Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.02.1997 y. 105-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Intelsat" yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.02.1997 y.

N 105



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

"INTELSAT" YOʻLDOSh ALOQASI XALQARO

TAShKILOTIGA KIRIShI TOʻRISIDA


(Koʻchirma)


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻldosh aloqasi tizimlari va tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish va ularni хalqaro aloqa tarmoqlarga integratsiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Aloqa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining "Intelsat" yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotiga kirishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasidan "Intelsat" yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotidagi vakolatli vakil etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi "Intelsat" хalqaro telekommunikatsiya yoʻldosh tashkiloti toʻrisidagi bitimga muvofiq bir oy muddatda zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasining "Intelsat" yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Intelsat" yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotiga kirish badali sifatida 1997 yilning I-choragida byudjetdan (1,1 mln. AQSh dollariga teng miqdorda) mabla ajratishni nazarda tutsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Yoʻldosh aloqasi хalqaro tashkilotiga kirish badalidan tushgan dividendlar ular toʻliq toʻlab boʻlgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga, toʻlab boʻlingandan soʻng esa Oʻzbekiston Respublikasida yoʻldosh telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining raisi                                               I. Karimov