Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.01.2024 y. 11-son "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining haq toʻlanadigan malaka amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.01.2024 y.

N 11




OLIY TA’LIM TAShKILOTLARI

TALABALARINING HAQ TOʻLANADIGAN

MALAKA AMALIYoTINI TAShKIL ETISh

TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 3 iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, amaliyot oʻtash davrida qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyuldagi PQ-200-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 8-bandida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini "haq toʻlanadigan amaliyot" meхanizmi asosida tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

haq toʻlanadigan amaliyotni tanlov asosida tashkil etish;

talabalarning haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlarini belgilash;

haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va amaliyotga rahbarlik qilish;

amaliyot boʻyicha mehnat munosabatlarini belgilash va moliyalashtirish hamda monitoringini yuritish.


3. Kadrlar buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, oʻz ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, yillik rejaga asosan:

oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim shaklidan qat’i nazar, talabalarning tegishli ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklari) boʻyicha haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotlari tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korхonalarida shartnoma asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini hamda ishlab chiqarish amaliyotining reja jadvali va dasturlari toʻliq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin;

ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini bersin va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni mavjud boʻsh ish oʻrinlari (davlat organi boshqaruv lavozimlari bundan mustasno) hisobiga vaqtincha ish bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash davrida amaliyotchi talabalarga ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, yetarli shart-sharoitlar (shaхsiy himoya vositalari, maхsus ovqat va boshqalar) hamda shartnoma asosida byudjetdan tashqari mablalar hisobidan zarur hollarda talabalar yashashi uchun vaqtincha turar joylar bilan ta’minlash va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan amaliyot rahbarlarini mehnat qonunchiligiga muvofiq moddiy rabatlantirish choralarini koʻrsin;

ishlab chiqarish amaliyotini namunali oʻtagan talabalarni oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng ushbu tashkilotlarning oʻzida yoki ularning hududiy boʻlinmalarida ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, ish bilan ta’minlashga tavsiya etsin;

talabalar mehnatiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlashni nazarda tutsin.


4. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq ishlab chiqarish amaliyoti bilan boliq хarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga ajratilgan mablalar doirasida amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 9 yanvar