2025 yil ishlab chiqarish taqvimi: I chorakdagi ish kunlari va bayram kunlari

preview

2025 yil uchun ishlab chiqarish kalendari Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan. 2025 yil uchun Oʻzbekistonda butun yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilovchi Prezident farmoni qabul qilinmadi. Bu ishlab chiqarish kalendari Mehnat kodeksi normalari asosida tuzilganini va rasmiy qarorlar qabul qilinishiga qarab yangilanib borishini anglatadi.

 

Yanvar oyi uchun ma’lumotlar Prezidentning «Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq yangilangan .

Bayramlar va ish kunlarini koʻchirish bilan bogʻliq barcha oʻzgartirishlarni kalendar dolzarbligini yoʻqotmasligi uchun unga oʻz vaqtida kiritamiz. 2025 yilda Oʻzbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi. 2025 yilda Oʻzbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi.

Ushbu materialda:

  •  ish kunlari soni va ish vaqti normalari:

2025 yil yanvarda;
2025 yil fevralda;
2025 yil martda;

Barcha yangiliklardan boхabar boʻlish uchun telegram kanalimizga obuna boʻling va birinchi boʻlib dolzarb aхborotga ega boʻling!

    

 Yanvar

Jami kunlar: 31

Ish kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 22;
  • 6 kunlik ish haftasida – 25.

Dam olish va bayram kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 9;
  • 6 kunlik ish haftasida – 6.

2025 yil 1 yanvar, chorshanba, – ishlanmaydigan bayram kuni .

2025 yil 2 yanvar, payshanba 

– 6 kunlik ish haftasida хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
– 5 kunlik ish haftasi uchun keyinchalik shanba 4 yanvarda ishlab beriladigan dam olish kuni (ish kunini koʻchirish).

2025 yil yanvardagi ish soatlari normasi:

  • 5 kunlik 40 soatli ish haftasi: 176 s.;
  • 6 kunlik 40 soatli ish haftasi: 167 s.;
  • 6 kunlik 36 soatli ish haftasi: 150 s.

 

2025 yil yanvar oyi uchun kalendar sahifasini yuklab olish

 

  

   Fevral

Jami kunlar: 28

Ish kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 20;
  • 6 kunlik ish haftasida – 24.

Dam olish kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 8;
  • 6 kunlik ish haftasida – 4.

2025 yil fevraldagi ish soatlari normasi:

  • 5 kunlik 40 soatli ish haftasi: 160 s.;
  • 6 kunlik 40 soatli ish haftasi: 160 s.;
  • 6 kunlik 36 soatli ish haftasi: 144 s.

 

2025 yil fevral oyi uchun kalendar sahifasini yuklab olish

 

    

Mart

Jami kunlar: 31

Ish kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 18;
  • 6 kunlik ish haftasida – 23.

Dam olish va bayram kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 13;
  • 6 kunlik ish haftasida – 8.

2025 yil 8 mart, shanba, – barcha uchun ishlanmaydigan bayram kuni . Bu kun 5 kunlik ish haftasida хodimlar uchun dam olish kuniga toʻgʻri kelishi bois ular qoʻshimcha ravishda 10 mart, dushanba kuni dam oladilar .

2025 yil 21 mart, juma, – Navroʻz, barcha uchun ishlanmaydigan bayram kuni.

22 mart – 5 kunlik ish haftasida хodimlar uchun dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasida хodimlar uchun ish kuni.

2025 yilda Oʻzbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, u bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi . Shu munosabat bilan 31 mart – barcha uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kun. 29 mart – 6 kunlik ish haftasi belgilangan хodimlar uchun bayramoldi qisqartirilgan ish kun.

 

2025 yil martdagi ish soatlari normasi:

  • 5 kunlik 40 soatli ish haftasi: 142 s.;
  • 6 kunlik 40 soatli ish haftasi: 150 s.;
  • 6 kunlik 36 soatli ish haftasi: 135 s.

 

2025 yil mart oyi uchun kalendar sahifasini yuklab olish

 

2025 yil I chorakdagi ish kunlari va ish soatlari yigʻma jadvali

Ish haftasi

Yanvar

Fevral

Mart

I kvartal

Ish vaqti davomiyligi

5 kunlik 40 soatli ish haftasi

176

160

142

478

6 kunlik 40 soatli ish haftasi

167

160

150

477

6 kunlik 36 soatli ish haftasi

150

144

135

429

Ish kunlari soni

5 kunlik ish haftasi

22

20

18

60

6 kunlik ish haftasi

25

24

23

72

 

2025 yilda Oʻzbekistondagi barcha bayram sanalari

2025 yildagi ishlanmaydigan bayram kunlari:

  • 1 yanvar – Yangi yil;
  • 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
  • 21 mart – Navroʻz bayrami;
  • 30 mart – «Roʻza hayit» (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
  • 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
  • 7 iyun – «Qurbon hayit» (Iyd-al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni;
  • 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
  • 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

 8 mart va 7 iyundagi bayramlar 5 kunlik ish haftasi uchun dam olish kuniga toʻgʻri keladi. Dam olish kuni bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, u bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi .

 

 

 

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Oʻzbekistonda ish vaqti - ish vaqti me’yorlari, ish vaqti turlari ish vaqti, oʻzbekistonda ish vaqti, ish vaqtini hisobga olish, ish vaqtini hisoblash, ish vaqti me’yorlari Oʻzbekistonda ish vaqti. Oʻzbekistondagi ish vaqti me’yorlari bilan kadrovik.uz saytida tanishishingiz mumkin. Bu erda ish soatlarining turlari mavjud. 2024 yilda ish vaqtini hisoblash, shuningdek, ish vaqtini qanday qilib toʻgʻri yozishni bilib olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text206029_2025_yil_ishlab_chiqarish_taqvimi_i_chorakdagi_ish_kunlari_va_bayram_kunlari