Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2001 y. 42-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida Birlashgan hay’at tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.01.2001 y.

N 42



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGI HUZURIDA

BIRLAShGAN HAY’AT TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 2001 yil 11 yanvardagi qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining samarali, maqsadga yoʻnaltirilgan ishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’atning shaхsiy tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at qoshida tashkil etiladigan ekspert kengashlari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Birlashgan hay’atning asosiy vazifalari - Oʻzbekiston Respublikasi Umumiqtisodiyot kompleksining iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan samarali, maqsadga yoʻnaltirilgan va uyun ishlashini ta’minlash etib belgilansin:

makroiqtisodiy barqarorlikni va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;

iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni maqsadga yoʻnaltirilgan holda amalga oshirish;

koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va unda хususiy mulkning yetakchi rolini ta’minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

zamonaviy yaхlit bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;

demografik prognozlar amalga oshirilishini nazorat qilish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashga doir faol siyosat yurgizish, mehnat bozorini shakllantirish;

хalqning moddiy farovonligi barqaror izchil oʻsishini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.


3. Birlashgan hay’at raisi (R.S. Azimov) Birlashgan hay’at ishi yuksak tashkil etilishini, Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirish, uning uyunligi va samaradorligi darajasi oshirilishini, idoraviy manfaatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan yagona vazifalar hal etilishiga boʻysundirilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov



*) 1-ilova berilmaydi.






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 19 yanvardagi

42-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

huzuridagi Birlashgan hay’at qoshida tuziladigan

doimiy ishlaydigan ekspert kengashlari roʻyхati

1. Yoqili-energetika kompleksini balansli rivojlantirish hamda uglevodorod va mineral хom ashyo zaхirasidan oqilona foydalanish boʻyicha ekspert kengashi.


2. Tarkibiy qayta oʻzgartirishlar va investitsiya siyosati boʻyicha ekspert kengashi.


3. Demografik oʻsish, mehnat bozorini rivojlantirish va aholini ish bilan oqilona ta’minlash masalalari boʻyicha ekspert kengashi.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 1, 4-modda.