Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 09.04.2024 y. 6-Q/Q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 08.04.2024 y. 6-2024/QQ-son "Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 26.04.2024 y. 2910-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.04.2024 y.

N 2910-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATsIYaLAR

VAZIRLIGINING

09.04.2024 y.

N 6-Q/Q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh

VA BANDLIK VAZIRLIGINING

08.04.2024 y.

N 6-2024/QQ


QARORI



Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov

asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 53/QQ va 20-Q/Q-son qarori (roʻyхat raqami 2910, 2017 yil 3 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y. , 31- son, 787-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir



K.A. Sharipov

Vazir

B.A. Musayev

        





Qarorga

ILOVA



Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov

asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom akademik litseylarda boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.".


2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Oʻzbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi toʻrisida"gi Qonunining 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida qayd etilgan shaхslar tanlovga qoʻyilmaydilar.".


3. 9-banddagi "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining" degan soʻzlar "Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 27 aprel