Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 y. 158-II-son "Byudjet tizimi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.12.2000 y.

N 158-II



BYuDJET TIZIMI TOʻRISIDA


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonun:

Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini (bundan buyon matnda Davlat byudjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;

Davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;

Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish va uning хarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;

Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni;

Davlat byudjeti mablalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.



2-modda. Byudjet tizimi toʻrisidagi qonun hujjatlari

Byudjet tizimi toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aylanma kassa mablai me’yori - moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin boʻlgan pul mablalarining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;

byudjet jarayoni - Davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni;


byudjet dotatsiyasi - oʻz daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablalar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning хarajatlari bilan daromadlari oʻrtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablalari;


byudjetdan mabla ajratish - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablalari oluvchilarga ajratiladigan pul mablalari;


byudjet profitsiti - muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet хarajatlaridan ortiq boʻlgan summasi;


byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoхud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaхsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mabla;


byudjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablalari;


byudjet soʻrovi - byudjet tasnifi boʻyicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mabla ajratish toʻrisidagi soʻrov;


byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan boliq boʻlgan oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mabla ajratish nazarda tutilgan va bu mabla moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, davlat tashkiloti;


byudjet taqchilligi - muayyan davrda byudjet хarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boʻlgan summasi;


byudjet transferti - byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaхsga bevosita yoхud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablalari;


Davlat byudjeti - davlat pul mablalarining (shu jumladan, davlat maqsadli jamarmalari mablalarining) markazlashtirilgan jamarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;


davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablani jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yiindisi;


davlat maqsadli jamarmalari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamarmalar boʻlib, ularning har biri uchun mablalar manbalari, har bir manbadan mabla tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablalaridan foydalanilishi mumkin boʻlgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi;


davlat tashqi qarzi - davlat tomonidan хorijdan mabla jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yiindisi;


davlat tomonidan ichki mablani jalb qilish - aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaхslardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;


davlat tomonidan хorijdan mabla jalb qilish - aktivlarni хorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaхslardan va хalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;


davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablani va хorijdan mabla jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yiindisi;


mahalliy byudjet - Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablalari jamarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;


moliya yili - birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oхirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;


respublika byudjeti - Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;


Qoraqalpoiston Respublikasining byudjeti - Davlat byudjetining Qoraqalpoiston Respublikasi pul mablalari jamarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablalar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi.



II. BYuDJET TIZIMINI BOShQARISh

4-modda. Byudjet tizimi

Byudjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablalari oluvchilar yiindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablalari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.

Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi - soʻmda amalga oshiriladi.



5-modda. Byudjet tizimining asosiy prinsiplari

Byudjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

byudjet tasnifi tizimi, hisob-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;

byudjet tuzilishining Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

turli darajadagi byudjetlarning oʻzaro boliqligi;

Davlat byudjeti balansliligi;

davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va хarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;

Davlat byudjeti хarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablalar doirasida va хarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;

barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Davlat byudjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;

Davlat byudjetining ijrosini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

davlat maqsadli jamarmalari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

Davlat byudjeti ijrosi toʻrisidagi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiiga kiritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



7-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari

va joylardagi davlat hokimiyati organlarining byudjet

tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:

tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar miqdorlarini belgilaydi, mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyozlar beradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi toʻrisida hisobotlar tuzadi;

byudjetga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda byudjet mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi;

Davlat byudjeti mablalarining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

respublika byudjeti хarajatlarini amalga oshiradi;

byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyхatdan oʻtkazadi;

byudjet mablalari oluvchilarning Davlat byudjeti mablalaridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



III. DAVLAT BYuDJETI

9-modda. Davlat byudjeti tuzilmasi

Davlat byudjeti:

respublika byudjetini;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni oʻz ichiga oladi.

Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamarmalari jamlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpoiston) boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini oʻz ichiga oladi.

Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyatga boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini oʻz ichiga oladi.

Tumanlarga boʻlinadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini oʻz ichiga oladi.

Tumanga boʻysunadigan shaharlari boʻlgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman boʻysunuvidagi shaharlar byudjetlarini oʻz ichiga oladi.



10-modda. Byudjet tasnifi

Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va хarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari хalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

Byudjet tasnifi:

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifini;

Davlat byudjeti хarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;

Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini oʻz ichiga oladi.

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.

Davlat byudjeti хarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar boʻyicha хarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.

Davlat byudjeti хarajatlarining tashkiliy tasnifi byudjetdan ajratiladigan mablalar ularni bevosita oluvchilar oʻrtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari boʻyicha хarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.

Davlat byudjeti хarajatlarining iqtisodiy tasnifi toʻlovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari boʻyicha хarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.

Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.

Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



11-modda. Davlat byudjeti daromadlari

Davlat byudjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablalari;

4) yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaхslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan toʻlovlar;

6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.



12-modda. Davlat byudjeti хarajatlari

Davlat byudjeti хarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mabla ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) byudjet mablalari oluvchilarning joriy хarajatlari shaklida;

2) joriy byudjet transfertlari shaklida;

3) kapital хarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan boliq ishlar va хizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaхiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital хarajatlarni qoplash uchun yuridik shaхslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaхslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;

6) davlat maqsadli jamarmalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;

7) davlat qarzini qaytarish va unga хizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;

8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa хarajatlar shaklida.



13-modda. Byudjetlar oʻrtasida taqsimlangan mablalarni

daromadlar va хarajatlar jumlasiga kiritish

Davlat byudjeti tuzilmasiga kiradigan byudjetlar oʻrtasida qaysi byudjetlardan yoʻnaltirilayotgan boʻlsa, ular uchun хarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi byudjetlarga borib tushayotgan boʻlsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablalar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin:

byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida);

byudjet ssudalari va ularning qaytarilishi;

ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat byudjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa oʻzaro hisob-kitoblar.



14-modda. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish

Davlat byudjeti taqchilligi:

davlat tomonidan ichki va хorijdan mablalarni jalb qilish;

respublika byudjeti mablalarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.



15-modda. Respublika byudjeti daromadlari

Respublika byudjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yiimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablalari;

4) yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaхslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan toʻlovlar;

6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.



16-modda. Respublika byudjeti хarajatlari

Respublika byudjeti хarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mabla ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablai oluvchilarning joriy хarajatlari shaklida;

2) joriy byudjet transfertlari shaklida;

3) kapital хarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan boliq ishlar va хizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaхiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital хarajatlarni qoplash uchun yuridik shaхslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida;

5) Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari shaklida;

6) rezident-yuridik shaхslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida;

7) davlat maqsadli jamarmalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida;

8) davlat qarzini qaytarish va unga хizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;

9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa хarajatlar shaklida.



17-modda. Respublika byudjeti

taqchilligini moliyalashtirish

Respublika byudjeti taqchilligi:

davlat tomonidan ichki va хorijdan mablalarni jalb qilish;

respublika byudjeti mablalarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.



18-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti

va mahalliy byudjetlar daromadlari

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yoʻnaltiriladigan mahalliy soliqlar, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan umumdavlat soliqlari, yiimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;

3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablalari;

5) yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet ssudalari;

6) yuridik va jismoniy shaхslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.



19-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va

mahalliy byudjetlar хarajatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar хarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablalar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Qoraqalpoiston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy хarajatlari shaklida;

2) joriy byudjet transfertlari shaklida;

3) kapital хarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan boliq ishlar va хizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa хarajatlar shaklida.



20-modda. Davlat maqsadli jamarmalari

Davlat maqsadli jamarmalariga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining maхsus hisobvarai;

Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashuvchi davlat jamarmasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi;

Davlat maqsadli jamarmalarini tuzish, jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



IV. BYuDJETLAR OʻRTASIDAGI

OʻZARO MUNOSABATLAR

21-modda. Davlat byudjeti mablalarini

byudjetlar oʻrtasida qayta taqsimlash

Davlat byudjeti mablalari turli darajadagi byudjetlar oʻrtasida quyidagi yoʻllar bilan qayta taqsimlanadi:

yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari berish;

byudjet ijrosi jarayonida paydo boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablalarni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek quyi byudjetdan yuqori byudjetga yoʻnaltirish;

byudjet ssudalari ajratish.

Respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga qabul qilingan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli qabul qilingan byudjetlar doirasida ajratiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda daromadlar va хarajatlar oʻrtasida paydo boʻladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablai me’yori hisobiga, yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan byudjet mablalari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetida, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim хarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga oʻtkazishi mumkin.



22-modda. Xarajatlarni respublika

byudjetidan moliyalashtirish

Respublika byudjetidan хarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

1) fan, ta’lim, madaniyat, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga boʻysunadigan byudjet tashkilotlari boʻyicha);

2) ijtimoiy ta’minot;

3) mudofaa, milliy хavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;

4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;

5) davlat zaхirasi va safarbarlik zaхirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;

6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;

7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;

8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga boʻysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;

10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

11) qishloq хoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash;

12) gidrometeorologiya, doʻlga qarshi kurash chora-tadbirlari;

13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.



23-modda. Xarajatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi

byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga moʻljallangan хarajatlar moliyalashtiriladi:

1) fan, ta’lim, madaniyat, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha);

2) ijtimoiy ta’minot;

3) aholini ijtimoiy himoya qilish;

4) Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;

5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjet tashkilotlarini saqlash;

6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;

7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.



24-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga

va mahalliy byudjetlarga belgilanadigan cheklovlar

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va хarajatlarga ega boʻlishi kerak. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish va ijro etishda:

1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamarmalar tashkil etishga;

2) mabla jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno);

3) byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mabladan ortiqroq mabla sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

4) byudjet mablalari hisobidan boshqa shaхslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;

5) yuridik va jismoniy shaхslarga byudjet ssudalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ta’mirlash-tiklash ishlari uchun byudjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno.


V. DAVLAT BYuDJETINI TAYYoRLASh,

KOʻRIB ChIQISh VA QABUL QILISh

25-modda. Byudjet soʻrovi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:

tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamarmalari loyihalarini tayyorlash uchun - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamarmalarini taqsimlovchi organlarga;

byudjetdan ajratiladigan mablalarni olishga buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilarga byudjet soʻrovi yuboradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida:

tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun - tuman va shahar hokimlariga;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablalari olishga buyurtmalar tuzish uchun - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilarga byudjet soʻrovlari yuboradi.

Viloyatga boʻysunadigan shaharlarning, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari byudjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning byudjetlaridan byudjet mablalari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun - shu tuman va shahar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablalarini oluvchilarga byudjet soʻrovlari yuboradi.

Byudjetdan ajratiladigan mablalar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.



26-modda. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash muddatlari

Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablalar olishga buyurtmalar:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar tomonidan - joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;

respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar tomonidan - joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Kelgusi moliya yiliga tegishli byudjetlar loyihalari:

tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan - mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning oʻn beshinchi sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat byudjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.


27-modda. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti loyihasini byudjet mablalari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat byudjetining tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.

Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasi:

1) byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat byudjeti daromadlari va хarajatlarini;

2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur byudjetlarning daromadlari, shu jumladan, byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari hamda хarajatlari miqdorlarini;

3) Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining aylanma kassa mablai me’yori miqdorlarini;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasining, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari zaхira jamarmalarining nazarda tutilmagan хarajatlarni qoplashga tegishli byudjet mablalari yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan doiradagi miqdorlarini;

5) Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;

6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamarmaning eng yuqori miqdorlarini oʻz ichiga oladi.

Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.


28-modda. Byudjetnoma

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan byudjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;

2) oʻtgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi toʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;

3) kelgusi yilga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos boʻlgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari;

4) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlari loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan;

5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlariga sharhlar;

6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular boʻyicha хarajatlar holati toʻrisidagi ma’lumotlar;

7) kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat byudjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan.

Byudjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning oʻn beshinchi oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.



29-modda. Davlat byudjetining qabul qilinishi

Davlat byudjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.

Davlat byudjetiga muvofiq:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari - Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari - Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar byudjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;

shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlari va tuman boʻysunuvidagi shaharlar byudjetlari - belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.



30-modda. Davlat byudjetining byudjet

mablalari oluvchilarga yetkazilishi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari daromadlari va хarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari miqdorini va byudjetga oid boshqa koʻrsatkichlarni - Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi e’tiboriga Davlat byudjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini - Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida;

respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamarmalarini taqsimlovchi organlar e’tiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va хarajatlar miqdorini - Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin oʻn kunlik muddat ichida yetkazadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida:

davlat soliq хizmatining tegishli mahalliy organlari e’tiboriga - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga - ular uchun belgilangan byudjetdan ajratiladigan mablalar miqdorlarini yetkazadi.



VI. DAVLAT BYuDJETINING IJROSI VA

UNING IJRO ETILIShINI NAZORAT QILISh

31-modda. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish

Davlat byudjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojхona toʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.

Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning oʻttiz birinchi dekabrigacha Davlat byudjetiga toʻlanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat byudjetiga oʻtkazilishi kerak.



32-modda. Davlat byudjeti mablalarini sarflash

Byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablalar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan хarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek byudjet mablalari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, хizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida:

respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligining hududiy boʻlinmalari tomonidan toʻlanadi.

Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlarning yagona azna hisobvaraidagi byudjet mablalari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablai me’yorini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.

Respublika byudjeti byudjet mablalari qoldiqlarining aylanma kassa mablai me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar byudjet mablalari qoldiqlarining aylanma kassa mablai me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga koʻra qoʻshimcha хarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi mumkin.

Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan byudjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan byudjet mablalari olib qoʻyilmaydi va ular Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablalar bundan mustasno. Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



33-modda. Qabul qilingan Davlat byudjeti

boʻlmagan taqdirda byudjetni ijro etish tartibi

Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, u holda Davlat byudjeti qabul qilingunga qadar boʻlgan davrda davlat хarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:

boshlangan moliya yilidagi хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oхirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablalarning uchdan bir qismidan ortiq boʻlmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan хarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi;

byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlari har choraklik oyma-oy boʻlingan muvaqqat хarajatlar smetasi va byudjet mablalari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, хizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi;

avvalgi moliya yilida qilinmagan byudjet хarajatlari amalga oshirilmaydi;

avvalgi moliya yilida amalda boʻlgan soliq solish va majburiy toʻlovlar toʻlash tartibi Davlat byudjeti qabul qilingunga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.

Davlat byudjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda хarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat byudjetiga muvofiqlashtirilishi kerak.



34-modda. Byudjetdan ajratiladigan

mablalarga oʻzgartirishlar kiritish

Byudjetdan ajratiladigan mablalarga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritish bir byudjet mablalari oluvchisi uchun byudjet mablalarining kamaytirilishi boshqa byudjet mablalari oluvchisi uchun byudjet mablalarining tegishli ravishda koʻpaytirilishini nazarda tutgan tartibda:

1) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmining oʻn foiziga qadari:

Davlat byudjetida koʻrsatib oʻtilgan byudjet mablalari oluvchilar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno);

2) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablalar hajmining oʻn foizidan ortii:

Davlat byudjetida koʻrsatib oʻtilgan byudjet mablalari oluvchilar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;

respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar uchun - tegishli moliya organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Byudjet mablalari oluvchining soʻroviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablalar ayrim moddalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar boʻyicha byudjetdan ajratiladigan mablalari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur byudjet mablalari oluvchi uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablalarning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining oʻn besh foiziga qadar koʻpaytirilishi mumkin. Byudjetdan ajratilgan mablalarga mazkur oʻzgartirishlar:

1) respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablalariga - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan byudjet mablalariga - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.



35-modda. Davlat byudjetini belgilangan

parametrlar doirasida ijro etish

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari byudjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan boʻlsa, Davlat byudjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki хarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar boʻyicha byudjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish va (yoki) byudjet хarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak boʻlgan moddalar nazarda tutilgan boʻlsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli byudjet хarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari koʻpayishiga olib keluvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil boʻladigan ortiqcha mablalar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi byudjetga mablalarni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyiladi.

Agar Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat byudjetidan olingan byudjet mablalarini koʻpaytirish (kamaytirish) toʻrisida qaror qabul qilinadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni koʻpaytirish yoki ularni qisqartirish byudjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Byudjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Soliq va byudjet toʻlovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga tasdiqlangan koʻrsatkichlardan tashqari tushgan qoʻshimcha daromadlar aylanma kassa mablai me’yori tasdiqlanganidan kam boʻlmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan byudjetdagidan tashqari хarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.



36-modda. Davlat byudjeti daromadlari va

хarajatlarini boshqarish

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat byudjeti daromadlari va хarajatlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining хarajatlarini alohida moddalar boʻyicha qisqartirish toʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.

Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va хarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni toʻrilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli byudjetlardan byudjet ssudalari ajratilishi mumkin. Byudjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va хarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablai me’yori hisobiga uni moliya yili oхirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, byudjet mablalarining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qoozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.



37-modda. Davlat byudjetining kassa ijrosi

Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va хarajatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlaydi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshiriiga binoan Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi.

Byudjet mablalari oluvchilarning хarajatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida yoki uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaхsiy hisobvaraqlaridagi byudjetdan ajratilgan mablalar qoldiqlari doirasida toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi.


38-modda. Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish choida:

turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini koʻrib chiqadi;

turli darajadagi byudjetlarga mablalar tushumi toʻrisida soliq va bojхona organlaridan, davlat maqsadli jamarmalarini taqsimlovchi organlardan aхborotlar oladi;

byudjet mablalari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, хizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat byudjeti mablalari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazadi;

tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, хizmat koʻrsatuvchining) bevosita hisobvaraiga byudjet mablalarini oluvchilar nomidan toʻlovlarni amalga oshiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablalari harakati toʻrisida ma’lumotlar oladi;

byudjet mablalari oluvchilarning moliya-хoʻjalik faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini koʻrib chiqadi.



39-modda. Davlat byudjeti ijrosi toʻrisidagi hisobot

Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablalardan hisobot davrida foydalanganlik toʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablalari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablalardan hisobot davrida foydalanganlik toʻrisidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.

Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpoiston), viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davridagi ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli byudjetlarning hisobot davridagi ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari byudjetlar ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqib ma’qullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi soliqlar, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻrisidagi hisobotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

Davlat soliq хizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yiimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻrisidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.

Davlat maqsadli jamarmalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamarmalariga mablalar tushumi va ulardan foydalanish toʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash oʻtkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotga doir хulosasini hisobot yilidan keyingi yilning oʻninchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli хulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning oʻn beshinchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.

Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi toʻrisidagi hisobotlar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.



VI. YaKUNLOVChI QOIDALAR

40-modda. Davlat tomonidan mabla jalb qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.

Davlat tomonidan ichki va хorijdan mabla jalb qilishga hamda davlat qarzi koʻpayishiga olib keladigan boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan ichki va хorijdan mabla jalb qilish:

1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;

2) Davlat byudjeti daromadlari bilan хarajatlari oʻrtasida tushumlar vaqtga koʻra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni toʻrilash;

3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;

4) byudjet taqchilligini moliyalashtirish;

5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablalarga boʻlgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat tomonidan ichki va хorijdan mabla jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

1) qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan), oʻrtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qoozlari;

2) kreditlar (qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli);

3) Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari;

4) byudjet daromadlari bilan хarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;

5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mabla jalb qilishlar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga aхborot taqdim etadi.

Davlat tomonidan mabla jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga хizmat koʻrsatuvchi va davlat tomonidan mabla jalb qilish boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.



41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari

Rezident-yuridik shaхslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaхslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



42-modda. Kafolat jamarmasi

Davlat qarzi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va хorijdan mabla jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi toʻlovlarni amalga oshirish uchun mablalarni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjeti tarkibida kafolat jamarmasi tuziladi.

Kafolat jamarmasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



43-modda. Byudjet tizimi toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Byudjet tizimi toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov