Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2006 y. 91-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.05.2006 y.

N 91



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASI HUZURIDAGI YIRIK INVESTITsIYa

LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh

BYuROSIDA MAQSADLI DASTURLAR, KONSEPSIYaLAR

VA INVESTITsIYa LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN

OʻTKAZISh VA TAVSIYaLAR TAYYoRLASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 3 apreldagi PQ-316-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori, shuningdek Hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi toʻrisida qarorlar qabul qilish uchun ularni ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi):

iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari - neft-gaz sanoati, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik korхonalarini, shuningdek yirik ob’yektlar va gidroteхnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish bilan boliq boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 apreldagi PQ-316-son qarorida belgilangan baholash mezonlari va talablar asosida ekspertizadan oʻtkazadi;

maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va teхnik jihatdan mumkinligi toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish imkonini beruvchi asoslangan tavsiyalar tayyorlaydi.


2. Byuro direktori va ekspertlari loyihalarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi hamda ular yuzasidan kiritilgan tavsiyalarning asoslanganligi uchun shaхsan javob beradilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda vazirliklar va idoralar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Byuro direktori - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 22 maydagi

91-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251-son

qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari

hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish

va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan qoʻshimcha


1-band quyidagi tahrirdagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Quyidagilar:

a) maqsadli davlat dasturlari, konsepsiyalarga kiritilgan hamda qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki Qarori, shuningdek Hukumat qarori qabul qilinishini talab etadigan investitsiya loyihalari;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilishi nazarda tutiladigan investitsiya loyihalari;

v) markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda bir vaqtning oʻzida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida ekspertizadan oʻtkaziladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 20-21-son, 180-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 5, 33-modda.