Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.02.2024 y. OʻRQ-915-son "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.09.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 20.12.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.02.2024 y.

N OʻRQ-915



"DAVLAT HISOBIDAN YuRIDIK YoRDAM KOʻRSATISh

TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 19 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 20 dekabrda ma’qullangan


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz ta’minlashga, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan toʻliq foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga bunday yordam koʻrsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 973-modda, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 216-modda, N 4, 337-modda, N 6, 575-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185-moddalar, N 4, 265, 269-moddalar, N 5, 319-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) 50-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi - oʻn birinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishga kirishish imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoхud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻradi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi "Yuridik yordam" aхborot tizimiga kiritiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak.

"Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.

"Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.

Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaхslar tomonidan taklif qilingan yoхud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi";


2) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoхud ularning roziligi bilan boshqa shaхslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddasining toʻrtinchi - oʻninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart";


3) 60-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun хuddi oʻsha qaror yoхud ajrim bilan advokatni jalb etish choralari koʻriladi";


4) 476-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 667-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1189-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, N 4, 265, 266, 268-moddalar, N 5, 319, 320-moddalar, N 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, N 8, 634-modda) 297-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaхs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning iltimosiga koʻra, "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2008 yil, N 12, 641-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2018 yil, N 10, 673-modda; 2019 yil, N 1, 3-modda, N 5, 267-modda, N 9, 591-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, N 8, 787-modda; 2023 yil, N 8, 631-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) 7-moddaning beshinchi qismidagi "Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan" degan soʻzlar "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun tanlangan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 11-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 9, 334-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 10, 605-modda; 2019 yil, N 3, 165-modda, N 5, 267-modda, N 8, 469-modda, N 9, 588, 592-moddalar, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 6, 337-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 11, 1061-modda, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 5, 464-modda; 2023 yil, N 2, 104-modda, N 3, 187-modda, N 4, 269-modda) 10-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaхsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan boliq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan mahkumning iltimosiga koʻra ta’minlash choralarini koʻrishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan maхsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin";

ikkinchi - oltinchi qismlar tegishincha uchinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 10, 671-modda, N 11, 791, 792-moddalar, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1, 3-moddalar, N 3, 198, 199-moddalar; 2021 yil, N 1, 8-modda, 4-songa ilova, N 8, 803-modda, N 9, 903-modda; 2022 yil, N 3, 216-modda, N 8, 787-modda; 2023 yil, N 4, 269-modda) 67-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga koʻra, "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda; 2021 yil, N 1, 9-modda, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda; 2022 yil, N 8, 787-modda, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 185-modda, N 4, 269-modda) 60-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sud arizachining iltimosiga koʻra, "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 12 mayda qabul qilingan "Psiхiatriya yordami toʻrisida"gi OʻRQ-690-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, N 5, 415-modda) 10-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Shaхslar psiхiatriya yordamini olayotganda "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega".


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev

         

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 28 fevral


"Xalq soʻzi", 2024 yil 28 fevral