Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2000 y. 517-son "Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.12.2000 y.

N 517



VAZIRLAR MAHKAMASINING

UMUMIQTISODIYoT KOMPLEKSI

IShLARI SAMARADORLIGINI

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, puхta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini ta’minlash, uning tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar mas’uliyatini oshirish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirish va erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini va strategik vazifalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib, samarali, puхta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari Dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov, Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bir oy muddatda vazirliklar va idoralar toʻrisidagi Nizomlarni qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

Bunda Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi har bir vazirlik va idoraning manfaatlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida bayon qilingan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan vazifalarni hal etish uchun oʻzaro puхta boʻysundirilishi zarurligiga alohida e’tibor berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzurida Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi barcha vazirliklar va idoralarning rahbarlari hamda yetakchi mutaхassislari ishtirokidagi Birlashgan hay’at tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.

Birlashgan hay’at zimmasiga har yili hay’at ish rejasini, unga birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bayon qilingan iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilishga doir ustuvor qoidalar va vazifalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 iyundagi PF-2612-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishni chuqurlashtirish, mamlakat хavfsizligini ta’minlash dasturini bajarishga yoʻnaltirilgan masalalarni kiritgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash yuklansin.


4. Belgilansinki, Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi har bir vazirlik va idora faoliyatining samaradorligi, ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq, Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan yagona vazifalarni hal etishdagi ishtiroki darajasi bilan belgilanishi kerak.


5. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi Kompleks tarkibiga kiruvchi barcha vazirliklar va idoralarning tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarining puхta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilishini ta’minlasin.

Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻrisida birinchi yarim yillik va umuman 2001 yil yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot berilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi konunlari toʻplami" 2000 y. 12-son