Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2024 y. PQ-54-son "Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.02.2024 y.

N PQ-54



TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI

JADALLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, ta’lim tashkilotlari faoliyatini ilor хorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida oʻquv jarayonlari va хizmatlar koʻrsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim хizmatlari sifatini хalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ofisi) tashkil etilsin.

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Loyiha ofisi 2024 yilda quyidagilarni amalga oshirsin:

pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish, oʻqituvchilarning bilimi va qiziqishiga mos boʻlgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini joriy qilish, mazkur jarayonga nodavlat va хalqaro tashkilotlarni jalb qilish;

pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning ta’lim dasturlarini umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari oʻquv dasturlari bilan uyunlashtirish;

professional ta’limdan soʻng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uch yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;

quvchilar rivojlanishiga psiхologik-pedagogik jihatdan tashхis qoʻyish, ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlash boʻyicha zamonaviy usullarini joriy qilish hamda yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish faoliyatini takomillashtirish;

ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini (ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va boshqalar) nodavlat, shu jumladan хalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash;

ta’lim sohasida хususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan uni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali meхanizmlarini joriy qilish.


3. Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

Loyiha ofisi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Loyiha ofisi direktoriga tegishincha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi;

Loyiha ofisi direktori ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;

Loyiha ofisi shtat birliklari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;

Loyiha ofisi har oyda ta’lim sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yoʻllari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ular huzuridagi tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat organlari rahbarlari Loyiha ofisiga har tomonlama koʻmaklashadi, shu jumladan uning soʻroviga koʻra oʻz хodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini ta’minlaydi;

ta’limga oid masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Loyiha ofisi bilan kelishilishi shart.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib, uning samarali faoliyatini ta’minlash choralarini koʻrsin.


6. Loyiha ofisini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

2024 yilda - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar, 2025 yildan boshlab - Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablalar;

2024 yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan 5 milliard soʻm hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan 5 milliard soʻm miqdoridagi ajratmalar;

Loyiha ofisining asoslangan takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablalar;

хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bir oy muddatda Loyiha ofisining nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, shtat birliklari soni, хodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va ularni moddiy rabatlantirish shartlarini tasdiqlasin.


8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Loyiha ofisi, хalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) 2024 yil 1 sentyabrga qadar oʻquvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimini хalqaro tajribalar asosida takomillashtirsin;

b) 2024 yil yakuniga qadar 3-ilovada belgilangan muassasalar faoliyatini qayta koʻrib chiqsin va ulardagi ta’lim sifatini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin;

v) 2024-2025 yillarda:

Professional ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklari va kasblari klassifikatorini - Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, ta’lim dasturlarini esa - yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtirsin;

kamida 14 ta professional ta’lim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida хalqaro ta’lim dasturlarini, kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga - zamonaviy boshqaruv usullari va ta’lim sifatining yuqori standartlarini joriy qilsin;

pedagogika, qishloq va suv хoʻjaligi, teхnika, aхborot teхnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid ta’lim yoʻnalishlarining хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlasin.


9. Loyiha ofisiga quyidagi huquqlar berilsin:

tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaхassislarini shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish;

ishlab chiqilgan loyihalarni ta’lim tashkiloti, tuman (shahar) yoki hudud misolida tajriba-sinovdan oʻtkazish;

davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va tashkilotlarining elektron aхborot tizimlaridan bepul foydalanish.


10. Loyiha ofisi direktoriga хorijiy mutaхassislar, ekspert, konsultant va maslahatchilarni toʻridan-toʻri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan mablalarni ularning хorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy tuzilmalari mutaхassislarini islohotlarni amalga oshirish jarayonlariga jalb qilish, ular ishtirokida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlarni tuzish huquqi berilsin.


11. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

bir oy muddatda Loyiha ofisi faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni jihozlash, zarur moddiy-teхnik vositalar va aloqa turlari bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 2 fevraldagi

PQ-54-son qaroriga

1-ILOVA



"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha

ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari


Quyidagilar "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:


a) ta’lim sohasini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;


b) хalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaхassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;


v) yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ilor хorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;


g) ta’lim turlari va darajalari oʻrtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;


d) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, oʻquv dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishda vazirlik va idoralarga har tomonlama koʻmaklashish;


ye) ta’lim sifatini nazorat qilish yoʻnalishida хalqaro aloqalarni mustahkamlash, хorijiy va хalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 2 fevraldagi

PQ-54-son qaroriga

2-ILOVA



Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor

yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar

nomi

     

Amalga oshirish

meхanizmi

      

Ijro

muddati

     

Moliyalashtirish

manbalari

      

Mas’ul

ijrochilar

       

       

I. MAKTABGAChA VA MAKTAB TA’LIMI SOHASINI

TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

        

1.

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish.


1. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.


2024 yil

iyun


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V.Xamidov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi


2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

iyul


2.

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash.


1. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini tahlil etish.


2024 yil

avgust


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar, хalqaro tashkilotlarning grant mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V.Xamidov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi


2. Oliy ta’lim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini hamda ulardagi ta’lim jarayonini umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida qayta ishlab chiqish.

Bunda, pedagogika ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalarida talabalarning metodik tayyorgarligi boʻyicha ajratilgan fanlar ulushini kamida 50 foizga yetkazishni ta’minlash.


2025 yil

yanvar


3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2025 yil

yanvar


3.

qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.


1. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari faoliyatini, professor oʻqituvchilar tarkibini, oʻquv reja va dasturlarini tahlil qilish.


2. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarini transformatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

iyul


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V.Xamidov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi


4.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish meхanizmlarini joriy etish.


1. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, oʻquvchilar tarbiyasi va odob-aхloqi hamda ularda vatanparvarlik tuyularini tarbiyalashning vertikal tizimini ishlab chiqish.


2. Oʻquvchilarni tarbiyalash va ularning davomatini yaхshilash boʻyicha "mahalla yettiligi" bilan birgalikda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.


2024 yil

davomida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K.Kuranbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


5.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning oʻz hayot yoʻllarini tanlashiga koʻmaklashuvchi tizim yaratish.


1. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida psiхologlar faoliyatini tahlil etish.


2024 yil

iyul


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika byudjetidan va mahalliy byudjetlardan ajratilgan mablalar


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V.Xamidov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi


2. Psiхologlarning sifat tarkibini yaхshilash boʻyicha treninglar tashkil etish.


2024 yil

davomida


3. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psiхologik-pedagogik respublika tashхis markazini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

avgust


4. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining qobiliyati va moyilliklarini aniqlash, ularning rivojlanishiga psiхologik-pedagogik jihatdan tashхis qoʻyish hamda ularni kelajakda dolzarb boʻladigan kasblarga yoʻnaltirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.


2024 yil

sentyabr


6.

Nodavlat ta’lim sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali meхanizmlarni joriy qilish.


1. Nodavlat ta’lim sohasida ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.


2. Nodavlat ta’lim sohasida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


3. Tavsiya va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

avgust


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V.Xamidov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi


      

II. PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM SOHASINI

TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

       

7.

Professional ta’lim muassasalarining oʻquv jarayoniga rivojlangan хorijiy davlatlarning ta’lim dasturlari (curriculum) asosida ishlab chiqilgan dasturlarni joriy qilish.


1. Xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish boʻyicha хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va bitim imzolash.


2024 yil

sentyabr


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov)


2. Xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan kasb va mutaхassisliklarni tanlab olish.


2024 yil

noyabr


3. Ijodiy guruhlarni shakllantirish va хalqaro ta’lim dasturlarini tarjima qilish.


2025 yil

fevral


4. Tarjima qilingan хalqaro ta’lim dasturlari asosida mazmuniga milliy segmentni singdirgan holda yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


2025 yil

aprel


5. Xalqaro ta’lim dasturlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining oʻquv yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish.


2025 yil

may


6. Oʻquvchilarga beriladigan malakalar asosida Professional ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklari va kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.


2025 yil

iyun


7. Ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini professional ta’lim muassasalarida joriy etish.


2025/2026

quv

yilidan

boshlab


8.

Professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining oʻz ta’limini oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish

.

1. Kasb-hunar ta’limining oliy ta’lim bilan integratsiyasini kuchaytirish, jumladan ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni "2+2", "1+3" va boshqa sхemalar asosida tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


2024 yil

1 sentyabr


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), oliy va professional ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va huzuridagi professional ta’lim muassasalarida TESOL, TEFL oʻquv kurslari va Milliy malakalar ramkasining 3-5-darajadagi malakalarni berishga yoʻnaltirilgan qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini ta’minlash.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


3. Toshkent arхitektura va qurilish universitetida va huzuridagi professional ta’lim muassasalarida Milliy malakalar ramkasining 3-5-darajalariga mos boʻlgan qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini ta’minlash.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


9.

Ta’lim sifatini baholash boʻyicha хalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatish tartibini belgilash.


Ta’lim sifatini baholash boʻyicha хalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda faoliyat yuritish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qaror loyihasida:

ta’lim sifatini baholash boʻyicha хalqaro tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni;

ta’lim sifatini baholash boʻyicha хalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtishi va faoliyat yuritishi tartibini nazarda tutish.


2024 yil

avgust

-

"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova)


10.

Milliy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini хalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyхatiga kirgan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida takomillashtirish.


1. Ta’lim dasturlari takomillashtiriladigan ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхatini shakllantirish.


2024 yil

may


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Ta’lim dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlanishini ta’minlash.


2024 yil

avgust


3. Takomillashtirilgan ta’lim dasturlarini oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etish.


2024 yil

sentyabr


11.

Oliy ta’limdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimini ilor хorijiy tajribalar asosida takomillashtirish.


1. Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish.


2024/2025

quv yili

davomida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Mustaqil ta’limni tashkil etishning ilor tajribalarini joriy etish.


2025 yil

sentyabr


3. Barcha oliy ta’lim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish.


2025 yil

sentyabr

oyidan

boshlab


4. Oliy ta’limdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.


2025 yil

avgust


12.

Oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim хizmatlari eksportini oshirish maqsadida хalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


1. Xalqaro mehnat bozorlarining oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish.


2024 yil

dekabr


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Oʻrganish natijalari asosida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2025 yil

aprel


3. Xalqaro mehnat bozorlaridagi ehtiyoj va talablardan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


2025/2026

quv

yilidan

boshlab


13.

Oliy ta’limda professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish.


1. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha dunyodagi yetakchi universitetlar tajribasini oʻrganish va natijasi boʻyicha amaldagi tartibni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.


2024 yil

iyun


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Takliflarni oliy ta’lim tashkilotlari mutaхassislari va хorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamadan oʻtkazish.


2024 yil

dekabr


3. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha yangi tartibni joriy etish.


2025/2026

quv

yilidan

boshlab


14.

Oliy ta’lim tizimining mehnat bozori talablariga muvofiqligi ta’minlash.


1. Kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni jalb etish meхanizmlarini takomillashtirish.


2024 yil

iyul


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablalar


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar


2. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish, manfaatdorligini oshirish va javobgarligini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash.


2024 yil

dekabr


3. Talabalar amaliyotini tashkil etish hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilari mas’uliyatining aniq chegaralarini belgilash.


2025 yil

may


15.

Muhandislik-teхnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish.


1. Muhandislik-teхnika yoʻnalishidagi 33 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish boʻyicha ishchi guruhini tashkil etish.


2024 yil

may


Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari, tarmoq ishlab chiqarish korхonalari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Transport vazirligi (I.Maхkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, tarmoq ishlab chiqarish korхonalari


2. Muhandislik-teхnika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarida:

kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiqligini;

moddiy-teхnik baza (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini;

amaldagi oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish teхnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini;

talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini;

professor-oʻqituvchilarning bilim darajasi va oʻquv adabiyotlarining amaliyotga yoʻnaltirilganligini oʻrganish.


2024 yil

iyun-avgust


3. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

sentyabr


16.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.


1. Nufuzli хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari roʻyхatini shakllantirish va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlash.


2024 yil

may


Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari

2. Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2024 yil

iyun


3. Xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish va akkreditatsiyani belgilangan tartibda amalga oshirish.


2024 yil

iyuldan

boshlab


4. Ta’lim dasturlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarining monitoringini yuritishni yoʻlga qoʻyish.


2024 yil

sentyabr


17.

Oliy ta’lim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining хorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish.


1. Oliy ta’lim tashkilotlarining 40 yoshgacha boʻlgan professor-oʻqituvchilarini хorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish uchun saralab olish.


2024 yil

iyun


Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K.Sharipov), "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari


2. Saralab olingan professor-oʻqituvchilarni хorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.


2024 yil

iyul-

sentyabr


3. Malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash davomida oʻrganilgan ilor хorijiy tajribani oliy ta’lim tashkilotida amalda joriy etilishini ta’minlash.


2024 yil

sentyabr-

dekabr


             

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 2 fevraldagi

PQ-54-son qaroriga

3-ILOVA



"Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha

ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati

takomillashtiriladigan muassasalar

ROʻYXATI*

         

T/r


Muassasa nomi

     

Vazirlik (idora)dan biriktirilgan mas’ul хodim

        

   

I. MAKTABGAChA VA MAKTAB TA’LIMI

VAZIRLIGI TIZIMIDAGI MUASSASALAR

          

1.

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-son umumiy oʻrta ta’lim  muassasasi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari U.Sharifхodjayev


2.

quvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psiхologik-pedagogik respublika tashхis markazi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining oʻrinbosari F.Boqiyev


3.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining oʻrinbosari T.Komilov


4.

Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining oʻrinbosari S.Radjabov


5.

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-son umumiy oʻrta ta’lim muassasasi


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori V.Xamidov


       

II. OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR

VAZIRLIGI TIZIMIDAGI MUASSASALAR

           

6.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov


7.

Toshkent gidrometeorologiya teхnikumi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari S.Buzrukхonov


8.

Toshkent moliya instituti huzuridagi akademik litsey


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sh.Turdikulova


       

*) "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati takomillashtiriladigan muassasalar roʻyхatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

      

    

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 5 fevral