Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 y. 263-son "Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.05.2024 y.

N 263




SIFATLI TA’LIMNI TA’MINLAShDA

IJOBIY NATIJALAR KOʻRSATAYoTGAN UMUMIY

OʻRTA TA’LIM MAKTABLARI RAHBARIYaTI

HAMDA OʻQITUVChILARIGA USTAMA

BERISh TARTIBINI JORIY ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim sifati koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, solom ma’naviy muhit yaratilgan, tashkiliy ishlarda namuna koʻrsatgan, shuningdek oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini samarali tashkil etgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining rahbariyati hamda oʻqituvchilarini rabatlantirish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan:

umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;

yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat byudjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibini joriy qilish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta ta’lim maktablarining har biriga 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi;

rahbariyati va oʻqituvchilari rabatlantirishga tavsiya etilgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari roʻyхati har oʻquv yili yakunida e’lon qilinadi hamda keyingi bir oʻquv yili davomida ushbu maktabning oʻqituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda oʻqituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi;

ushbu qarorning ijrosi uchun talab etiladigan mablalar 2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi, 2025 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


3. Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 7 may