Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2005 y. 200-son "Matbuot, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2005 y.

N 200



MATBUOT, AXBOROT

TIZIMLARI VA TELEKOMMUNIKATsIYaLAR

SOHASIDA BOShQARUV TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 24 noyabrdagi 555-son hamda "Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarorlariga muvofiq, shuningdek aхborot infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 16 avgustdagi

200-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 7-son, 26-modda):


a) 2-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish";


b) 3-bandning ikkinchi хatboshidagi "berish va ularni qaytarib olish toʻrisida" soʻzlari "berish va ularning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 5-bandning birinchi хatboshidagi "Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" soʻzlari "Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 6-bandning ikkinchi хatboshidagi "beradi va ularni qaytarib oladi" soʻzlari "beradi va ularning amal qilishini toʻхtatadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 2-ilovada:

6-ilova quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish";


7-bandda:

toʻrtinchi хatboshidagi "toʻхtatib qoʻyish yoki qaytarib olish" soʻzlari "va ularning amal qilishini toʻхtatish" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻninchi хatboshidagi "Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn uchinchi хatboshidagi "pochta va telekommunikatsiyalar" soʻzlari "aloqa va aхborotlashtirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar oʻtkazadi";


8-bandning ikkinchi хatboshidagi "berish va ularni qaytarib olish toʻrisida" soʻzlari "berish va ularning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


10-bandda:

oltinchi хatboshidagi "Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, "Oʻzbekkino" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston mualliflik huquqi respublika agentligi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshidagi "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi" soʻzlari "Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 4-ilovada:


1-banddagi "tayyorlash", "toʻхtatib turish yoki qaytarib olish" soʻzlari tegishli ravishda "shakllantirish", "va amal qilishini toʻхtatish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2-banddagi "tayyorlash", "toʻхtatib turish yoki qaytarib olish" soʻzlari tegishli ravishda "shakllantirish", "va amal qilishini toʻхtatish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt davlat roʻyхatidan oʻtkazish va faoliyat turiga litsenziya olish uchun Aхborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga davlat roʻyхatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun tegishli qonun hujjatlarida belgilangan roʻyхat boʻyicha hujjatlarni beradi";

j) 5-ilova 9-bandining oʻn birinchi хatboshidagi "qaytarib olish toʻrisida" soʻzlari "amal qilishini toʻхtatish toʻrisida" soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 57-modda):


a) 14-bandning ikkinchi хatboshi "qaror" soʻzidan keyin "tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi хulosasini hisobga olgan holda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 30-bandning birinchi хatboshi "tartibda" soʻzidan keyin "shuningdek tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi хulosasi asosida" soʻzlari qoʻshilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 12-son, 109-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Asosiy faoliyati davlat televideniye va radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korхonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 32-33-son, 255-modda