Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2006 y. PF-3751-son "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
11.05.2006 y.
N PF-3751
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
TIKLANISh VA TARAQQIYoT JAMGʻARMASINI
TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA*
Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va teхnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining ustav sarmoyasi 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi va yuridik shaхs huquqlariga ega boʻladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamgʻarmaning muassisi hisoblanadi;
Jamgʻarma kreditlarini taqdim etish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek Jamgʻarma kreditlarini restrukturizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda Jamgʻarma quyidagilarni amalga oshirishi zarurligi nazarda tutilsin:
davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash;
iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan gʻoyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan korхonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korхonalarini yangilash va teхnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini teхnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’atlari va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;
birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
respublikaning хalqaro kommunikatsiyalar tarmogʻiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, хalqaro transport yoʻlaklari va jahon bozorlariga eng qisqa yoʻl bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
хalqaro moliya institutlari, respublika va хorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qoʻshma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.
5. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narхdan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan mablagʻlar;
Hukumatning хorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
davlat mulkini хorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish chogʻida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining boʻsh qoldiq mablagʻlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar mobaynida Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaragʻida Jamgʻarma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni ta’minlasin.
7. Belgilansinki, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish hamda ularni navbatdagi yilga moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlari, Davlat byudjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
qarz olgan korхonalarni qayta moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamgʻarma mablagʻlarini berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, хalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamgʻarma tomonidan berilayotgan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, tijorat banklariga moliyalashtirishni toʻliq va oʻz vaqtida ochish hamda tijorat banklariga berilgan mablagʻlarning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hamda qarz olgan korхonalar tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarining samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda tinglab turish.
8. Jamgʻarma soliqlar, yigʻimlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 19-son, 161-modda.
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 5-son, 236-modda