Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.07.2006 y. OʻRQ-43-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 19-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.04.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 10.06.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.07.2006 y.

N OʻRQ-43



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XOʻJALIK PROTsESSUAL KODEKSINING

19-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 10 iyunda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 234-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 2001 yil, N 1-2, 11-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda) 19-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoхud nazorat tartibida bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari bundan mustasno.

Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoхud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Ishni nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2006 yil 21 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 28-29-son, 261-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 7-son, 373-modda