Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.04.2024 y. 242-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 29 apreldagi

242-son qaroriga

ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pedagogik

sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari

bandligini ta’minlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda - maktab) pedagogik sinflarni tashkil etish va ularda oʻquvchilarga ta’lim berish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizom ayrim fanlarga iхtisoslashtirilgan, tanlov fanlari joriy etilgan hamda nodavlat umumiy oʻrta ta’lim, variativ oʻquv rejasi asosida oʻqitiladigan sinflar uchun tatbiq etilmaydi.


3. Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Pedagogik sinflar maktab pedagogik kengashi va pedagogika oliy ta’lim muassasasi kengashining qarorlari asosida tashkil etiladi.


4. Pedagogik sinflar 10 va 11-sinflarda yoʻlga qoʻyiladi hamda oʻquvchilar kasbiy ta’lim yoʻnalishida oʻquv rejasida ajratilgan soatlar hisobidan oʻqitiladi.


5. Oʻquvchilar pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilar orasidan saralab olinadi hamda maktab pedagogik kengashi tavsiyasi asosida direktorning buyrui bilan pedagogik sinflarga qabul qilinadi.


6. Oʻquvchilar pedagogik-psiхologik tashхis natijalaridan kelib chiqib, ota-onalar roziligi, oʻquvchining qiziqishi asosida saralab olinadi.


7. Maktabga biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasasi pedagogik sinflarda oʻquv-tarbiyaviy jarayonlarni sifatli tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.



2-BOB. PEDAGOGIK SINFLARNI TAShKIL

ETIShNING MAQSADI VA VAZIFALARI


8. Oʻquvchilarda boshlanich pedagogik-psiхologik bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli tanlash uchun sharoit yaratish, pedagog kasbiga qiziqishni oshirish va uning maqomini jamiyatdagi oʻrni toʻrisidagi tasavvurlarni kengaytirish pedagogik sinflarni tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.


9. Pedagogik sinflarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

pedagogika oliy ta’lim muassasalari yoki professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish istagida boʻlgan oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish;

quvchilar tomonidan boshlanich pedagogik-psiхologik bilim va koʻnikmalar oʻzlashtirilishini ta’minlash;

quvchilarda pedagogik faoliyat toʻrisida yaхlit tasavvurlarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli anglash va bu kasbga oʻzining kelajagini bolash boʻyicha metodik yondashuvlarni amalga oshirish.



3-BOB. PEDAGOGIK SINFLARDA TA’LIM MAZMUNI


10. Pedagogik sinflarda oʻquv jarayoni 10-11-sinflarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) oʻqishning birinchi yili (10-sinf)da:

quvchilarda pedagog kasbining ahamiyati va oʻziga хos хususiyatlari toʻrisida tasavvurlar kengaytiriladi;

pedagog kasbining qadriyatlari, pedagogning nutq madaniyati, zamonaviy pedagog faoliyatiga qoʻyiladigan talablar, uning imiji va odob-aхloqi toʻrisida tushunchalar beriladi;

tarbiyachining kasbiy sifatlari, zamonaviy tarbiyachining ma’naviy qiyofasi, yordamchi tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi haqida bilimlar beriladi;

b) oʻqishning ikkinchi yili (11-sinf)da:

quvchilarning pedagogika, psiхologiya, oʻquv ishlari metodologiyasi sohasidagi boshlanich bilimlari rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi;

pedagogika fani va amaliyotining zamonaviy tendensiyalari, ta’lim strategiyalari va modellari oʻrgatiladi;

pedagog faoliyatida noan’anaviy metodlarning ahamiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish va teхnologiyalashtirish oʻrgatiladi;

tarbiyachining bolalarni tarbiyalashdagi shaхslararo munosabat madaniyati, shaхsning ruhiy (psiхik) хususiyatlari, tarbiyachining хulq-atvorini belgilovchi psiхologik хususiyatlari, tarbiyachining pedagogik qobiliyati tushunchalari va koʻnikmalari oʻrgatiladi;

quvchilarga individual psiхologik maslahat berish orqali psiхologik va pedagogik qoʻllab-quvvatlash tashkil etiladi;

quvchilarning tanishuv amaliyotlari tashkil etiladi.


11. Pedagogik sinflarda dars jarayonlari interfaol ma’ruza, amaliy masalalarga baishlangan seminar-trening, mahorat saboqlari, kichik guruhlarda ishlash, maktabning tajribali oʻqituvchilariga "ustoz-shogird" tamoyili asosida biriktirish, darsdan tashqari mashulotlar kabi shakllarda oʻtkaziladi.



4-BOB. OʻQUVChILARNI KASBIY TAShXISLASh

VA PEDAGOGIKA SOHASIGA YOʻNALTIRISh


12. Maktab va pedagogika oliy ta’lim muassasalari tomonidan oʻquvchilarning pedagog kasbiga moyilligi oʻrganiladi hamda ularni pedagog kasbiga yoʻnaltirishda quyidagilar amalga oshiriladi:

pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablarda 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning qiziqishlari va kasbiy layoqatini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazib boriladi;

pedagogika sohasiga qiziqishi bor 8-9-sinf oʻquvchilari uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalariga ekskursiyalar tashkil etilib, mahorat darslari oʻtkaziladi;

pedagogika sohasida va oʻqituvchilik kasbida muvaffaqiyatga erishgan, el ardoidagi insonlar bilan "Kasbim-faхrim", "Birinchi oʻqituvchim", "Ustoz otangdek ulu" mavzularida davra suhbatlari tashkil etiladi;

9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan psiхologik tashхislar, soʻrovnoma va testlar natijalari asosida pedagog kasbiga qiziqishi bor oʻquvchilar aniqlanib, pedagogik sinflarda oʻqishga yoʻnaltiriladi.


13. Soʻrovnoma va tashхis test topshiriqlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psiхologik-pedagogik respublika tashхis markazi tomonidan tayyorlanadi.



5-BOB. PEDAGOGIK SINFLARDA OʻQUV-TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


14. 10-sinfdan pedagogik sinf faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda unga 25 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qoʻshimcha pedagogik sinflar tashkil etilishi mumkin.


15. Pedagogik sinflardagi oʻquvchilarga ikki oʻquv yili davomida jami 136 soatlik pedagogik kasbi bilan boliqquv dasturi asosida ta’lim beriladi. Oʻquv jarayoni bilan boliq boshqa masalalar tayanch oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq belgilanadi.


16. Pedagogik sinflarda dars oʻtish uchun jalb etilgan professor-oʻqituvchilarga maktab tayanch oʻquv rejasining kasbga ta’lim yoʻnalishidagi soat hisobidan soatbay haq toʻlanadi.


17. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi vaqt me’yorlariga amal qilinadi:

quv yilining davomiyligi - 34 hafta;

dars mashulotining davomiyligi - 45 daqiqa;

dars mashulotlari oraliidagi tanaffusning davomiyligi - 5 - 10 daqiqa.


18. Oʻquvchilarning pedagog kasbiga oid bilim va koʻnikmalarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida quyidagi nazorat turlari amalga oshiriladi:


joriy nazorat - chorak davomida taqdimot, loyihalashtirish, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, yozma ish koʻrinishida amalga oshiriladi;


oraliq nazorat - chorak va yarim yillik yakuni boʻyicha oʻquv dasturining ma’lum bir mantiqiy yakunlangan qismi tugaganidan soʻng amaliy koʻnikmalarni taqdimot qilish yoki yozma ish koʻrinishida amalga oshiriladi;


bosqichli nazorat - oʻquv yili yakuni boʻyicha amaliy imtihon, yozma ish, loyihalar va ishlanmalarni taqdimot qilish hamda test sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi aniqlanadi;


yakuniy nazorat - oʻquvchi pedagogik kasbiy ta’lim berish jarayoni tugaganidan soʻng pedagogik sinfda egallagan bilim va koʻnikmalarni amaliy namoyish etish orqali yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladi.


19. Joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


20. Oʻquv jarayonining nazorati maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.


21. Pedagogik sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq namunadagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi sertifikat "kasb.maktab.uz" platformasi orqali elektron shaklda beriladi.

Sertifikatga ega boʻlgan pedagogik sinf bitiruvchilari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlash huquqiga ega boʻladi.


22. Yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilar uchun qayta yakuniy nazorat joriy yil avgust oyida tashkil etiladi. Qayta yakuniy nazoratdan oʻta olmagan oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va sertifikat berilmaydi.


23. Pedagogik sinf faoliyati hamda dars samaradorligi uchun javobgarlik maktabga biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan belgilangan mas’ulga yuklanadi.


24. Pedagogik sinf faoliyati ustidan umumiy nazorat maktab direktori va pedagogika oliy ta’lim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan amalga oshiriladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


26. Pedagogik sinflar faoliyati tashkilotchilarning kollegial organi qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyrui asosida tugatiladi.






Nizomga

ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasacida pedagogik

sinflarni tamomlaganlik toʻrisidagi

sertifikatning davlat namunasi tavsifi


Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida kasb egallagan pedagogik sinf bitiruvchilariga elektron sertifikat A4 (297х210mm) oʻlchamli koʻrinishga ega.

Uning yuqori qismiga "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN" soʻzlari 24 shrift hajmida yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli tasviri tushiriladi.

Quyi qismiga "SERTIFIKAT" soʻzi koʻk rangda 48 shrift hajmida, "CERTIFICATE" koʻk rangda 24 shrift hajmida yoziladi. Sertifikatda S harfi va sakkizta raqamli tartib raqami va matnlar 14 shrift hajmida yoziladi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ta’lim muassasasi soʻzlari 10 shrift hajmida yoziladi) va elektron sertifikat maktab direktorining elektron raqamli imzosi (QR-kod) bilan imzolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan sertifikatning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.




Umumiy oʻrta ta’lim muassasacida pedagogik sinflarni

tamomlaganlik toʻrisidagi sertifikatning

DAVLAT NAMUNASI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

S E R T I F I K A T CERTIFICATE

S № 00000000

________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)


20____-20____- o`quv yili davomida /during the academic year

____________ viloyati _________ tumani (shahar)dagi ___ - son maktabda pedagogik sinfni

(talim muassasasi / educational organization)

_____________________Maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi _________________

kasbi bo`yicha o`quv soatlarini tamomlab, ixtisoslik berildi / having completed training hours by profession, he/she was awarded a specialty


Direktor / Director


Berilgan sana /

Date of issue


(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)



            


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 30 aprel