Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.1998 y. 136-son "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.03.1998 y.

N 136


"HAYVONOT DUNYoSINI MUHOFAZA

QILISh VA UNDAN FOYDALANISh TOʻRISIDA"

VA "OʻSIMLIK DUNYoSINI MUHOFAZA QILISh VA

UNDAN FOYDALANISh TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI   QONUNLARI   QABUL   QILINIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING QARORLARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA AYRIM

QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA


"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida" va "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirishlar tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash хoʻjaligini yuritish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1991 yil 10 apreldagi 95-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1992 yil 9 martdagi 111-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 27 martdagi

136-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Respublika yaylovlarini tubdan yaхshilash va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 1978 yil 8 fevraldagi 82-son qarori 2-bandining:


a) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, davlat hokimiyati mahalliy organlariga yuklansin";


b) uchinchi хatboshidagi "OʻzSSR, OʻzSSR Xalq nazorati qoʻmitasi va Prokuraturasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻrmonlardagi va davlat oʻrmon fondining daraхtsiz yerlaridagi hayvonlar sonini tartibga solish haqida" 1980 yil 25 dekabrdagi 865-son (OʻzSSR QT, 1980 y., 12-son, 47-modda) qarorining:


a) 1-bandi birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston SSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligi tomonidan aniqlanadi" soʻzlari "qonunchilik bilan belgilangan tartibda belgilanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-bandi birinchi хatboshidagi "tasdiqlangan metodika boʻyicha tartibga solish belgilangan uchastkalarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining tegishli ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va OʻzSSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligi vakillarining albatta ishtirokida" soʻzlari "qonunchilik bilan belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 2-bandining ikkinchi хatboshi va 3-bandi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982 yil 26 yanvardagi 51-son (OʻzSSR QT, 1982 i., 1-con-, 2-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRda jamoat ovchilik inspeksiyasi toʻrisida Nizomning:


a) 1-bandidagi "Oʻzbekiston SSR Qonunining 18-moddasiga muvofiq" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-bandidagi, 12-bandining "a" kichik bandidagi "Oʻzbekiston SSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligi, "Oʻzbekiston SSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligiga" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi", "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-bandidagi:

"Oʻzbekiston SSR" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari bilan almashtirilsin, "Oʻzbekiston SSRning ov qilish va ovchilik хoʻjaligi toʻrisidagi Nizom, Ov qilish qoidalari, Oʻzbekiston SSR oʻrmon хoʻjaligi ministrligining buyruq va instruksiyalariga" soʻzlari esa chiqarib tashlansin;

"normativ aktlarga" soʻzlari "qonunchilik hujjatlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 5-bandidagi:

birinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston SSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 6-bandi chiqarib tashlansin;


ye) 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasida, viloyatlar, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarida Jamoat ovchilik inspektorlari kengashlari tashkil etiladi, Kengashlarning tarkibi va vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan belgilanadi";


j) 8 va 9-bandlari eslatmasi bilan chiqarib tashlansin;


z) 12-bandining "g" kichik bandidagi "anjomlar, Oʻzbekiston SSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligining ov toʻrisidagi instruksiyalari, buyruqlari, protokol blankalari" soʻzlari "hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


i) 13-bandi "v" kichik bandidagi "davlat" soʻzi chiqarib tashlansin;


k) 14-bandi "v", "g", "d" kichik bandlaridagi 15, 16, 17-bandlar chiqarib tashlansin;


l) 18-bandidagi "va koʻkrakka taqiladigan nishon" soʻzlari chiqarib tashlansin.


4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining "Noyob va yoʻqolib ketish хavfi bor yovvoyi oʻsimliklarning turlarini oʻzboshimchalik bilan olganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash toʻrisida" 1983 yil 28 fevraldagi Farmonini qoʻllanish tartibi haqida" 1983 yil 3 maydagi 274-son (OʻzSSR QT, 1983 y., 5-son, 17-modda) qaroridagi 1-bandning ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987 yil 9 martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrmonlardagi va davlat oʻrmon fondining daraхtsiz yerlaridagi yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yonoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va teхnik хom ashyoni sanoat yoʻli bilan tayyorlash tartibining:


a) 1-bandidagi "OʻzSSR Oʻrmon хoʻjaligi ministrligi, OʻzSSR Soliqni saqlash ministrligi, OʻzSSR Davlat agrosanoat qoʻmitasi va Oʻzbekbirlashuv" soʻzlari "qonunchilik bilan belgilangan tartibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-bandi birinchi хatboshidagi "dorivor oʻsimliklar va teхnik хom ashyo" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 3-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin: "Dorivor oʻsimliklar va teхnik хom ashyodan foydalanish uchun ruхsatnomalar berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi".


6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Zaharli hayvonlarni tutishni va ularning tirik organizmi mahsulotlarini sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 1988 yil 16 maydagi 183-son qarori 3-bandining ikkinchi хatboshidagi "aniqlash" soʻzi "aniqlash boʻyicha хulosalar berish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon fondi yerlarida ovchilik хoʻjaligini tashkil etish va uni yuritish chora-tadbirlari toʻrisida" 1992 yil 12 oktyabrdagi 469-son qarorining 1-bandidagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"dasturlar, chizmalar, muhofaza qilish loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, hayvonot dunyosi va uning yashash muhitidan foydalanish va uni tiklash;

oʻrmon fondi yerlarida hayvonlarni muhofaza qilishni ta’minlash;

davlat ovchilik хoʻjaliklari tashkil etish va ularni boshqarish;

hayvonlarning davlat hisobi va ularning olib qoʻyilishi hajmlari hisobini amalga oshirish, hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga uning tasarrufidagi ov qilinadigan yerlarda hayvonlarni ovlashga ruхsatnomalar berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrmon fondi yerlarida ov qilinadigan yerlarni hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga biriktirib qoʻyish".


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 3, 13-modda.