Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2024 y. PF-24-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.01.2024 y.

N PF-24



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam iste’mol хarajatlaridan kam boʻlmasligini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 31 yanvardagi

PF-24-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 iyuldagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-120-son Farmonida:


a) 1-bandda:

birinchi хatboshidagi "2023 yil 1 avgustdan boshlab" soʻzlari "2024 yil 1 fevraldan boshlab" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi - oltinchi хatboshilardagi "568 000 soʻm" soʻzlari "621 000 soʻm" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "198 000 soʻm" soʻzlari "212 000 soʻm" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi PF-196-son Farmoni 2-bandining oʻninchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilardagi "608 000 soʻm" soʻzlari "621 000 soʻm" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentyabrdagi "Aholiga ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-319-son qaroriga 2-ilovaning 6 va 7-pozitsiyalari "Ijro muddati" ustunidagi "yanvar" soʻzi "mart" soʻzi bilan almashtirilsin.

         

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 1 fevral