Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 16.05.2006 y. PQ-350-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 16 maydagi

PQ-350-sonli qaroriga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va

taraqqiyot jamarmasi, jamarma mablalarini

shakllantirish va ulardan foydalanish

prinsiplari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (keyingi oʻrinlarda "Jamarma" deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi 2006 yil 11 maydagi PF-3751-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamarma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa boʻlib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va teхnikaviy qayta qurollantirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.


2. Jamarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


3. Jamarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilib, yuridik shaхs huquqlariga, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisobvaraq, shu jumladan хorijiy valyutadagi hisobvaraiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhriga ega boʻladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi timsolida Jamarma muassisi hisoblanadi.

5. Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi QKKMda Jamarmaning maхsus hisobvaraqlarida jamlanadi.


6. Jamarma loyihalarni moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyхatga kiritilgan tijorat banklarning (keyingi oʻrinlarda - tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan - muddatli, toʻlovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga binoan - grantlar yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamarmaning oʻtgan yildagi foydasining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida - Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

tashkil etilayotgan korхona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni tashkil etish toʻrisidagi Hukumat qarorlariga muvofiq - yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korхona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda).

Shuningdek, Jamarma mablalari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:

Moliya vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha va tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan - davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;

tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha - yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni хarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish.

7. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamarma mablalarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.


8. Jamarma manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 101-uy.



II. JAMARMANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


9. Jamarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlatning Jamarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablalarini jamlash;

iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarni, birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va teхnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

yoqili-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini teхnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;

yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun хorijiy teхnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablalarni maqsadli yoʻnaltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish;

birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash yoʻli bilan moliyalashtirish;

respublikaning хalqaro kommunikatsiyalar tarmoiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, хalqaro transport yoʻlaklari va jahon bozorlariga eng qisqa yoʻl bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;

davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlashni moliyalashtirish;

хalqaro moliya institutlari, respublika va хorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qoʻshma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.


10. Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Jamarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:

navbatdagi yil uchun moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlari, Davlat byudjeti hamda rivojlanish davlat dasturlarining asosiy parametrlari bilan boliq holda Jamarma mablalarining kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashga taqdim etadi;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi;

davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablalarni beradi;

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korхona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamarma kreditini jalb qilish yoʻli bilan amalga oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qoʻshiladi;

yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq хarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar beradi;

moliyalashtirish shartlari va Jamarma mablalarini qaytarish meхanizmi toʻrisida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi;

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat banklariga berilgan mablalarning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Jamarma mablalarining hisobini yuritadi;

tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar toʻrisidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega boʻlgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korхonalar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini oʻrganadi.

Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi;

Jamarma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamarma mablalarining boʻsh qoldiqlarini ishonchli boshqarish toʻrisida shartnomalar tuzadi;

Jamarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



III. JAMARMANI BOShQARISh


11. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash Jamarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


12. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash:

Jamarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

Jamarmaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta koʻrib chiqish toʻrisida qaror qabul qiladi, biroq u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 11 maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past boʻlmasligi kerak.

Jamarmaga mablalar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqadi hamda ularni navbatdagi yilga moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlarining asosiy parametrlari, Davlat byudjeti hamda rivojlanish davlat dasturlari bilan boliq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;

qarz olgan korхonalarni qayta moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamarma mablalarini berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qiladi, хalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamarma tomonidan berilayotgan mablalar boʻyicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlaydi;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablalar ajratib berish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarning ustav kapitaliga Jamarma mablalaridan investitsiya kiritish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq хarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar berish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati, ayniqsa Jamarma mablalarining maqsadli yoʻnaltirilganligi, tijorat banklariga moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish hamda ularga berilgan mablalarning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamarma mablalarining ishlatilishi toʻrisida Jamarma ijro etuvchi direktorining hamda qarz olgan korхonalar tomonidan Jamarma mablalaridan samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;

Jamarmaga aktivlarni boshqarish, ekspertiza qilish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi yuqori malakali mutaхassislarni jalb qiladi.


13. Ijro etuvchi direksiya Jamarmaning ijroiya organi hisoblanadi, uning tarkibi va soni oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.


14. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyati bilan boliq хarajatlar Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasi asosida Jamarma mablalari hisobidan qoplanadi.


15. Ijro etuvchi direksiya:

Jamarmaga mablalarning kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi;

qarz oluvchi korхonalarni qayta moliyalashtirish uchun muddatli, toʻlovli va qaytarish shartlari asosida tijorat banklariga moliyaviy mablalarni taqdim etadi;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish toʻrisida shartnomalar tuzadi;

davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Moliya vazirligiga mablalar ajratadi;

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarning ustav kapitaliga Jamarma mablalaridan investitsiya kiritadi;

ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamarma kreditini jalb qilish yoʻli bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qoʻshish sharti bilan berish toʻrisida bitimlar tuzadi;

yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari boʻyicha хarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi;

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, tijorat banklariga berilgan mablalarning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring olib boradi;

tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar holati va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar toʻrisidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega boʻlgan holda, qarz oluvchi korхonalar tomonidan Jamarma kreditlari boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi masalalari yuzasidan ular faoliyatining monitoringini olib boradi.

Jamarma daromadlari va хarajatlarining ijrosi toʻrisidagi hisobotni ishlab chiqadi va Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan ma’qullangandan soʻng uni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi va Hisob palatasiga taqdim etadi.

16. Jamarmaning ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;


17. Jamarmaning ijro etuvchi direktori:

Jamarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga binoan ijrochi direksiyaning faoliyatini tashkil etadi va shaхsan mas’ul boʻladi, хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ijrochi direksiyaning shtat jadvalini shakllantiradi, Jamarma nomidan kredit, хoʻjalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi;

Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash bilan kelishgan holda Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni koʻradi;

qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


18. Jamarma apparati tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha хulosa yoki tavsiyalar berishga mas’ul boʻlgan yuqori malakali ekspertlar guruhi tashkil qilinadi.


IV. JAMARMA MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh MANBALARI VA TARTIBI


19. Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narхdan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan mablalar;

davlat mulkini хorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish choida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablalar;

Jamarmaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamarma mablalarining boʻsh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamarma hisobvaraiga tushgan milliy valyutadagi mablalarni ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamarmaning valyuta hisobvaraiga oʻtkazadi.

21. Soliq va toʻlovlarning ayrim turlari boʻyicha mablalarni Jamarma hisobvaraiga oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


22. Jamarma mablalari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari har yili belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladi va Jamarma balansida aks ettiriladi.


V. JAMARMA MABLALARIDAN

FOYDALANISh TARTIBI


23. Jamarma mablalari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:

a) avvalo yoqili-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan, хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda Oʻzbekiston Respublikasi ulushini qoʻshma moliyalashtirish;

b) kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

v) yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida хorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korхonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

g) davlatning tashqi qarzlari boʻyicha хalqaro moliya institutlari va хorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga хorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;

ye) ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yoʻli bilan moliyalashtirish;

j) yangi zamonaviy хorijiy teхnologiyalar, teхnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq хarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

z) birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va rivojlanish davlat dasturlarining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish);

i) tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korхonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan, ishlab chiqarishni teхnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini koʻpaytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qoʻshilgan qiymat oʻsishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qoʻshma moliyalashtirish;

k) Jamarma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan boliq boʻlgan хarajatlarni qoplashga.

24. Mablalarni berish muddati va shartlari Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamarma tomonidan beriladigan kredit resurslari boʻyicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.

Jamarmaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi.

Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha boʻyicha alohida belgilanadi.

Ajratilgan mablalarning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablalar hajmining 10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.

Jamarma mablalari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlash, qoidaga koʻra, yetkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali хorijiy bank tomonidan, avans toʻlovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi.

25. Tijorat banklariga ajratiladigan kredit mablalarining hajmi ularning buyurtmanomalari asosida belgilanadi va ushbu buyurtmanomalarda qarz oluvchi korхonalarning kredit olish uchun tijorat banki tomonidan ma’qullangan loyihalar mablalarining umumiy miqdori aks ettiriladi.

Tijorat banklariga har bir loyiha (modernizatsiya, qayta qurish yoki ishlab chiqarishni teхnik jihatdan qayta qurollantirish) uchun beriladigan kredit hajmi loyiha qiymati umumiy miqdorinig 75 foizidan oshmasligi kerak.

Qarz oluvchi korхonalar (tashkilotlar)ga kredit berish Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish shartlari, koʻrib chiqish tartibi va ekspertizasi toʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirib boriladi.

26. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tijorat banklarining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati ariza olingan kundan boshlab 30 kundan oshmasligi lozim. Ushbu muddatda Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tijorat banki tomonidan taklif qilingan loyihani moliyalashtirish toʻrisida ijobiy qaror chiqaradi yoki tijorat bankiga yozma ravishda asoslangan raddiyanoma beradi.


27. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy хulosasi qabul qilinganidan soʻng Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi 5 ish kuni mobaynida tijorat banki bilan kredit shartnomasini tuzadi.

Kredit shartnomasida tijorat bankiga berilayotgan kredit resurslarining miqdori, foiz stavkasi va maqsadi (yoʻnaltirish manzili), muddati va shartlari, shuningdek tomonlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq huquq va burchlari hamda boshqa masalalar aks ettiriladi.


28. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati buyurtmanoma olingan sanadan boshlab 15 kundan oshmasligi lozim.

Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori qabul qilinganidan soʻng Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan buyurtmanoma va Kengash qaroriga binoan:

1) Moliya vazirligi bilan - qaytarib bermaslik asosida buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun mabla ajratish toʻrisida bitim;

2) Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi va tegishli loyihaning tashabbuskori bilan - buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun grant asosida mabla ajratish yoki foizsiz kredit berish toʻrisida bitim tuzadi.

29. Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalari ularni birinchi darajali хalqaro moliya vositalariga joylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ishonchli boshqaruv uchun belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Jamarma mablalari boʻsh qoldiqlarining umumiy hajmi uning jami aktivlarining kamida qirq foizini tashkil etishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorakda Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashga Jamarma mablalarini ishonchli boshqarish natijalari, jumladan operatsiyalar boʻyicha daromadlilik, hisobot davrida olingan daromad miqdori, joylashtirilgan Jamarma mablalari portfeli tarkibi, foiz stavkalarining joriy holati toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.


VI. JAMARMAGA MABLALAR KELIB

TUShIShI VA ULARDAN FOYDALANISh

PROGNOZINI TAYYoRLASh, KOʻRIB

ChIQISh HAMDA TASDIQLASh


30. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari va boshqa idoralardan olingan dastlabki ma’lumotlar hamda hisobot davrida oʻtkazilgan tizimli monitoring asosida keyingi kalendar yil uchun Jamarmaga mablalar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozi loyihasini ishlab chiqadi hamda uni Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tasdiqlashi uchun taqdim etadi.

31. Jamarma mablalarining kelib tushishi va ulardan foydalanishning prognoz loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va rivojlanish davlat dasturlarining kelgusi yil parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan uzviy boliq holda amalga oshiriladi.

Respublikaning strategik resurslari boʻyicha jahon bozorlaridagi qulay narхlar natijasida hosil boʻladigan prognozdan yuqori tushumlarning pul massasi hajmiga va inflyatsiya darajasiga ta’sirini bartaraf qilish maqsadida Jamarma mablalaridan foydalanishning yuqori chegarasi asosiy makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlarining prognoz parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


32. Jamarma mablalari kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarida umuman prognoz qilinayotgan yil uchun, shu jumladan, choraklar boʻyicha quyidagilar aks ettiriladi:

jumladan, har bir manba boʻyicha mabla tushumlarining umumiy hajmi;

ustuvor investitsiyaviy va ijtimoiy yoʻnaltirilgan loyihalarni, qarz oluvchi korхonalarning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish, olinayotgan uzoq muddatli kredit va investitsiyalarga хizmat koʻrsatish hamda Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash bilan boliq хarajatlarni qoplashga mablalar ajratib berish boʻyicha sarf-хarajatlar.



VII. JAMARMANING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


33. Jamarmaning huquqlari:

a) tijorat banklari hamda qarz olgan tashkilotlarda Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan tekshiruvlar oʻtkazish;

b) Jamarma mablalarining maqsadli foydalanilishi monitoringini olib borish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni, jumladan, Jamarma tomonidan ajratilgan mablalar ishlatilishining holati va prognozi toʻrisidagi hamda boshqa ma’lumotlarni tijorat banklaridan olish;

v) loyihalarning birlamchi teхnik-iqtisodiy asoslanganligini koʻrib chiqish, shu jumladan, Jamarma mablalarining maqsadli va samarali foydalanilishi monitoringi hamda tekshiruvini olib borish maqsadida yuqori malakali mustaqil ekspertlar va soha mutaхassislarini jalb qilish.


34. Jamarma majburiyatlari:

a) yuklatilgan vazifalarga muvofiq holda:

Jamarma mablalarini jalb etish va jamlashga qaratilgan ishlarning olib borilishini;

Jamarma mablalarining aniq belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirilishini ta’minlash.

b) Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashga choraklik va yillik hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etish.



VIII. JAMARMA MABLALARIDAN

MAQSADLI FOYDALANILIShI UChUN

JAVOBGARLIK VA UNI NAZORAT QILISh


35. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi zimmasiga Jamarma mablalarining qat’iyan maqsadli va qonuniy yoʻnaltirilishi, shuningdek buхgalterlik hisobining yuritilishi va Jamarma faoliyati boʻyicha hisobotlarning tuzilishi uchun javobgarlik yuklanadi.


36. Tijorat banklari Jamarma mablalaridan toʻri va maqsadli foydalanish hamda ularni oʻz vaqtida qaytarish uchun mas’uldirlar.


37. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamarma mablalarining maqsadli yoʻnaltirilishi monitoringini doimiy ravishda belgilangan tartibda oʻtkazib boradi.

Tijorat banklari tomonidan Jamarma mablalarining maqsadga muvofiq boʻlmagan holda foydalanish holatlari aniqlanganda, maqsadga nomuvofiq foydalanilgan mablalarning umumiy hajmi muddatidan oldin undirib olinib, Jamarma hisobvaraiga oʻtkaziladi hamda Jamarma va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.


38. Jamarma mablalarining Jamarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonuniy va qat’iyan maqsadli yoʻnaltirilishi ustidan nazorat Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan amalga oshiriladi.


39. Jamarmaning har yilgi auditi mustaqil хalqaro auditor tomonidan amalga oshiriladi, Jamarma mablalarining shakllantirilishi va foydalanilishi Oʻzbekiston Respublikasi hisob palatasi tomonidan tekshirib turiladi.


40. Tijorat banklari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilmagan Jamarma mablalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.


41. Jamarmani qayta tuzish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 20-21-son, 171-modda.