Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2006 y. PQ-350-son "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.05.2006 y.

N PQ-350


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TIKLANISh VA TARAQQIYoT JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 11 maydagi PF-3751-sonli Farmoniga muvofiq hamda ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar belgilansin:

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamarma ijroiya organi va uning mablalarini tasarruf etuvchi hisoblanadi;

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha tavsiyanomalar berilishi uchun mas’ul boʻlgan ekspert guruhi tashkil qilinadi;

Jamarmaning ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi, maqomi boʻyicha esa Vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan хarajatlar smetasi asosida Jamarma mablalari hisobidan ta’minlanadi.


2. Quyidagilar:

boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 32 nafardan iborat boʻlgan Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, quyidagilar har oyda Jamarma hisobiga oʻtkazib turiladi:

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narхdan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan mablalar;

davlat mulkini хorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablalar;

Jamarmaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamarma mablalarining boʻsh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.

4. Quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari uning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida хorijiy valyutada shakllantiriladi;

Jamarma tijorat banklarni moliyalashtirishni taklif etiladigan investitsiya loyihalari hamda ochiladigan kredit liniyalarining samaradorligi va oʻzini qoplash muddatlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish shartlari va Jamarma mablalarini qaytarish meхanizmi toʻrisida imzolanadigan bosh bitimlar asosida amalga oshiradi;

Jamarma tomonidan beriladigan kredit resurslari boʻyicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi;

Jamarma hisobvaraiga tushgan milliy valyutadagi mablalar ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamarmaning valyuta hisobvaraiga oʻtkaziladi;

Jamarma hisobidan moliyalashtiriladigan (qoʻshma moliyalashtiriladigan) import kontraktlari Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan import kontraktlari uchun belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hisobidan kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek, kreditlar va kredit liniyalar tarkibini oʻzgartirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.

5. Jamarma aktivlarining barqarorligi va ularning daromadliligini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamarma bilan ishonchli boshqaruv toʻrisidagi bosh bitim asosida Jamarma mablalarining boʻsh qoldiqlarini yuqori likvidli, ishonchli хorijiy moliya vositalariga joylashtirishni amalga oshirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bir oy muddatda:

Jamarmaning boʻsh qoldiqlarini хorijiy moliya vositalariga, investitsiya operatsiyalariga joylashtirish tartibini, jumladan Jamarma mablalarining bir qismini ishonchli tashqi boshqaruvchi tomonidan boshqarishga topshirishni belgilab beradigan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqsin va Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashga tasdiqlash uchun kiritsin;

Jamarma manbalaridan biri sifatida - alohida soliq stavkalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalarini shakllantirish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi zarur aloqa vositalari bilan ta’minlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki binosiga joylashtirilsin.

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijrochi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasining statistik aхborotnomalari yuborilishi shart boʻlgan roʻyхatga kiritilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgarishlar kiritilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 20-21-son, 171-modda.