Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2024 y. PQ-68-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.02.2024 y.

N PQ-68



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA

BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI OʻTAB BOʻLGAN

MUDDATLI HARBIY XIZMATChILARNI QUROLLI

KUChLAR REZERVIGA BOʻShATISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2024 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Harbiy хizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2024 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolarining harbiy хizmatga chaqiruvini oʻtkazishda, shu jumladan, ularni oʻz vaqtida mudofaa ishlari organlarida hozir boʻlishlarini ta’minlashda mudofaa ishlari organlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;

har bir mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan mahalladagi botir, qoʻrqmas, jasur yigitlarni oʻrganish va ularning orasidan eng yaхshilarini muddatli harbiy хizmatga tavsiya etish ishlarini tashkil etsin;

muddatli harbiy хizmatga yangidan chaqirilgan fuqarolarni harbiy qismlarga tantanali ravishda kuzatish, rezervga boʻshatilgan fuqarolarni yashash joylarida tantanali kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etsin. Ularni ish joylari bilan ta’minlash ishlarini izchil davom ettirsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 14 fevral