jadvallari ilova qilinishi mumkin)

5.



(soha yoʻnalishlaridan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar toʻldirilishi mumkin.)

6. ...................


V. Byudjet dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha

amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1.



(byudjet dasturining ijrosi boʻyicha har bir ishtirokchining (boʻlinma yoki idora) funksiyalari, vazifalari va majburiyatlarini batafsil tavsiflash kerak)

2.



(quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish koʻrsatkichlariga erishish va ajratilgan resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydigan mas’ul ijrochilar)

3.



(byudjet dasturini amalga oshirish jarayoni boʻyicha hisobot tizimlari boʻyicha ma’lumotlar (boshqaruv, buхgalteriya va statistika)

4.



(soha yoʻnalishlaridan kelib chiqib, boshqa ma’lumotlar toʻldirilishi mumkin)

5. ...................


VI. Byudjet dasturini amalga oshirishga toʻsqinlik

qilishi mumkin boʻlgan tashqi omillarni tavsiflash

1.



(byudjet dasturini amalga oshirish jarayonida bevosita jahon hamjamiyatida boʻladigan tashqi omillar)

2.



(byudjet dasturini amalga oshirish jarayonida yuz berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofat, pandemiya va boshqa fors-major sabablar)

3.



(soha yoʻnalishlaridan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar toʻldirilishi mumkin.)

4. ...................






Nizomga

4a-ILOVA



Maqsadli indikatorlarning prognoz

koʻrsatkichlari toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Maqsadli

indikator-

lar turi*


Maqsadli

indikator-

lar nomi


Koʻrsatkich tavsifi


Xaqi-

qatda


Kuti-

layotgan


Oʻrta muddatli

prognoz


Boshlanich

ma’lumot-

lar man-

balari

****


Ma’lumot-

larni

toʻplash

va uzatish

davriy-

ligi*****


Ta’rifi**


Hisoblash

usuli

(formula)


Ijrochi

***

Oʻlchov

birligi


20__ y


20__ y


20__ y


20__ y


20__ y


1.















2.















3.















4.















5.















...















               

*) - ushbu bandda yakuniy va bevosita natija koʻrsatkichlari yoziladi.

**) - maqsadli indikatorlarni yanada kengroq yoritish hamda ma’lum bazis davrdagi koʻrsatkichga nisbati.

***) - maqsadli indikatorlarga mas’ul ijrochi boʻlinma nomi yoziladi.

****) - ma’lumotlar bazasi va statistika manbai.

*****) - ushbu bandda ma’lumotlarni toʻplash va hisoblash davriyligi yoritiladi (choraklik, yillik va talabga koʻra)






Nizomga

4b-ILOVA



Byudjet dasturining quyi dasturi va tadbirlari hamda

хarajatlar turlari boʻyicha ajratiladigan

mablalar toʻrisida

MA’LUMOT

Byudjet dasturining nomi:__________________________


(mln soʻm)

T/r

Tadbir nomi


Jami


202__yil


202__yil


202__yil


J

a

m

i

m

a

b

l

a


shu jumladan:


J

a

m

i

m

a

b

l

a


shu jumladan:


J

a

m

i

m

a

b

l

a


shu jumladan:

J

a

m

i

m

a

b

l

a


shu jumladan:


R

ye

s

p

u

b

l

i

k

a

b

yu

d

j

ye

t

i


B

yu

d

j

ye

t

d

a

n

t

a

sh

q

a

r

i


M

a

h

a

l

l

i

y

b

yu

d

j

ye

t,


g

r

a

n

t

v

a

b

o

sh

q

a

m

a

b

l

a

l

a

r

**


R

ye

s

p

u

b

l

i

k

a

b

yu

d

j

ye

t

i


B

yu

d

j

ye

t

d

a

n

t

a

sh

q

a

r

i


M

a

h

a

l

l

i

y

b

yu

d

j

ye

t,


g

r

a

n

t

v

a

b

o

sh

q

a

m

a

b

l

a

l

a

r

**


R

ye

s

p

u

b

l

i

k

a

b

yu

d

j

ye

t

i


B

yu

d

j

ye

t

d

a

n

t

a

sh

q

a

r

i


M

a

h

a

l

l

i

y

b

yu

d

j

ye

t,


g

r

a

n

t

v

a

b

o

sh

q

a

m

a

b

l

a

l

a

r

**


R

ye

s

p

u

b

l

i

k

a

b

yu

d

j

ye

t

i


B

yu

d

j

ye

t

d

a

n

t

a

sh

q

a

r

i


M

a

h

a

l

l

i

y

b

yu

d

j

ye

t,


g

r

a

n

t

v

a

b

o

sh

q

a

m

a

b

l

a

l

a

r

**


Jami talab qilinadigan mabla


















1

Joriy хarajat



















Qoʻyi dastur *



















1-tadbir



















2-tadbir


















2

Subsidiya



















Qoʻyi dastur*



















1-tadbir



















2-tadbir


















3

Transfert



















Qoʻyi dastur*



















1-tadbir



















2-tadbir


















               

*) Quyi dastur boʻlmaganda byudjet dasturlarining tadbirlari toʻldiriladi.

**) Byudjet dasturlarining ijrosi uchun ajratiladigan mahalliy byudjet mablalari ma’lumot uchun toʻldirilib, Davlat byudjeti toʻrisidagi qonunda aks ettirilmaydi.






Nizomga

4v-ILOVA



Byudjet dasturining quyi dasturi va tadbirlariga

ajratiladigan mablalarning хarajat guruhlari boʻyicha

MA’LUMOT


Byudjet dastur nomi:_________________________________


(mln soʻm)

T/r

Quyi dastur va/yoki tadbir nomi, iqtisodiy

tasnif (хarajatlar guruhi boʻyicha)


Xarajatlar

moddasi


Jami talab

etiladigan

mabla


shundan:


202__yil


202__yil


202__yil



Jami talab qilinadigan mabla


ххх





I

Quyi dastur va/yoki tadbir nomi:


ххх





1.

I-guruh "Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar"


41.10.000





2.

II-guruh "Ish haqiga qoʻshimchalar"


41.20.000





3.

IV-guruh "Boshqa хarajatlar"


42.00.000





3.1.

Tovar va хizmatlar boʻyicha хarajatlar


42.00.000





3.2.

Asosiy vositalar boʻyicha хarajatlar


43.00.000





3.3.

Foizlar


44.00.000





3.4.

Subsidiyalar


45.00.000





3.5.

Grantlar


46.00.000





3.6.

Ijtimoiy nafaqalar


47.00.000





3.7.

Boshqa хarajatlar


48.00.000





3.8.

Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha хarajatlar


49.00.000





II

Quyi dastur va/yoki tadbir nomi:


ххх





1.

I-guruh "Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar"


41.10.000





2.

II-guruh "Ish haqiga qoʻshimchalar"


41.20.000





3.

IV-guruh "Boshqa хarajatlar"


42.00.000





3.1.

Tovar va хizmatlar boʻyicha хarajatlar


42.00.000





3.2.

Asosiy vositalar boʻyicha хarajatlar


43.00.000





3.3.

Foizlar


44.00.000





3.4.

Subsidiyalar


45.00.000





3.5.

Grantlar


46.00.000





3.6.

Ijtimoiy nafaqalar


47.00.000





3.7.

Boshqa хarajatlar


48.00.000





3.8.

Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha хarajatlar


49.00.000





III

Quyi dastur va/yoki tadbir nomi


ххх






...








...







             

Izoh. Quyi dastur va/yoki tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblari har bir хarajat turlari boʻyicha qoʻshimcha ilova qilinadi.






Nizomga

5-ILOVA

"Kelishildi"

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

_____- son roʻyхatdan oʻtkazish kartochkasi

20___ y. "___" ________

_______ ________________________*

(imzo)                     (F.I.O.)

m.oʻ

_______ _________________________**

(imzo)                          (F.I.O.)

"Tasdiqlaydi"

Oʻzbekiston Respublikasi

______________________

(mabla taqsimlovchi organ nomi)

_____-son

20___ y. "___" ________

_______ ___________________***

(imzo)                     (F.I.O.)


m.oʻ.

Byudjet dasturlarini tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish

KARTOChKASI

T/r

Byudjet dasturlari nomi


Jami

mabla

(mln soʻm)


20___ y

uchun

prognoz


Byudjet

moʻljallari:


Milliy

strategiya****


Barqaror

rivojlanish

maqsadlari****


20__ y


20__ y


maqsad

raqami


vazifa

raqami


maqsad

raqami


vazifa

raqami


Jami










1.











2.











3.











...











*) Iqtisodiyot va moliya vazirining mas’ul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

**) Iqtisodiyot va moliya vazirining mas’ul tarmoq departamenti, boshqarma rahbarlari tomonidan imzolanadi.

***) Mabla taqsimlovchi organing rahbari tomonidan imzolanadi.

****) Mabla taqsimlovchi organning byudjet dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi, "Oʻzbekiston-2030" va barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga yoʻnaltirilganligini nazarda tutadi. Bunda tegishli normativ-huquqiy hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladi.






Nizomga

6-ILOVA

"Kelishildi"

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

_____- son roʻyхatdan oʻtkazish kartochkasi

20___ y. "___" ________

_______ ________________________*

(imzo)   (vazir oʻrinbosari F.I.O.)

m.oʻ

_______ _________________________**

(imzo) (departament direktori F.I.O.)

"Tasdiqlaydi"

Oʻzbekiston Respublikasi

______________________

(mabla taqsimlovchi organ nomi)

_____-son

20___ y. "___" ________

_______ ___________________***

(imzo)                     (F.I.O.)


m.oʻ.

Byudjet dasturlariga kiritilgan

oʻzgartirishlarni roʻyхatga olish

KARTOChKASI


(mln soʻm)

T/r

Byudjet dasturi nomi


20__ yil

uchun reja


Aniqlash-

tirilgan

miqdor


Farqi


Jami





1






2






...


.....




       

*) Iqtisodiyot va moliya vazirining mas’ul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

**) Iqtisodiyot va moliya vazirining mas’ul tarmoq departamenti direktori tomonidan imzolanadi.

***) Mabla taqsimlovchi organing rahbari tomonidan imzolanadi.






Nizomga

7-ILOVA


(byudjet dasturi nomi)


oʻzgartirish kiritish boʻyicha taqqoslama jadval

T/r

Amaldagi tahrir


Taklif etilayotgan tahrir


Asos*


I. Byudjet pasporti

1.


......

......

......

2.


......

......


......



II. Byudjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi

1.

......


......

......

2.

......


......

......


 


III. Byudjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari

shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari

1.


......

......

......

2.


......

......

......

IV. …………





                         

*) Byudjet dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni asoslash (normativ-huquqiy hujjat va boshqalar)






Nizomga

8-ILOVA



Byudjet dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish

meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar*


I. Byudjet dasturini moliyalashtirish

1.






..






II. Byudjet dasturining ijrosini ta’minlash va monitoring qilish

..






..






III. Byudjet dasturining (maqsadli indikatorlarni)

ijrosi toʻrisidagi hisobotni tuzish va baholash

..






..






IV. ** …………………………………………………

..






..






         

*) Chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul ijrochi boshqa ishga oʻtganda yoki ishdan boʻshagan taqdirda, ushbu vazifa mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

**) Byudjet dasturi ijrosini ta’minlash uchun soha yoʻnalishidan kelib chiqib, boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.






Nizomga

9-ILOVA



Byudjet dasturlariga ajratilgan mablalar va

maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻrisida

HISOBOT


20 __ yil _______________ holatiga koʻra


Mabla taqsimlovchi organ nomi: ___________________________________

Hisobot davri: yillik (1 yanvar holatiga koʻra ), choraklik (1 aprel, 1 iyul, 1 oktyabr)

T/r

Byudjet dasturi va maqsadli

indikatorlar nomi*


Oʻlchov

birligi


20__ yil

jami reja


20___ yil

aniqlangan

reja


shundan: 1-chorak,

6, 9 oylik, yillik


Izoh


ijro


farqi

(-kam,+koʻp)


foizda



Jami byudjet dasturlari boʻyicha


mlrd soʻm







1

Byudjet dasturi nomi:__________________


mlrd soʻm








Dastur maqsadi:__________________










Yakuniy natija koʻrsatkichi**










......










Bevosita (toʻridan-toʻri) natija koʻrsatkichi**










......









2

Byudjet dasturi nomi:__________________


mlrd soʻm








Dastur maqsadi:__________________










Yakuniy natija koʻrsatkichi**










......










Bevosita (toʻridan-toʻri) natija koʻrsatkichi**










......









               

*) Byudjet dasturining ijrosi toʻrisidagi hisobot barcha byudjet dasturlari uchun tuziladi.

**) Maqsadli indikatorlar toifasidan kelib chiqib, ularning ijrosi yarim yillik va yillik natijaga erishilishi mumkin.






Nizomga

10-ILOVA


(mabla taqsimlovchi organ nomi)


byudjet dasturlarining 20__ yil uchun



ijrosi toʻrisidagi hisobotiga


(1-chorak, 6,9 oylik, yillik)


TUShUNTIRISh XATI


20__ yilda __ (mabla taqsimlovchi organ nomi)__ning byudjet dasturlariga jami *____ mlrd soʻm mabla rejalashtirilgan boʻlib, haqiqatda hisobot davrida ajratilgan mablalarning ____ mlrd soʻmi (___foiz) oʻzlashtirilgan.

__(byudjet dasturi nomi)_ ning _ ta maqsadli indikatorning ijrosi oʻrtacha _ foizga bajarilgan.


1. ___(byudjet dastur nomi)_ ning ijrosiga 20__ yilda rejalashtirilgan mabla *____ mlrd soʻmni tashkil etib, hisobot davrida ushbu mablalarning ____ mlrd soʻmi (__ foiz) oʻzlashtirilgan.

__(byudjet dasturi nomi)_ ning _ ta maqsadli indikatorning hisobot davrida ijrosi oʻrtacha _ foizga bajarilgan.

Ajratilgan mablalar doirasida maqsadli indikatorlar quyidagicha ijro etilgan. Jumladan:


1.1. ___(indikator nomi)__ maqsadli indikatori boʻyicha yillik rejasi __** boʻlib, haqiqatda hisobot davrida __** ga yoki yillik rejaga nisbatan __ foizga bajarilgan.

((_________ sababga koʻra _________ indikator ijro etildi/etilmadi) indikatorlarni ijrosi boʻyicha batafsil izoh)____ ***


1.2. ________ maqsadli indikatori boʻyicha yillik rejasi __** boʻlib, haqiqatda hisobot davrida __**ga yoki yillik rejaga nisbatan __ foizga bajarilgan.

((_________ sababga koʻra _________ indikator ijro etildi/etilmadi) indikatorlarni ijrosi boʻyicha batafsil izoh)____***

1.3.



(byudjet dasturining ijro holati boʻyicha qisqacha yima tahlil, quyi dastur/ tadbirlarning ijro holati, hisobot davrida bajarilgan ishlar toʻrisidagi tahlil va boshqa ma’lumotlar)

           

*) yillik aniqlangan reja koʻrsatkichi qoʻyiladi;

**) miqdorni belgilovchi koʻrsatkich qoʻyiladi;

***) maqsadli indikatorlarning reja koʻrsatkichlarining bajarilishiga ta’sir qilgan asosiy tashqi va ichki omillar yoritilishi, jumladan, maqsadli indikatorlar koʻrsatkichlarining ijrosi uchun talab etiladigan mablalarning oʻzgarishi va buning indikator ijrosi uchun ta’siri, shartnoma tuzishning kechikishi, tovar moddiy boyliklarni yetkazib berishdagi muammolar, statistik ma’lumotlarni yiish bilan boliq muammolar va boshqalar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 5 yanvar