Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 19.06.2006 y. 517-son "Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.07.2006 y. 1597-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.07.2006 y.
N 1597
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI
SOLIQ, VALYuTAGA OID JINOYaTLARGA
VA JINOIY DAROMADLARNI
LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh
DEPARTAMENTI BOShLIGʻINING
19.06.2006 y.
N 517
BUYRUGʻI
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga
oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(2006 yil 29 iyuldan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonunining 6-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 apreldagi "Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-331-sonli qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Ilovadagi "Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirish qoidalari" tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qoidalarga rioya qilinishining nazorati Departament boshligʻining oʻrinbosari - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻining zimmasiga yuklatilsin.
Departament boshligʻi N. Yoʻldoshev
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 28-29-son, 284-modda.