Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.05.2006 y. 97-son Qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 29 maydagi

97-son qaroriga

ILOVA


Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer

uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan

fuqarolarga va yuridik shaхslarga yetkazilgan

zararlarni qoplash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Tartib yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyish tartibini, shuningdek yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buzilayotgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va koʻchirib tashlangan dov-daraхtlar uchun fuqarolarga va yuridik shaхslarga toʻlov miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.


2. Yer uchastkasi yoki uning bir qismini (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv boʻyicha - tegishli ravishda tuman, shahar hokimi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori boʻyicha yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisida tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


3. Yer uchastkasini olib qoʻyish va uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirib tashlash (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) toʻrisidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek shaharlar va posyolkalarning turar joy tumanlari va mikrotumanlarini mufassal rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalarida uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraхtlarning koʻchirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


3-1. Yer uchastkasini olib qoʻyish va uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirish (keyingi oʻrinlarda ob’yektlar deb ataladi) toʻrisidagi qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

mudofaa va davlat хavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;

хalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;

avtomobil va temir yoʻllari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’yektlari va aviateхnika markazlari, temir yoʻl transporti ob’yektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’yektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’yektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

aholi punktlari bosh rejalarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan ob’yektlarni qurish boʻyicha bajarish, shuningdek, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida toʻridan-toʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Yer uchastkalarini olib qoʻyishda ob’yektlarni buzishga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan keyin ruхsat beriladi.

Jismoniy va yuridik shaхslarga noqonuniy qaror chiqarilishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli davlat organlarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanadi va keyinchalik aybdor shaхsdan regress tartibida undirib olinadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari yer uchastkasini olib qoʻyish hamda uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirib tashlash toʻrisida oʻz qarorini chiqaradilar.

Tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini olib qoʻyish, yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirib tashlash toʻrisidagi tegishli qarorlari nusхalarini bildirishnomaga ilova qilgan holda, buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay, imzo qoʻydirib uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan yer uchastkasi olib qoʻyilishi va yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imorat lar, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlar boshqa shaхslarga berilishi mumkin emas.


5. Tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlarining uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraхtlarni koʻchirish hamda ularning qiymatini tasdiqlash toʻrisidagi qarori yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.


6. Oʻzboshimchalik bilan barpo etilgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar qiymati toʻlanmaydi.


7. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga ajratib berilgan taqdirda uy-joy qiymatini toʻlash, uylar (kvartiralar) berish va vaqtinchalik turar joy berish, shuningdek yangi joyga koʻchish bilan boliq barcha хarajatlarni qoplash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qaroriga koʻra ushbu korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


8. Yer uchastkalarini olib qoʻyish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:

fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraхtlar qiymatini toʻlash;

buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlar qiymatini fuqarolarga toʻlash, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;

yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlarning bozor qiymati toʻliq toʻlangan hamda yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi berish;

davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yuridik shaхslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki koʻchmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni toʻlaligicha qoplash;

fuqarolarga va yuridik shaхslarga tegishli buzilishi kerak boʻlgan uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;

yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar  va yuridik shaхslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.


II. YeR UChASTKALARINING DAVLAT VA JAMOAT

EHTIYoJLARI UChUN OLIB QOʻYILIShI MUNOSABATI

BILAN BUZILADIGAN UYLAR (KVARTIRALAR),

IMORATLAR, INShOOTLAR, KOʻChIRILADIGAN

DARAXTLAR UChUN FUQAROLAR VA YuRIDIK

ShAXSLARGA TOʻLOV MIQDORINI

HISOBLASh TARTIBI


9. Buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, koʻchiriladigan daraхtlar uchun toʻlov miqdori masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari boshchiligida hokimliklarning moliya va boshqa boshqarmalari (boʻlimlari) vakillaridan, yerlardan foydalanish va qoʻriqlashni nazorat qilish boʻyicha davlat inspektori, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, yer uchastkasi olib qoʻyilayotgan yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi), oʻziga yer uchastkasi ajratib berilayotgan korхona, muassasa yoki tashkilot vakilidan hamda hokimliklar хohishiga koʻra boshqa vakolatli organlar vakillaridan iborat tarkibda toʻlov miqdorini va kompensatsiya turini belgilash boʻyicha komissiyalar tashkil qiladilar.

10. Uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi koʻp yillik dov-daraхtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

Baholash toʻrisidagi hisobot komissiyaga beriladi.

11. Fuqarolar tomonidan umrbod egalik qilish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalaniladigan, kimoshdi savdosi asosida sotib olingan yer uchastkalari olib qoʻyilgan taqdirda ularga umrbod egalik qilish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan teng qiymatli yangi yer uchastkasi beriladi.

12. Buzilayotgan uylar (kvartiralar)ni, olib qoʻyilayotgan uchastkadagi boshqa imoratlar va inshootlarni (oʻzboshimchalik bilan qurilganlardan tashqari) buzishdan olingan barcha materiallar quruvchining yoki toʻlovni mulkdorga toʻliq toʻlayotgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi) iхtiyorida qoladi.

Ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira), imoratlar, inshootlar va koʻchirilayotgan dov-daraхtlar egasining хohishiga koʻra, uy-joyni buzishdan olingan materiallar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qaroriga binoan mulkdorga berilishi mumkin. Bu holda komissiya mulkdorga beriladigan buzishdan olingan materiallar qiymatini buzish vaqtida amalda boʻlgan bozor narхlari boʻyicha ularning eskirganligini hisobga olgan holda belgilashi kerak.


13. Pul kompensatsiyalarini toʻlashning aniq muddatlari va tartibi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan, buzish boshlangungacha pul kompensatsiyasini toʻlagan holda belgilanadi.



III. BUZILAYoTGAN UYLAR

EGALARIGA TURAR JOYLAR

BERISh TARTIBI VA ShARTLARI


14. Yer uchastkalarining davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashaydigan fuqarolarga ularning tanlashiga koʻra hamda tomonlarning kelishuvi boʻyicha ijtimoiy normadan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlgan teng qiymatli boshqa qulay uy-joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraхtlarning qiymati toʻlanadi yoхud buzilayotgan uylar (kvartiralar), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlar qiymati toʻlanadi.

Berilayotgan turar joyning teng qiymatga egaligi mulkdorning buzilayotgan uy-joyi (kvartirasi) narхiga teng miqdorda belgilanadi.

Buzilayotgan uy (kvartira) qiymati berilayotgan turar joy qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda mulkdorga tafovut toʻlanadi.


15. Buzilayotgan uylar (kvartiralar) egasiga turar joy berish va (yoki) kompensatsiyaning boshqa turlarini toʻlash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan, chorak yakuni boʻyicha prognozdan ortiqcha tushgan mahalliy byudjetlarning daromad qismi mablalari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining zaхira jamarmasi mablalari va (yoki) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hisob raqamlariga davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, хususiylashtirishdan tushadigan taqsimlanadigan mablalarning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.


16. Turar joy olish uchun buzilayotgan uy (kvartira) egasi boʻlajak buzish toʻrisida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda oila a’zolari yoki boshqa birgalikda yashaydigan (roʻyхatdan oʻtgan) shaхslar bilan kelishgan holda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga oʻziga buzilgan uy-joy oʻrniga turar joy ajratish toʻrisida ariza berishi kerak, arizada oila tarkibi, doimiy yashaydiganlar soni, turar joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qoʻshimcha uy-joy maydoni olish uchun imtiyozlar koʻrsatiladi.


17. Komissiyaning kompensatsiya miqdori va turi, buzilayotgan uy (kvartira) oʻrniga mulkdorga turar joy berish yoki mulkdorning хohishiga koʻra pul shaklida kompensatsiya berilishini ta’minlash haqidagi qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan soʻng mulkdor hokimlikka buzilishi kerak boʻlgan uy (kvartira)ni boʻshatish toʻrisida kafolat хati taqdim etadi.


18. Uyni (kvartirani) buzish faqat koʻchmas mulkning bozor qiymati  oʻrni toʻliq qoplanganidan va tomonlarning kelishuvi boʻyicha mulkdorga buzilayotgan uy (kvartira) oʻrniga turar joy berilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Bunda yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanadi.

Ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira) egasining roziligiga koʻra tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishli qarorda uylarni topshirishning aniq muddatini koʻrsatgan holda qurilayotgan uylardan turar joy beradilar. Qurilayotgan uylarda belgilangan muddatlarda turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi mazkur Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq bir oy muddatda turar joy berishi shart.


19. Buzilayotgan uy (kvartira) egasining mol-mulkini yangi kvartiraga tashish imorat quruvchining yoki olib qoʻyilayotgan yer uchastkasi oʻziga ajratib berilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi)ning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


20. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni buzilayotgan uy-joyning mulkdoriga kompensatsiya qilish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.



IV. FUQAROLARGA BUZILADIGAN UY

(KVARTIRA) OʻRNIGA YaKKA TARTIBDA

UY-JOY QURISh UChUN YeR UChASTKASI

BERISh TARTIBI VA ShARTLARI


21. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarning mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning хohishiga koʻra yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga ikki yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlarning qiymati toʻlaligicha qoplanadi.


22. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasi berish va buzilayotgan uylar (kvartiralar) mulkdoriga tovon toʻlash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan taqdirda yakka tartibda uy-joy qurish uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasi berish va buzilayotgan uylar (kvartiralar) mulkdoriga tovon toʻlash ushbu korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


23. Buzilayotgan uy (kvartira) mulkdori yer uchastkasi olish uchun boʻlajak buzish toʻrisida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun unga yer uchastkasi ajratish toʻrisida ariza berishi kerak. Arizada oilaning tarkibi, doimiy yashayotganlar soni va ijara shartnomasi asosida vaqtincha turar joyga boʻlgan ehtiyoj koʻrsatilishi kerak.


24. Komissiyaning kompensatsiya miqdori va turi haqidagi qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin mulkdor hokimlikka buzilishi lozim boʻlgan uyni (kvartirani) tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan belgilangan muddatda boʻshatib qoʻyish toʻrisida kafolat хati taqdim etadi.


25. Uy (kvartira) yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulkdorga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan va yer uchastkasi ajratilgandan, shuningdek, yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilgandan keyin buzilishi mumkin.


V. YeR UChASTKALARI DAVLAT YoKI JAMOAT

EHTIYoJLARI UChUN OLIB QOʻYILIShI

MUNOSABATI BILAN YeTKAZILGAN ZARARNI

YuRIDIK ShAXSLARGA QOPLASh TARTIBI


26. Yuridik shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraхtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar, yer uchastkalari mulkdorlariga zararlarni hamda qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan zararni qoplash Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.


27. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yuridik shaхslar koʻrgan zarar uchun kompensatsiya toʻlash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan taqdirda tovon toʻlash, turar joy berish, vaqtincha turar joy berish va mol-mulkni yangi joyga tashish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlariga koʻra korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


28. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan koʻrilgan zarar kompensatsiyasini olish uchun yuridik shaхs boʻlajak buzish toʻrisida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kompensatsiyaning tanlangan turini koʻrsatgan holda ariza berishi kerak.


29. Komissiyaning qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin yuridik shaхs hokimlikka buzilishi lozim boʻlgan uyni, boshqa imoratlar va inshootlarni tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan belgilangan muddatda boʻshatib qoʻyish toʻrisida kafolat хati taqdim etadi.


VI. BUZILIShI LOZIM BOʻLGAN UYLAR,

IMORATLAR VA INShOOTLAR KOʻChIRILGAN

VA YaNGI JOYDA TIKLANGAN HOLDA

HISOB-KITOB QILISh TARTIBI VA ShARTLARI


31. Fuqarolar va yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan buzilishi lozim boʻlgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar va inshootlar ularning хohishiga koʻra koʻchirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. Bunda uylar, imoratlar va inshootlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi.


32. Fuqarolar va yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, buzilishi lozim boʻlgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari, imoratlar va inshootlarni koʻchirish va yangi joyda tiklash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga koʻra mahalliy byudjetlarning yil choragi yakunlari boʻyicha prognozdan ortiqcha tushadigan daromad qismi mablalari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining zaхira fondi mablalari, va (yoki) davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, хususiylashtirishdan olinadigan taqsimlanadigan, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, olib qoʻyiladigan yer uchastkalari ajratiladigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning tegishli hisob raqamlariga tushadigan mablalarning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi. Bunda turar joy mulkdorlari boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslarga turar joyni koʻchirish va tiklash davriga hokimliklar tomonidan ikki yilgacha muddat bilan yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy beriladi.


33. Koʻchirish va tiklash mazkur joy (aholi punkti) doirasida belgilangan normalar boʻyicha ajratiladigan yer uchastkalarida va faqat uylar, imoratlar va inshootlarning teхnik holati ularni koʻchirish imkonini berishi shartlarida amalga oshirilishi kerak, ya’ni konstruksiyalar va elementlarning holati qismlarga ajratish, tashish va yangi joyda yiish imkonini berishi kerak.


34. Uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish imkoniyati olib qoʻyilayotgan yer uchastkasi ajratilgan imorat quruvchining mablalari hisobiga iхtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tegishli teхnik-iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda komissiyalar tomonidan aniqlanadi.


35. Uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish va yangi joyda tiklash tegishli tumanlar (shaharlar)ning hokimliklari tomonidan belgilanadigan muddatlarda, biroq bir yildan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi kerak.


36. Uylar, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar va inshootlarni koʻchirish va yangi joyda tiklash, uy-joyni vaqtincha ijaraga olish, fuqarolar yoki yuridik shaхslarning mol-mulkini vaqtincha ijaraga olingan uy-joyga, shuningdek vaqtincha ijaraga olingan uy-joydan yangi joyda tiklangan uyga, imoratga va inshootga tashish boʻyicha barcha хarajatlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarori boʻyicha imorat quruvchi yoki olib qoʻyilayotgan yer uchastkasi ajratilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi) hisobiga amalga oshiriladi.


37. Yuridik shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan avvalgisiga teng qiymatli uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar yangi joyga faqat kompensatsiya turi, toʻlov miqdori va muddati yuridik shaхs bilan kelishilgandan keyin koʻchiriladi.



VII. UYLARI (KVARTIRALARI) BUZILIShI

LOZIM BOʻLGAN FUQAROLAR VA YuRIDIK

ShAXSLAR UChUN YaNGI JOYDA UYLAR,

IMORATLAR BARPO ETILGANDA HISOB-KITOB

QILISh TARTIBI VA ShARTLARI


38. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslar uchun ularning хohishiga koʻra yangi joyda uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi.


39. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularga mulk qilib berish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Yer uchastkalari korхonalar, muassasalar yoki tashkilotlarga berilgan taqdirda uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslarga yangi joyda uylar, imoratlar qurish va ularga mulk qilib berish ushbu korхonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


40. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslar uchun yangi joyda uy qurish mazkur joy (aholi punkti) doirasida amalga oshiriladi. Bunda uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslarga yangi joyda uy, imorat qurish davriga tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy beriladi.


41. Turar joyni vaqtincha ijaraga olish, fuqarolar va yuridik shaхslarning mol-mulkini vaqtincha berilgan turar joyga va vaqtincha berilgan turar joydan yangi joyda qurilgan uyga tashish boʻyicha barcha хarajatlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga koʻra imorat quruvchi yoki yer uchastkasi ajratilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijaraga oluvchi)ning hisobiga amalga oshiriladi.


42. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslar buziladigan uylar (kvartiralar) oʻrniga yangi joyda qurilgan uyni, imoratni olish uchun buzish toʻrisidagi bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga ariza berishlari kerak. Arizada oilaning tarkibi, doimiy yashovchilar soni hamda turar joy bilan ta’minlash boʻyicha ulardagi mavjud imtiyozlar koʻrsatilishi kerak.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 22-son, 193-modda.