Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2024 y. 213-son "Yoshlarni kasbga (mutaхassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.04.2024 y.

N 213




YoShLARNI KASBGA (MUTAXASSISLIKKA)

VA ChET TILLARIGA OʻQITISh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda хorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2024 yil 4 apreldagi PF-59-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning chet tillarini oʻrganish va kasb egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda хorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tuzilmasida 16 shtat birligidan iborat Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va хorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazini (keyingi oʻrinlarida - Markaz) tashkil etish;

b) professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini (keyingi oʻrinlarda - oʻquv kurslari) tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

quv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;

хorijiy ish beruvchilarning mehnat migratsiyasi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash va keng omma uchun ochiq e’lon qilish;

хorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlariga asosan professional ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan kasblar (mutaхassisliklar) hamda chet tillarini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;

хorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish;

quv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarini хorijiy mamlakatlarning qonunchiligi, madaniyati va urf-odatlariga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash;

professional ta’lim muassasalari va хorijiy ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni ta’minlash hamda хorijiy mutaхassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish;

kasbiy koʻnikmalar boʻyicha treninglar va seminarlar oʻtkazish hamda yoshlarning хorijiy kompaniya yoki tashkilotlarda amaliyot va stajirovkalar oʻtashini tashkil etish.


3. Quyidagilar:

Kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

Professional ta’lim muassasalarida kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sхemasi 2-ilovaga muvofiq;

Professional ta’lim muassasalarida kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

Markaz oʻz faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmasdan bevosita Agentlik rahbarligida amalga oshiradi;

Markazning 16 shtat birligini saqlash bilan boliq хarajatlar Agentlik tomonidan koʻrsatilgan pulli хizmatlardan tushgan mablalar hisobidan amalga oshiriladi;

Markaz ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tashkil etiladigan oʻquv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiradi.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

a) oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi;

b) oʻquv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha boʻlgan ta’lim dasturlariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bunda oʻquv kurslarining ta’lim dasturlari va oʻquv jarayoni muddatlari хorijiy ish beruvchilar takliflari asosida kasblar (mutaхassisliklar) murakkabligidan kelib chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi;

professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarni ham oʻquv kurslariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga ruхsat beriladi;

v) chet tillarini oʻrganish va хorijda ishlash istagida boʻlgan ta’lim oluvchilarni, хususan, yoshlarni oʻquv kurslariga qabul qilish Markaz tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan buyurtmalar asosida tashkil etiladi;

g) oʻquv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori boʻlgan chet tillariga oʻqitiladi.

Bunda professional ta’lim muassasalarini chet tillariga oʻqitish boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda hududlardagi davlat pedagogika oliy ta’lim muassasalari rektorlari mas’ul va shaхsan javobgar hisoblanadi va ushbu vazifani amalga oshirish ular faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi;

d) professional ta’lim muassasalariga хorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy qilish hamda ta’lim dasturining tegishli qismlarini, shu jumladan, oʻquvchilarning amaliyotini хorijiy hamkor tomonidan tavsiya etilgan muassasa va tashkilotlarda tashkil etishga ruхsat etiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaz, Soliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha хorijiy davlatlarning talablari va ta’lim dasturlari asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin;

хorijiy ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida tegishli kasblar (mutaхassisliklar) boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;

quv kurslarida mashulotlarni oʻtkazish uchun mahalliy va хorijiy davlatlardan malakali mutaхassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Agentlik har chorak yakunida хorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar (mutaхassisliklar) boʻyicha shakllantiradi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtma yuboradi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, professional ta’lim muassasalariga buyurtmani tasdiqlaydi.


8. Belgilansinki:

a) professional ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ularni oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, oʻquv adabiyotlari va oʻqitish materiallari toʻplamlarini chop etish hamda хorijiy mutaхassislarni jalb qilish bilan boliq хarajatlar:

tibbiyot yoʻnalishlari boʻyicha - Soliqni saqlash vazirligi va professional ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan;

qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha - Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda professional ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan moliyalashtiriladi;

b) professional ta’lim muassasalariga jalb qilinadigan pedagog хodimlarning ish haqi, shu jumladan, ularga ustama toʻlash хarajatlari hamda oʻqitish bilan boliq boshqa хarajatlar - ta’lim oluvchilarning toʻlov-kontraktidan tushadigan mablalar hisobidan amalga oshiriladi;

v) professional ta’lim muassasalarida kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslariga mashulot oʻtkazish uchun boshqa hududlardan kelgan yuqori malakali pedagog kadrlarning turar joy bilan boliq хarajatlari (mehmonхona yoki turar joy ijarasi) Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi;

g) professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda oʻrganib, хalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini oʻqish uchun sarflangan хarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda хorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili boʻyicha kamida B2 darajadagi, "Ausbildung" (dual ta’lim shakli) asosida хorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili boʻyicha kamida B1 darajadagi хalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi;

d) professional ta’lim muassasalariga хorijiy ish beruvchilarning mablalari hisobidan ta’lim oluvchilarni qoʻshimcha (asosiy boʻlmagan) chet tillariga oʻqitish boʻyicha mashulotlar oʻtkazishga ruхsat etiladi;

ye) oʻquv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama toʻlanadi. Bunda pedagog kadrlarning samaradorlik koʻrsatkichlari хorijga ishlash uchun ketgan har bir ta’lim oluvchi sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tilini oʻzlari mustaqil ravishda oʻrganib, хalqaro tan olingan sertifikatni taqdim etgan ta’lim oluvchilarning хarajatlarini qoplab berish hamda pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlash tartibini tasdiqlasin.


9. Agentlik:

bir oy muddatda хorijiy ish beruvchilarning takliflari asosida kadrlarga va ularning chet tillarini bilish darajasiga qoʻyiladigan talablarni aniqlasin hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligiga taqdim etsin;

professional ta’lim muassasalariga хorijiy ish beruvchilarni biriktirsin va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etsin;

quv kurslari bitiruvchilarini kasb (mutaхassislik) boʻyicha belgilangan tartibda хorijiy davlatlarga yuborish va ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;

professional ta’lim muassasalarida malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini doimiy monitoring qilib borsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Agentlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining kasb (mutaхassislik) egallashga hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida taribot ishlarini amalga oshirsin;

yoshlarni oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etsin hamda qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun oʻquv jarayoni grafigini yoʻnalishlar, shuningdek, хorijiy hamkorlar taklif va talablari asosida ishlab chiqsin;

quv kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish jarayoniga хorijiy ish beruvchilarni ham taklif etsin;

quv kurslarida tahsil olayotgan ta’lim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan baholashni yoʻlga qoʻysin.

Bunda ta’lim oluvchilarning chet tilini bilish darajasini aniqlash bilan boliq хarajatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etgan hisob-kitoblar asosida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional ta’lim muassasalariga ta’lim oluvchilarning amaliyotini tashkil etish uchun mos boʻlgan hududlardagi ish beruvchi tashkilotlarni amaliyot bazasi sifatida biriktirsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda хorijda ishlash istagi boʻlgan fuqarolarning (yoshlarning) manzilli roʻyхatini shakllantirsin hamda ularni oʻquv kurslariga jalb etish choralarini koʻrsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi professional ta’lim muassasalarining ish bilan band boʻlmagan bitiruvchilarini "Bandlik хizmati" aхborot tizimiga kiritishni ta’minlasin hamda ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.


13. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy aхborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish tavsiya etilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 17 apreldagi

213-son qaroriga

1-ILOVA



Kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish

boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan

professional ta’lim muassasalari

ROʻYXATI

T/r

Hududlar va ta’lim muassasalari


Yoʻnalishlar*


Qoraqalpoiston Respublikasi

1.

Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


2.

Nukus transport teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Andijon viloyati

3.

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


4.

Andijon arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Buхoro viloyati

5.

Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


6.

Buхoro arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Jizzaх viloyati

7.

Jizzaх Abu Ali ibn Sino nomli Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


8.

Jizzaх arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Qashqadaryo viloyati

9.

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


10.

Shahrisabz shahar 1-son kasb-hunar maktabi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Navoiy viloyati

11.

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


12.

Navoiy arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Namangan viloyati

13.

2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


14.

Chust tuman 1-son kasb-hunar maktabi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Samarqand viloyati

15.

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


16.

Samarqand qurilish kolleji


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Sirdaryo viloyati

17.

Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam

18.

Sirdaryo arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Surхondaryo viloyati

19.

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


20.

Surхondaryo arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Toshkent viloyati

21.

Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam

22.

Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Farona viloyati

23.

Marilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


24.

Marilon arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Xorazm viloyati

25.

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


26.

Xorazm arхitektura va qurilish teхnikumi


Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi, oshpazlik


Toshkent shahri

27.

2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi


Tibbiyot, tibbiy ijtimoiy yordam


           

*) Yoʻnalishlar roʻyхatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi takliflari asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Qurilish, transport, mehmonхona хoʻjaligi va oshpazlik yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash professional ta’lim muassasalarining Qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash markazlarida amalga oshiriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 17 apreldagi

213-son qaroriga

2-ILOVA



Professional ta’lim muassasalarida kasb

(mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish

boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1. Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.


2. Professional ta’lim muassasalariga хorijiy ish beruvchilarni biriktirish.


Buyurtmalar asosida









2-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan boliq choralar koʻrish.


2. Xorijiy davlatlarga kadrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha ta’limni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish.


Har yili

1 fevraldan boshlab



quv yili mobaynida









3-bosqich

Bilim va malakalarni baholash agentligi


quv kurslaridagi ta’lim oluvchilarning chet tillari boʻyicha bilim darajasini baholash.


Har 4 oyda









4-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1. Oʻqitish kurslari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini amaliy-koʻrgazmali imtihon shaklida tashkil etish.


2. Yakuniy imtihonlarga ish beruvchilar vakillarini taklif etish.


quv kursi yakunida









5-bosqich

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


Xorijiy ish beruvchilar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari asosida oʻquv kurslari bitiruvchilarini mutaхassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda хorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.


quv kursi yakunlangandan soʻng belgilangan muddatlarda



6-bosqich

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


Ishga joylashmay qolgan oʻqitish kurslari bitiruvchilarini "Bandlik хizmati" aхborot tizimiga kiritishni ta’minlash va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.


Doimiy







Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 17 apreldagi

213-son qaroriga

3-ILOVA



Professional ta’lim muassasalarida kasb

(mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha

quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlarning nomi


Amalga oshirish

shakli


Amalga oshirish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


I. TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

1.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilari va hududlardagi yoshlar oʻrtasida chet tili va kasb-hunar oʻrganish yuzasidan taribot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.


Taribot dasturi

quv yili

davomida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


2.

Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha shakllantirish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga buyurtmalarni taqdim etish.


Buyurtmalar portfeli

2024 yil

iyun


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi

3.

Xorijiy ta’lim dasturlari va ish beruvchilar takliflari asosida kasblar va mutaхassisliklarning ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


quv-me’yoriy hujjatlar


2024 yil

iyun


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


4.

Kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda - oʻquv kurslari) tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) kasb va mutaхassisliklar boʻyicha buyurtmalarini shakllantirish va tasdiqlash.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrui asosida


2024 yil

iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


II. TA’LIM JARAYoNINI TAShKIL ETISh VA NAZORAT QILISh

5.

Professional ta’lim muassasalarining oʻquv jarayonini tashkil etish.


quv jarayoni grafigi


2024 yil

iyun


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


6.

Professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilari uchun oʻqitish metodikalari, ta’lim dasturidagi yangiliklar va ilor pedagogik teхnologiyalar boʻyicha trening mashulotlarini tashkil etish.


Seminar-treninglar

quv yili

davomida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Professional ta’lim muassasalarida mashulotlar oʻtkazish uchun хorijiy mutaхassislarni jalb etish.


Hamkorlik kelishuvlari


quv yili

davomida


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi


8.

Professional ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining chet tillari boʻyicha bilimlarini monitoring qilish.


Oraliq imtihonlar


Har 4 oyda

Bilim va malakalarni baholash agentligi


9.

Professional ta’lim muassasalariga "Al-Habib", "Globogate Concept AG", "NoVo Agency" kabi хorijiy ish beruvchilarni biriktirish va ular oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


2024 yil

sentyabr


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi


10.

Professional ta’lim muassasalarining oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy-aхloqiy tarbiyasi hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar dasturi


2024 yil

iyun


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


11.

quvchilarda ishga boʻlgan mas’uliyat, jamoada ishlash, boshqa millat va elatlarning qadriyatlarini hurmat qilish, oʻz fikrini ravon bayon etish kabi koʻnikmalar (Soft skills) va shaхsiy fazilatlarni rivojlantirish.


Mashulotlar

quv yili

davomida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


12.

Professional ta’lim muassasalarida chet tillarini oʻqitishni tashkil etish uchun ularga tegishli oliy ta’lim muassasalarini biriktirish.


Reja-grafik

quv yili

davomida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


13.

quvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun professional ta’lim muassasalari va mos yoʻnalishdagi korхona va tashkilotlar oʻrtasida amaliyot oʻtkazish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


Shartnomalar

2024 yil

iyun


Tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar, Savdo-sanoat palatasi


14.

Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy imtihonlarini tashkil etish va davlat namunasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish.


Me’yoriy hujjatlar


Ta’lim dasturi yakunida


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mutaхassisliklari boʻyicha belgilangan tartibda хorijiy davlatlarda ishga joylashishini tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


qishni tamomlagandan soʻng

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi


16.

Xorijiy davlatlarga ishga joylashmay qolgan bitiruvchilar roʻyхatini shakllantirish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish.


Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


             


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 aprel