Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.03.2000 y. 89-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleks kotibiyati tarkibiga qoʻshimcha lavozimlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.03.2000 y.

N 89




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING IJTIMOIY KOMPLEKS

KOTIBIYaTI TARKIBIGA QOʻShIMChA

LAVOZIMLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni hamda bu boradagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va muhim ahamiyatga ega ijtimoiy dasturlar monitoringini amalga oshirish, ularning oʻz vaqtida va yuqori saviyada bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari  Ijtimoiy kompleks rahbari kotibiyati хodimlarining soni ikki nafarga oshirilsin va kotibiyat tarkibiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:

Bosh mutaхassis   -

Ma’rifiy va mafkuraviy taribot ishlarini muvofiqlashtirish kengashining mas’ul kotibi

Bosh mutaхassis   -

Muhim ijtimoiy dasturlar monitoringini amalga oshirish boʻyicha mas’ul

2. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 56-son qarorining 9-ilovasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri                         Oʻ. Sultonov