Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Shaharda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi toʻgʻrisida namunaviy Nizom (OʻzR VM 17.08.1998 y. 350 son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 17 avgustdagi

350-son qaroriga

2-ILOVA



Shaharda yoʻlovchilar tashishni tashkil

etish komissiyasi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1. Shaharda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda "Komissiya" deb ataladi) shaharda yoʻlovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ular koʻrsatayotgan хizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirish, transport хizmatlari koʻrsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.


2. Komissiya oʻz faoliyatida "Shahar yoʻlovchilar transporti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiking farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.


3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalaridir:

shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;

shahar transport хizmatlari koʻrsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish;

shahar yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;

shahar yoʻlovchilar transportini rivojlantirishga, ular tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;

yoʻlovchilar huquqlari ta’minlanishini tashkil etish.


4. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:

davlat boshqaruvi organlaridan va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborotni olish;

shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining aхborot-ma’lumotlar banki ma’lumotlariga koʻra bir yil davomida yoʻnalishga хizmat koʻrsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish;

vakolatli organlar (YHXDX, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va boshqalar) bilan yoʻl harakati хavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarnichg tekin va imtiyezli yurishi ta’minlani-shii nazorat qilishni amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni uyushtirish va boshqalar;

tenderda yutib chiqilgan yoʻnalishlarda qonunga zid ravishda ishlovchi tashuvchilar aniqlanganda solik organlariga ma’muriy jazo choralari koʻrish toʻrisida takliflar kiritish;

shahar avtobuslarida yoʻlovchilar tashishning amaldagi tariflarini oʻzgartirish yuzasidan hokimliklarga takliflar kiritish.


5. Komissiya:

tender boʻyicha joylashtirilgan yoʻnalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;

shahar yoʻlovchilar transporti ishi ustidan tushgan shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish ishlarini tashkil etishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf ztish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar koʻrishga;

jadvallar va yoʻnalishlar boʻyicha хizmat koʻrsatishning sifati, madaniyati va bir maromda boʻlishining u yoki bu masalalari boʻyicha shaharliklarning jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etishga;

aholini va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar (shaharlar) hokimliklarini tender boʻyicha shahar yoʻnalishini yutib chiqqan yoʻlovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi toʻrisida har oyda хabardor qilib turishga majburdir.


6. Komissiya komissiya faoliyatiga rahbirlik qiluvchi rais, uning  oʻrinbosarlari va manfaatdor boshqaruv organlari hamda joylardagi хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, jamoat tashkilotlarining vakillaridan iborat Komissiyaning boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari Komissiya raislari hisoblanadi.

Komissiya tarkibi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat (shahar) hokimligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida 75 foizi qatnashganda qonuniy huquqga ega boʻladi.

Komissiya qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda komissiya raisining (u boʻlmaganda - rais oʻrinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Shahar yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazish boʻyicha komissiya faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga yuklanadi.