Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024 y. 91-son "Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.02.2024 y.

N 91




MAKTABGAChA VA UMUMIY OʻRTA TA’LIM

TAShKILOTLARINI ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

HAMDA TA’LIM SIFATI MONITORINGINI AMALGA

OShIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 26 maydagi PF-79-son Farmoni hamda "Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 11 maydagi PQ-241-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash, хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritilgan hamda respublikada tan olinadigan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari navbatdagi davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan hisoblanadi;

maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya hamda davlat akkreditatsiyasidan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi;

ta’lim tashkilotlariga davlat akkreditatsiyasidan oʻtganligi toʻrisida elektron shakldagi sertifikatni berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti har yili хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi boʻyicha toʻplangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshiradi.


3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi olti oy muddatda oʻzining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplangan ma’lumotlarni onlayn tarzda olish va yuborish imkonini beradigan ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya elektron platformasini ishga tushirsin.


4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:

mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritishga moʻljallangan elektron platformasiga "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;

har yili 10 oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami toʻplagan ballari boʻyicha ma’lumotlar elektron aхborot almashinuvi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Oʻ. Umarova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 15 fevral