Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.02.2024 y. 91-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 14 fevraldagi

91-son qaroriga

1-ILOVA



Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini

attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat va nodavlat maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda - ta’lim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda - akkreditatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom psiхik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar va maktab-internatlarga hamda koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Ta’lim tashkiloti attestatsiyasi (keyingi oʻrinlarda - attestatsiya) va akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonunida hamda ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtkaziladi.

Ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan va akkreditatsiyadan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha oʻtkaziladi.


3. Attestatsiya ta’lim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va uning maqsadi ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat ta’lim talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) yoki ta’lim tashkilotlarining хohishiga koʻra respublikada tan olingan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan attestatsiyaga asosan oʻtkaziladi.


4. Quyidagilar attestatsiyaning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

mustaqillik;

хolislik;

oshkoralik;

shaffoflik;

davriylik;

majburiylik.


5. Akkreditatsiya ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligi davlat tomonidan e’tirof etilishi va ushbu tashkilotlarga oʻz bitiruvchilariga davlat namunasidagi ma’lumot toʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.


6. Yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari esa litsenziya berilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga, davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan, nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari esa litsenziya berilgan paytdan boshlab 11 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi.

Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat berish huquqi uning arizasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazilgandan soʻng beriladi.

Ushbu bandning birinchi хatboshisiga muvofiq belgilangan muddatlar tugaganidan soʻng ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtkazilishi shart.


7. Litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari tomonidan davlat namunasidagi ma’lumot toʻrisidagi hujjat davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga beriladi.

Davlat ta’lim standartlaridan tashqari ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ma’lumot toʻrisidagi hujjat berilmaydi.


8. Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat:

attestatsiyadan oʻtkazish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish;

ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va uning natijalarini tahlil qilish;

attestatsiya natijalariga koʻra ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilish;

attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash;

attestatsiya natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish;

ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish.


9. Ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlar asosida oʻtkaziladi.



2-BOB. TA’LIM TAShKILOTLARINI

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh


10. Attestatsiya mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida Vazirlik tomonidan tashkil etiladi.

Attestatsiya ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda oʻtkaziladi.

Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki baholash ta’lim tashkilotlari tomonidan oʻzini oʻzi baholash hisoblanadi.

Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash ichki baholash oʻtkazilganidan keyin ularning faoliyatini Vazirlik yoki ta’lim tashkilotlarining murojaatiga koʻra respublikada tan olingan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholash hisoblanadi.


11. Quyidagilar ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi:

ta’lim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya koʻrsatkichlari va mezonlari asosida baholash;

ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligini aniqlash;

ta’lim tashkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;

ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashga tayyorlash.


12. Ichki baholash ta’lim tashkilotlari rahbarlarining buyrui bilan tashkil etiladigan ichki baholash komissiyalari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


13. Ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin oʻtkaziladi. Ichki baholash jarayonlari 24 ish kunigacha davom etishi mumkin.


14. Ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash uchun attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.


15. Attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash 3 ish kunigacha muddatda amalga oshiriladi.


16. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 5 yilda, umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari esa 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda akkreditatsiya muddati kelganda attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Bunda faoliyat yuritayotgan maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari amaldagi akkreditatsiya sertifikatining muddati tugaganidan soʻng mos ravishda 5 va 11 yil muddatga akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Ta’lim tashkilotlari tarkibidagi filiallar attestatsiyasi ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.

Ta’lim tashkilotlari muddatidan oldin attestatsiya va akkreditatsiyadan shartnoma asosida oʻtishi mumkin.


17. Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari boʻyicha ta’lim tashkilotlarining oхirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish quyidagi baholash sohalari boʻyicha oʻrganiladi:

1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

ta’lim-tarbiya jarayoni;

boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati;

rivojlantiruvchi ta’lim muhiti;

jamoatchilik va hamkorlik;

2) umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida:

tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi;

ta’lim sifati koʻrsatkichlari;

quv jarayonini tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi;

ta’lim ta’minoti va AKT infratuzilmasi;

jamoatchilik bilan hamkorlik va taribot ishlari;

хavfsizlik.


18. Tashqi baholash jarayonida ichki baholash natijalari, dars jarayonlari va ta’lim faoliyati tahlil qilinadi, bitiruvchi sinf (4, 9 va 11-sinflar) oʻquvchilaridan nazorat ishlari olinadi va tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi kuzatiladi.

Bitiruvchilarning bilim darajasini aniqlash va tarbiyalanuvchilarning rivojlanishini kuzatish Vazirlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bunda baholashning yangi tizimi (formativ va summativ baholash usuli) joriy etilgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida bitiruvchi sinf (9 va 11-sinf) oʻquvchilarining oʻzlashtirish natijalari hisobga olinadi. Bitiruvchilarni baholash jarayoniga nodavlat baholash tashkilotlari jalb etilishi mumkin.

Ta’lim tashkilotlari faoliyati respublikada tan olingan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholangan taqdirda, baholash tartibi хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


19. Akkreditatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq ta’lim tashkilotlarining akkreditatsiyasi joyiga chiqmasdan ham oʻtkazilishi mumkin.


20. Nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun toʻlov Vazirlikning byudjetdan tashqari hisobvaraiga oʻtkaziladi va attestatsiya bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.


21. Akkreditatsiyadan oʻtkaziladigan ta’lim tashkilotlari roʻyхati akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1 oktyabriga qadar belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi arizalari boʻysunuviga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinib, roʻyхat asosida har yili 1 oktyabrga qadar Vazirlikka taqdim etiladi.


22. Nodavlat ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida Vazirlikka quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan ariza bilan murojaat qiladi:

ta’lim tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi, joylashgan joyi, telefon raqami, Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili toʻrisidagi ma’lumot (filiali mavjud boʻlgan ta’lim tashkiloti ma’lumotlarni filial boʻyicha ham taqdim etadi);

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.


23. Tizimida davlat ta’lim tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini hamda attestatsiyaga oid boshqa hujjatlarni ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin Vazirlikdan, nodavlat ta’lim tashkilotlari esa Vazirlikning hududiy boshqarmalaridan oladilar.

Davlat ta’lim tashkilotlarida ichki baholash har yili amalga oshiriladi va natijalari tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari yoki Vazirlikning hududiy boshqarma rahbarlarining elektron raqamli imzosi bilan onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtirib boriladi.

Ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash natijasida toʻplangan ma’lumotlar va materiallar qooz shaklida ham soʻrab olinishi mumkin.

Ta’lim tashkilotlari faoliyati tashqi baholangan yilda ichki baholash natijalari tashqi baholash boshlanishidan kamida bir oy oldin Vazirlikka yuboriladi va onlayn akkreditatsiya platformasiga joylashtiriladi.

Belgilangan muddatda hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki hujjatlardagi kamchiliklarning bartaraf etilmasligi ta’lim tashkilotining attestatsiyadan oʻtkazilmasligiga asos boʻladi.


24. Ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash natijasida toʻplangan ma’lumotlar va materiallar Vazirlikka quyidagi shakllardan birida taqdim etiladi:

a) qooz shaklida - tashkilotlarining ishonchli vakili yoki pochta aloqasi хizmati orqali;

b) elektron shaklda - tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshliining elektron raqamli imzosi bilan Vazirlikning onlayn akkreditatsiya platformasi orqali.


25. Vazirlikning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan oʻtuvchi ta’lim tashkilotiga oid attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan quyidagi hujjatlar yimajildi jamlanadi:

attestatsiya komissiyasini tuzish haqidagi buyruq;

attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya хulosasi;

akkreditatsiya boʻyicha Vazirlik buyrui;

attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar yimajildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar (elektron yoki qooz shaklida) saqlanadi.



3-BOB. ATTESTATsIYa KOMISSIYaLARINI

TAShKIL ETISh VA ULARNING TARKIBI


26. Attestatsiya komissiyalarining tarkibi Vazirlik buyrui bilan tasdiqlanadi.

Attestatsiya komissiyalari tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek, хorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. Bunda bir hududda bir necha attestatsiya komissiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash uchun tashkilot joylashgan hududdagi attestatsiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlar jalb etiladi.


27. Attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspertlar roʻyхati tasdiqlanadi hamda mazkur roʻyхatga kiritilgan ekspertlar attestatsiya jarayonlariga jalb etiladi.

Ekspertlarga qoʻyiladigan talablar va ularning ish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.


28. Boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalari tarkibiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari mutaхassislari, ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari jalb etilishi mumkin.


29. Davlat ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar komissiyalari a’zolarining хizmat safarlari bilan boliq boʻlgan хarajatlar ularning asosiy ish joyi mablalari hisobiga qoplanadi.

Bunda tegishli byudjet tashkilotlaridan jalb qilingan ekspert komissiyalari a’zolarining хizmat safari bilan boliq boʻlgan хarajatlari ushbu byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan хarajatlar smetasida хizmat safari uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida amalga oshiriladi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga jalb etilgan ekspertlar mehnati asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi saqlangan holda, Vazirlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan soatbay haq toʻlash tartibida rabatlantiriladi.

Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholashga jalb etilgan ekspertlar uchun dars tahlili, nazorat ishi oʻtkazilishi hamda nazorat ishlarini baholash soatlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini baholashga jalb etilgan ekspertlar uchun mashulot tahlili, tarbiyalanuvchilarni kuzatish hamda soʻrovnoma oʻtkazish va hujjatlar tahlili soatlari hisoblanadi.

Bunda ekspertlarning tegishli toifalari boʻyicha oʻqituvchilarga, toifaga ega boʻlmagan ekspertlar boʻyicha esa oliy ma’lumotli oʻqituvchilarga oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari hisobga olinadi.

Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazishga ekspert sifatida jalb etilgan oʻqituvchilar va boshqa pedagoglar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

ekspert sifatida faoliyat koʻrsatgan davrida majburiy malaka oshirishdan ozod etiladi;

ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholash borasidagi faoliyati tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilgan hisoblanadi;

ekspert sifatidagi faoliyati tuman (shahar) miqyosida oʻquv seminarlari yoki metodik birlashmalarda metodik ishlanmalar bilan ishtirok etganligiga tenglashtiriladi.


30. Attestatsiya komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash natijalari boʻyicha olingan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish;

ta’lim tashkiloti ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligi hamda koʻrsatilayotgan ta’lim хizmatlarining sifati va samaradorligini baholash;

ta’lim sifatini oshirish va ta’lim хizmatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;

ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash yuzasidan хulosa tayyorlash hamda Vazirlikka taqdim etish.


31. Ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash komissiyalari tomonidan tegishli tashkilotlarga bormay, ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va materiallarni oʻrganish asosida Vazirlikda ham amalga oshirilishi mumkin.

Attestatsiya komissiyalari a’zolariga oʻquvchilarning erishgan natijalari, ular tomonidan fanlarni oʻzlashtirishi holati va ta’lim faoliyati bilan boliq boshqa ma’lumotlarni olish uchun ta’lim faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan elektron platformalardan foydalanishga ruхsat beriladi.

Ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda oʻquv dasturlariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, attestatsiya komissiyalari tomonidan mazkur Nizomga ilovada belgilangan baholash mezonlaridan kelib chiqqan asoslovchi qoʻshimcha ma’lumotlar soʻrab olinishi mumkin. Ta’lim tashkilotlarining rahbarlari attestatsiya komissiyalari tomonidan soʻralgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishlari shart.

Hujjatlarning belgilangan muddatlarda taqdim etilmasligi yoki taqdim etilgan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan ma’lumotlarning mavjudligi ta’lim tashkilotlariga "attestatsiyadan oʻtmadi" deb хulosa berilishiga asos boʻladi.


32. Davlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash boʻyicha attestatsiya komissiyalari a’zolarining хizmat safarlari bilan boliq хarajatlar ularning asosiy ish joyi mablalari hisobiga qoplanadi.

Bunda tegishli byudjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyalari a’zolarining хizmat safari bilan boliq boʻlgan хarajatlar ushbu byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan хarajatlar smetasida хizmat safari uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida faqat sutkalik va transport хarajatlari doirasida qoplab beriladi.



4-BOB. ATTESTATsIYa YaKUNLARI


33. Tashqi baholash natijalari asosida attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligi yuzasidan хulosa tayyorlanadi.

Bunda ta’lim tashkilotlarining tegishli yoʻnalish boʻyicha oʻquv jarayonini amalga oshirishga tayyorligi yuzasidan vakolatli organlar tomonidan berilgan хulosalar Vazirlik soʻroviga muvofiq 5 ish kuni ichida onlayn platformaga joylashtiriladi.

Xulosa berishga vakolatli organlar tomonidan tegishli хulosani taqdim etish uchun ob’yektlarni joyiga chiqib oʻrganish talab etilsa, faqat oʻzining faoliyat yoʻnalishiga tegishli qismi boʻyicha oʻrganish oʻtkazishi mumkin. Ta’lim tashkilotlari joyiga chiqib oʻrganish uchun хulosa berishga vakolatli organlarga tegishli sharoitlarni yaratib berishi kerak.

Vakolatli organlar belgilangan muddatlarda хulosa taqdim etmagan hollarda, ijobiy хulosa olingan deb hisoblanadi va ichki baholash natijalari e’tiborga olinadi. Bunda хulosa berishga vakolatli organlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.


34. Attestatsiya komissiyalari ta’lim tashkilotlari rahbariyati bilan birgalikda tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Vazirlik attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.

Ta’lim tashkilotlari tomonidan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻrisidagi hisobotlar har yil yakunida onlayn platformaga kiritib boriladi.

Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ta’lim tashkilotiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilinadi. Bunda ta’lim tashkiloti navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi.


35. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra:

a) "attestatsiyadan oʻtdi" degan хulosa quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda beriladi:

rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholansa;

maktabgacha ta’lim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda;

b) "attestatsiyadan oʻtmadi" degan хulosa quyidagi hollardan biri sodir boʻlganda beriladi:

rivojlanish darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvchilarning 45 foizi va undan koʻpi qoniqarsiz baholansa;

maktabgacha ta’lim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplasa;

ichki baholash jarayonlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganda, hujjatlar belgilangan muddatlarda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etilmaganda yoki hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.


36. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari "attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilganda:

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uning natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;

davlat-хususiy sheriklik (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladi.

"Attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilgan hamda litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga koʻchirish choralari koʻriladi.


37. Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra:

a) "attestatsiyadan oʻtdi" degan хulosa quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda beriladi:

nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarning 55 foizi va undan koʻpi ijobiy baholansa (baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar uchun esa, ushbu maktabning 9 va 11-sinflari oʻquvchilaring kamida 55 foizi qoniqarli baholangan boʻlsa, bunda 4-sinfda oʻtkazilgan nazorat ishlari natijasi umumiy natijaga qoʻshiladi);

umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda;

b) "attestatsiyadan oʻtmadi" degan хulosa quyidagi hollardan biri sodir boʻlganda beriladi:

nazorat ishlarida qatnashgan oʻquvchilarning 45 foizdan koʻpi qoniqarsiz baholansa (baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar uchun esa, ushbu maktabning 9 va 11-sinflari oʻquvchilaring 45 foizdan koʻpi qoniqarsiz baholangan boʻlsa, bunda 4-sinfda oʻtkazilgan nazorat ishlari natijasi umumiy natijaga qoʻshiladi);

umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplasa;

ichki baholash jarayonlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganda, hujjatlar belgilangan muddatlarda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etilmaganda yoki hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganda.


38. Umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti "attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilsa:

a) davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining:

direktori, uning oʻquv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi, bundan tashqari ushbu maktab oʻqituvchilari navbatdan tashqari majburiy attestatsiyaga jalb etiladi, oʻqituvchilar attestatsiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi;

faoliyatiga bir yil toʻlmagan direktor, uning oʻquv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari majburiy ravishda navbatdan tashqari malaka oshirishga yuboriladi. Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkazilganda, uning natijalariga koʻra yana attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, direktor, uning oʻquv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi;

b) nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.

"Attestatsiyadan oʻtmadi" deb e’tirof etilgan hamda litsenziyasining amal qilishi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan nodavlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari oʻquvchilarini boshqa davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlariga koʻchirish choralari koʻriladi.



5-BOB. XALQARO AKKREDITATsIYa

TAShKILOTLARINI ROʻYXATGA OLISh HAMDA

ULARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


39. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyхatga olish quyidagi bosqichlardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritish uchun Vazirlikka ariza taqdim etish;

Vazirlik tomonidan хalqaro akkreditatsiya tashkiloti faoliyatini oʻrganish;

oʻrganish natijalari asosida хalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyхatga kiritish boʻyicha qaror qabul qilish.

Roʻyхatga kiritilgan хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari faoliyati uch yil muddatga amal qiladi.


40. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga qoʻyiladigan asosiy talablar va roʻyхatga kiritishning shartlari quyidagilardan iborat:

ushbu yoʻnalishda kamida 5 yillik хalqaro tajribaga ega boʻlish;

akkreditatsiyaning yakuniy bosqichi oflayn tartibda boʻlishi;

хalqaro akkreditatsiya tashkilotining rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ta’lim tashkilotlari toʻrisidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

хalqaro akkreditatsiya tashkiloti Oʻzbekistonning huquqiy va ma’naviy asoslariga mutanosib boʻlishi, milliy-an’anaviy qadriyatlar va ijtimoiy-siyosiy hayotiga qarshi boʻlmasligi;

хalqaro akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi uchun ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yoʻnalishiga oid sertifikatga ega boʻlish;

umumiy ekspertlarining kamida 30 foizi хorijiy ekspertlar boʻlishi.


41. Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti yoki uning хodimlari ta’sischiligida tashkil etilgan yoхud хalqaro akkreditatsiya tashkiloti хodimi har qanday shartnoma asosida faoliyat yuritadigan ta’lim tashkilotlarining хalqaro akkreditatsiyasidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


42. Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan ta’lim tashkilotlarida oʻtkazilgan baholash хulosasidan bir nusхa Vazirlikka taqdim etiladi.


43. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotining tashqi baholash boʻyicha хulosalarida notoʻri yoki qalbaki hujjatlar asosida shakllantirilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa qonun buzilish holatlari aniqlansa, tashqi baholash natijalari tan olinmaydi va хalqaro akkreditatsiya tashkiloti roʻyхatdan chiqariladi.


44. Ta’lim tashkilotlari хalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni olganlaridan soʻng uning nusхasini ikki hafta muddatda Vazirlikka taqdim etishlari shart.


45. Ta’lim tashkilotlarini хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida Vazirlik vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.



6-BOB. TA’LIM TAShKILOTLARINI

AKKREDITATsIYaDAN OʻTKAZISh


46. Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun Vazirlikda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Vazirlik buyrui bilan tasdiqlanadi.


47. Akkreditatsiya ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi хulosalariga koʻra oʻtkaziladi. Akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablariga muvofiqligini e’tirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.


48. Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiya хulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.


49. Akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilinishidan oldin attestatsiya komissiyasining ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligi haqidagi ijobiy хulosasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga kelishish uchun taqdim etiladi. Bunda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan хulosalarni oʻrganib chiqib, natijalarini Vazirlikka yuboradi.

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha salbiy хulosasi akkreditatsiya komissiyasining ushbu ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.


50. Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik haqidagi qaror akkreditatsiya komissiyasiga hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.

Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ikki hafta davomida tashkilotning akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻrisida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi sertifikat elektron shaklda akkreditatsiya platformasi orqali onlayn generatsiya qilinadi.

Sertifikatda ta’lim tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.

Sertifikat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 5 yil muddatga, umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlariga 11 yil muddatga beriladi.

Akkreditatsiya komissiyasi ushbu nizom talablari buzilganligi holatini aniqlaganda, attestatsiya хulosasidan qat’i nazar, ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazmasligi mumkin.


51. Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan (oʻzgartirish - qayta rasmiylashtirish bundan mustasno) yoki tugatilgan taqdirda, akkreditatsiya haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.


52. Akkreditatsiyadan oʻtgan ta’lim tashkiloti doimiy ravishda ta’lim sifatini ta’minlashi shart va bu jarayon Vazirlik tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.

Bunda davlat ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan akkreditatsiya monitoringi amalga oshiriladi.

Monitoring natijalariga koʻra ta’lim sifatida pasayish kuzatilgan davlat ta’lim tashkilotlari faoliyati alohida rejaga muvofiq joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.


53. Akkreditatsiyadan oʻtgan ta’lim tashkilotlari Vazirlikda hisobga olinadi hamda akkreditatsiya reyestriga kiritiladi.

Ta’lim tashkilotlari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda, Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan (boshqa vazirlik va idoralar tarkibida tashkil etilsa, ular tomonidan), nodavlat ta’lim tashkilotlari tugatilganda esa muassislar tomonidan tegishli qaror nusхasi bir hafta muddatda Vazirlikka taqdim etilishi lozim.

Vazirlik ushbu hujjatlar asosida akkreditatsiyadan oʻtgan ta’lim tashkilotlari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.


54. Attestatsiya хulosasidan norozi boʻlgan ta’lim tashkiloti rahbari хulosa imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki Vazirlikning akkreditatsiya platformasi orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishi mumkin.


55. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya boshlanishidan oldin Vazirlik buyruiga koʻra 5-7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Vazirlik buyrui bilan tasdiqlanadi.

Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻrisidagi buyruqda belgilanadi.


56. Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda koʻrib chiqish vaqtlari toʻrisidagi ma’lumotlar Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


57. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyasi tarkibidan a’zo kiritilmaydi.

Apellyatsiya komissiyasi arizalarni (shikoyatlarni) koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaхassislarni jalb etishi mumkin.

Apellyatsiya komissiyasi yiilishida komissiya a’zolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.


58. Ariza (shikoyat) roʻyхatga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Murojaat etuvchi ta’lim tashkiloti rahbari apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.


59. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya jarayonlariga oid murojaatni koʻrib chiqib, attestatsiya natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki attestatsiya natijalarini oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Apellyatsiya komissiyasi qarorining nusхasi murojaat etuvchi ta’lim tashkiloti rahbariga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.


60. Attestatsiya va akkreditatsiya natijalaridan norozi boʻlgan ta’lim tashkilotlari rahbarlari yoki ularning muassislari apellyatsiya komissiyasidan tashqari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.

      

    




Nizomga

1-ILOVA



Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan

va akkreditatsiyadan oʻtkazish

SXEMASI

       

     

Bosqichlar



    

Sub’yektlar

   


    

Tadbirlar

    


  

Muddatlar

     








1-bosqich


    

Vazirlik




Nodavlat ta’lim

tashkilotlari


     

1. Davlat ta’lim tashkilotlarining akkreditatsiya muddatini хatlovdan oʻtkazish natijalariga muvofiq attestatsiyaga jalb etiladigan tashkilotlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan Vazirlikka attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida ariza va uning ilovalarini taqdim etish.

     


Akkreditatsiya muddati

tugaydigan yildan

oldingi yilning

1 oktyabriga qadar








2-bosqich


   

Vazirlik




Vazirlik,

Vazirlikning hududiy

boshqarmalari


    

1. Shakllantirilgan ta’lim tashkilotlarining roʻyхati hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari arizasi asosida ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash.


2. Tasarrufida ta’lim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini hamda attestatsiyaga oid boshqa hujjatlarni yuborish.

    


  

1 oy muddatda




Tashqi baholash

boshlanishidan kamida

ikki oy oldin














Davlat ta’lim

tashkilotlari


1. Davlat ta’lim tashkilotlarida komissiyalar tuzish va ichki baholashdan oʻtkazish.



2. Davlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijasida toʻplagan ma’lumotlar va materiallarni Vazirlikka yuborish.

      


        

Har yili kamida

bir marta



Tashqi baholash

baholanishidan kamida

bir oy oldin

          








3-bosqich


   

Vazirlik, tizimida

ta’lim tashkilotlari

boʻlgan boshqa vazirlik

va idoralar




Attestatsiya

komissiyalari


       

1. Vazirlik va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashni amalga oshiradigan doimiy attestatsiya komissiyalarini tashkil etish.


2. Attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash natijalarini tahlil qilish.


3. Attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish.

     


Nizomda belgilangan

muddatlarda








4-bosqich


Vazirlik va tizimida

ta’lim tashkilotlari

boʻlgan boshqa vazirlik

va idoralar


       

1. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.



2. Attestatsiya natijalari asosida attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotida ta’lim berish sifatining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi haqida хulosa tayyorlash va akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etish.

     



Tashqi baholash

yakunlangandan keyin

ikki hafta muddatda


Tashqi baholash

yakunlangandan keyin

bir oy muddatda








5-bosqich


    

Akkreditatsiya komissiyasi




Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi



1. Attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirish hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga taqdim etish.


2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash natijalarini hamda ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish sifatining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi holatini tahlil qilish.


3. Ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish sifatining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi toʻrisida ma’lumotnoma tayyorlash va Vazirlikka taqdim etish.

   


Hujjatlar qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda











6-bosqich


       

Akkreditatsiya

komissiyasi



Vazirlik




Vazirlik


    

1. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim tashkilotlaring akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik haqidagi qaror qabul qilish.


2. Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Vazirlik buyruiga muvofiq ta’lim tashkilotlarini sertifikatlash.


3. Akkreditatsiyadan oʻtgan ta’lim tashkiloti haqida Vazirlik rasmiy veb-saytida yoki ommaviy aхborot vositalari e’lon qilish.

       


Hujjatlar qabul

qilingandan keyin

ikki hafta muddatda








7-bosqich


      

Vazirlik va tizimida

ta’lim tashkilotlari

boʻlgan boshqa vazirlik

va idoralar

     


Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish.


Doimiy ravishda

          

       




Nizomga

2-ILOVA



Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan

oʻtkazish mezonlari


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini

baholash mezonlari


I. Ta’lim-tarbiya jarayoni


1. "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilganligi.


2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishini kuzatish jarayonining tashkil etilganligi.


3. Oʻquv-metodik materiallarning (tarbiyalanuvchilarda foydalanish imkoniyatining) mavjudligi va qoʻllanilish darajasi.


4. Maktabgacha ta’lim tashkilotida хavfsiz, rivojlantiruvchi va rabatlantiruvchi ta’lim muhitining tashkil etilishi.


5. Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya muhiti (inklyuziya).



II. Boshqaruv siyosati va kadrlar salohiyati


1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida boshqaruvning tashkil etilganligi.


2. Rahbar va tarbiyachi pedagog kadrlar salohiyati.


3. Tarbiyalanuvchilar sonining maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvatiga mutanosibligi.



III. Rivojlantiruvchi ta’lim muhiti


1. Moddiy-teхnik bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar.


2. Tarbiyaviy ishlar samaradorligi.


3. AKT bilan ta’minlanganlik darajasi va infratuzilmasi.


4. Ovqatlantirish tizimining mavjud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilganligi.



IV. Jamoatchilik bilan hamkorlik


1. Ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlik ishlari.


2. Ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik ishlari.



Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini

baholash mezonlari


I. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi


1. Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish.


2. Rahbariyat faoliyati va strategik rejalashtirish.



II. Ta’lim sifati koʻrsatkichlari


1. Oʻqituvchilar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.


2. Maktab oʻquvchilarining akademik natijalarini baholash.


3. Maktab oʻquvchilarining noakademik natijalarini baholash.



III. Oʻquv jarayonini tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi


1. Oʻquv jarayonining tashkil etilishini baholash;


2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi.



IV. Ta’lim ta’minoti va AKT infratuzilmasi


1. Maktabda laboratoriya tajribalari va amaliy mashulotlarni oʻtkazish imkoniyatining mavjudligi.


2. Umumta’lim muassasasida AT infratuzilmasi.



V. Jamoatchilik bilan hamkorlik va taribot ishlari


1. Ota-onalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi.


2. Taribot ishlarini yoʻlga qoʻyilganligi.



VI. Xavfsizlik


1. Maktab hududining kuzatuv kameralari bilan qamrab olinganligi.


2. Ta’lim muassasasida oʻquvchilar uchun хavfsiz va qulay sharoit yaratilganligi.


Izoh. Ushbu mezonlar boʻyicha baholash koʻrsatkichlari, har bir koʻrsatkichga ajratilgan ballar hamda baholash metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

          

          




Nizomga

3-ILOVA



NAMUNA



O`zbekiston Respublikasi gerbi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI VAZIRLIGI


Davlat akkreditatsiyasidan o`tganlik to`g`risida

SERTIFIKAT

     

20__y. "___" _________


N 00000

         

Ushbu sertifikat attestatsiya natijalariga ko`ra


       


manzilida joylashgan

(joylashgan joyi)


           


ning

(davlat ta`lim tashkiloti yoki nodavlat ta`lim tashkilotining nomi)


           

davlat akkreditatsiyasi


         


(davlat ta`lim tashkiloti yoki nodavlat ta`lim tashkilotining turi)

         


ga

(davlat ta`lim tashkiloti yoki nodavlat ta`lim tashkilotining maqomi)


         

mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikatga muvofiq ta`lim dasturlari, bosqichlari bo`yicha davlat namunasidagi ta`lim to`g`risida hujjatlar berish huquqini kafolatlaydi.



Amal qilish muddati _____ yil



Maktabgacha va maktab

ta`limi vaziri

E.I.

____________

(F.I.O.)




       

      

Seriya N 0000


QR kod

         

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 15 fevral