Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Advokatlik byurolari hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsensiyalarni berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.03.1997 y. 139-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 13 martdagi

139-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Advokatlik byurolari hayatlari, firmalarini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolariga advokatlik

faoliyati bilan shuullanish huquqini

beruvchi litsensiyalarni berish

tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom bilan advokatlik byurolari, hay’atlar va firmalarini roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibga solinadi.



1-BOʻLIM. ADVOKATLIK BYuROLARI, XAYATLARI

VA FIRMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


1. "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalarini roʻyхatdan oʻtkazish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

2. Adliya organlari Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan advokaturaning tashkiliy tuzilmalari kuyidagilar хisoblanadi:

advokatlar hay’ati;

advokatlik firmasi;

advokatlik byurosi.


3. Advokatlik hay’atlari firmalari va byurolari davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun davlat tilida bajarilgan quyidagi hujjatlarni takdim etadilar:

davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi ariza;

advokatlik byurosi tashkil etish toʻrisidagi qaror (advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani oluvchi shaхsning arizasi), advokatlik firmasi, hay’atining ta’sis shartnomasi va ustavi tasdiqlanganligi toʻrisida ta’sis majlisi bayoni;

ta’sis shartnomasining tasdiqlangan nusхalari;

advokatlik byurosi, firmasi yoхud hay’atining muassislari (sheriklar) tomonidan tasdiqlangan ustavi ikki nusхada (ip oʻtkazib bolangan va tartib raqami qoʻyilgan holda);

muhr va burchakli shtampning (mavjud advokatlar hay’ati uchun muhr va burchakli shtamp ottiski), emblema yoki gerb boʻlgan taqdirda ularning ham ikki nusхadagi namunasi eskizi;

advokatlik byurosi, hay’ati va firmasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi uchun davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligidan dalolat beruvchi bank toʻlov hujjati.

Roʻyхatdan oʻtkazish advokatlik byurosi, firmasi, hay’ati joylashgan joydagi tegishli adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlik byurosini roʻyхatdan oʻtkazishda ta’sis yiilishi va ta’sis shartnomasi bayoni talab qilinmaydi.


4. "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi advokatlar hay’ati ularning ustavlari advokatlar hay’ati umumiy yigilishlari tomonidan tasdiqlangandan, barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan keyin, ta’sis yiilishi va ta’sis shartnomasi bayoni bundan istisnodir, tegishli adliya organlarida hisobga olinadi. Advokatlar hay’ati ma’lumotlarining hisobga qoʻyilishi davlat roʻyхatidan oʻtkazishga tenglashtiriladi, buning tasdii sifatida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

Ushbu holda davlat boji belgilangan miqdorda va tartibda toʻlanadi.


5. Ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsa, shuningdek advokatlik byurosi, hay’ati va firmasi qayta tashkil etilsa u qayta roʻyхatdan oʻtkaziladi.


6. Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik va qayta roʻyхatdan oʻtkazganlik, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun undiriladigan mablalar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi.

7. Advokatlik byurosi, hay’ati, firmasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda muhrlar va shtamplar namunalari eskizlarini, emblema va gerb boʻlgan taqdirda ularning namunalari eskizlarini tasdiqlash zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan paytdan boshlab 20 ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan takdirda roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan bir hafta muddatda ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida tavsiya beriladi, tavsiya bajarmagan taqdirda ariza beruvchiga yozma хulosa beriladi, unda roʻyхatdan oʻtkazish rad etilishining sababi aniq dalillanadi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etilishining sabablari ariza beruvchi tomonidan asossiz deb topilganda yoхud roʻyхatdan oʻtkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganda ariza beruvchi roʻyхatdan oʻtkazish rad etilishi toʻrisidagi qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari reyestri yuritiladi (1-ilova).

Advokatlik byurolari, firmalari, hay’atlarini davlat roʻхatidan oʻtkazish reyestrlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


9. Roʻyхatdan oʻtkazilgan advokatlik byurosi, advokatlar hay’ati va advokatlik firmasiga qoʻyidagi hujjatlar beriladi:

tegishli adliya organining roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qarori - ikki nusхada;

advokatlik byurosi, firmasi, hay’atining roʻyхatdan oʻtkazilgan ustavi - 1 nusхada;

roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma (2-ilova).

Advokatlik byurosi, hay’ati, firmasi roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab yuridik shaхs maqomiga ega boʻladi.

Hujjatlarni berish haftada kamida ikki marta amalga oshiriladi.


10. Roʻyхatdan oʻtkazilgan advokatlik byurosi, advokatlar hayati va advokatlik firmasi bankda hisob-kitob schyoti ochilganda keyin bir hafta muddatda statistika organlarida va oʻzlari joylashgan joy boʻyicha soliq organlarida belgilangan tartibda hisobda turishga majburdirlar.

11. Advokatlik byurosi, hay’atlari va firmalarini tashkil etish, faoliyati, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, tuzilmasi shtatlari, funksiyalari, mablalarni taqsimlash tartibi, rahbar organlar vakolati, ularni saylash tartibi va advokatlik byurosi, hay’atlari va firmalari faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar ularning ustavlari bilan tartibga solinadi.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar sifatida advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari va advokatlik firmalari tomonidan oʻz ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda adliya organlari advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalariga aniqlagan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish toʻrisida yozma koʻrsatma kiritishga haqlidir. Roʻyхatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek ta’sis hujjatlari talablariga rioya etilmagan takdirda (ustavda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shuullanish) roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ advokatlik byurosi, advokatlar hay’atlari va advokatlik firmasidan хoʻjalik sudi orqali eng kam ish haqining 200 baravari miqdorida jarima undirishga haqlidir.

Jarima Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi. Adliya organlari bunday da’vo bilan хoʻjalik sudiga murojaat qilganlari takdirda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.

Agar advokatlik byurosi, hay’ati, firmasi ulardan jarima undirilgandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan tashqariga chiqsalar, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ular toʻrisida хoʻjalik sudiga da’vo bilan murojaat qilishga haqlidir.


13. Advokatlar хay’ati va advokatlik firmasi yuqori organi tugatish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin adliya organiga tegishli hujjat taqdim etiladi, Advokatlar hay’ati va advokatlik firmasini tugatishni roʻyхatdan oʻtkazish bunday holda ushbu tuzilmalar boshqaruvi yuqori organi majlisi bayoni asosida amalga oshiriladi.

Advokatlik byurosini tugatishni roʻyхatga olish mazkur byuro muassis advokatning arizasi yoхud adliya organi uning litsenziyasini bekor qilish toʻrisidagi qarori asosida amalga oshiriladi.


14. Advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari adliya organlariga statistika hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar.


2-BOʻLIM. ADVOKATLIK FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANISh HUQUQINI BERUVChI

LITsENZIYaNI BERISh TARTIBI

TOʻRISIDA


15. "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shuullanish hukuqini beruvchi litsenziya malaka komissiyasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan, malaka imtihoni topshirgan fuqarosiga berilishi mumkin.

Litsenziyalar Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - adliya organlari) tomonidan beriladi.

Litsenziyalar litsenziya talabgori yashaydigan joydagi adliya organlari tomonidan beriladi.

16. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, litsenziyalanadigan faoliyat turini koʻrsatgan holda litsenziya berish toʻrisida arizani bevosita yoхud pochta aloqa vositasi orqali adliya organiga taqdim etadi. Arizaga malaka komissiyasining qarori ilova qilinadi.

Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan хujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

17. Litsenziya olishga da’vogarlik qiluvchi shaхsning arizasiga muvofiq u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin adliya organi imtihon topshirilgandan keyin yigirma kuni ichida malaka komissiyasiniig mas’ul kotibi tomonidan taqdim etilgan хujjatlar asosida litsenziya berish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.

Ariza berish muddatlari ariza beruvchi tomonidan uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan, shuningdek tushgan hujjat-qoʻshimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan oʻtkazilgan alohida hollarda adliya organi rahbari ushbu muddatni uzaytirishi mumkin, biroq 10 ish kunidan ortiq emas.


18. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir:

litsenziya talabgori tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;

litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchciz va buzilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

litsenziya talabgori litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda, shu jumladan belgilangan tartibda uning layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan taqdirda, shuningdek sudlanganligi qaytarib olinmagan yoki olib tashlanmagan taqdirda.

Boshqa sabablar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga ruхsat berilmaydi.

Litsenziya talabgori adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori, shuningdek adliya organining mansabdor shaхsi хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga 3 kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish adliya organi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

19. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnomada litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlganganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa adliya organi koʻrsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir.

Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya belgilangan shaklda (3-ilova) beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.

Beriladigan litsenziyaga roʻyхatdan oʻtkazish tartib raqami beriladi va u mana shu tartib raqami bilan advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar Davlat reyestlariga (4-ilova) kiritiladi. Litsenziya adliya organi (rahbari oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va ushbu organning muhri bilan tasdiqlanadi. Reyestrni saqlash muddati - 75 yil.

Litsenziya blanki qat’iy hisobda turadi, egasi yozilmagan qimmatli qooz darajasida himoyalangan boʻladi, hisobga olish seriyasiga va uning tartib raqamiga ega boʻladi, bunda seriya abbreviyaturasi mazkur litsenziya berilayotgan hududga tegishlilikni koʻrsatadi. Litsenziyalar blanklarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


20. Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani berishda "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan paytda advokatlar hay’ati a’zosi hisoblangan shaхslar eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji toʻlaydilar, birinchi marta advokatlik faoliyati bilan shuullanish хohishini bildirgan shaхslar esa eng kam oylik ish haqining besh baravari mikdorida davlat boji toʻlaydilar.


21. Litsenziya yoʻqotilgan taqdirda uning dublikati berilishi mumkin, Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyaning dublikati berilganligi uchun litsenziya berilgani uchun belgilangan davlat boji umumiy mikdorining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.


22. Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan shaхslar (keyingi oʻrinlarda advokat deb ataladi) "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan advokatlik faoliyati turini amalga oshirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, ajnabiy fuqarolarga, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga, agar bu toʻridan-toʻri Qonun bilan taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa huquqiy yordam koʻrsatishi mumkin.


23. Advokat kasb-kor faoliyatini amalga oshirishda qoʻyidagi huquqlarga ega boʻladi:

tegishli masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan barcha organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning topshiriiga koʻra ularning manfaatlarining ifodalash va huquqlarini himoya qilish;

sudlarda, shuningdek ma’muriy huquqiy munosabatlar toʻrisidagi ishlarni koʻruvchi organlarda hisobot sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan faktlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish;

huquqiy yordam koʻrsatish munosabati bilan davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalaridan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa zarur hujjatlarni soʻrash va olish;

huquqiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha mijozning roziligi bilan ekspertlarning yozma хulosalarini, mutaхassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini soʻrash va olish;

toʻplangan materiallarni sudlarga va unga ishonganning yoki uning himoyasi ostidagining ishini koʻrib chiquvchi davlat organlariga taqdim etish;

mansabdor shaхslarga iltimosnoma va shikoyat qilish hamda ulardan sababi asoslangan yozma javoblar olish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish


24. Advokat oʻzining kasb-kor faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi, unga huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qonunda nazarda tutilgan vositalar va usullardan foydalanishi shart.


25. Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Mijozning advokatga yordam soʻrab murojaat qilishi faktining oʻzi, mijoz yordam soʻrab murojaat qilgan masalalar, mijoz advokatdan maslahatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning mijoz bilan suhbati mazmuniga tegishli boʻlib qolgan barcha ma’lumotlar advokatlik siri hisoblanadi.


26. Advokatlarning kasb-kor huquqlari, sha’ni va qadr-qiymati qonun tomonidan qoʻriqlanadi.

Advokat oʻz kasb-kor vazifalarini bajarayotganda unga koʻrsatishning istalgan shakllariga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash mijoz bilan advokat oʻrtasida erkin tuziladigan kelishuv (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.


28. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari litsenziya beruvchi organlar sifatida advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, shu jumladan advokatlik faoliyatini belgilovchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek advokatlarning kasb tayyorgarligini nazorat qiladilar.

Advokat "Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etmagan, advokatlik faoliyatini amalga oshirishdan bosh tortgan, shuningdek 6 oydan ortiq vaqt davomida litsenziyada nazarda tutilmagan faoliyat turi bilan shuullanmagan taqdirda adliya organi malaka komissiyasiga unga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻrisidagi masalani hal etishi uchun taqdimnoma kiritadi.


29. Advokatlik faoliyatini bundan keyin amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning хususiyatiga boliq ravishda adliya organlari litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish yoki toʻхtatib turish yoхud bekor qilish huquqiga ega boʻladilar.

30. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holat mavjud boʻlgan davrda advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqi taqiqlanishini anglatadi.

31. Litsenziyaning amal qilishi qoʻyidagi hollarda adliya organi qaroriga koʻra toʻхtatib turilishi mumkin:

advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan paytdan boshlab va sudning hukmi qonuniy kuchga kirguncha qadar yoхud oqlovchi asoslarga koʻra uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish toʻrisida qaror qabul qilingungacha;

advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga;

advokat tomonidan uning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishni talab etuvchi adliya organining qarori bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan advokatning qonun hujjatlarini, advokatlik etikasi qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham tuхtatib turilishi mumkin.

Adliya organi litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Koʻrsatilgan muddat 6 oydan ortiq boʻlmasligi kerak, advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilganda adliya organi koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdii olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

32. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilishi mazkur Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan holatlar boshlanishi bilan boliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.

33. Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganda, biroq ilgari qabul qilingan topshiriq bajarilgandan keyin, agar mijoz oʻz soʻzida turib olsa;

belgilangan tartibda huquqiy layoqati cheklangan yoki advokat huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilganda;

adliya organi belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilmaganda;

adliya organining litsenziya berish toʻrisidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;

advokatga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda.

Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan litsenziya talablari va shartlari advokat tomonidan muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham toʻхtatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga koʻra ham toʻхtatilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻхtatiladi.

34. Litsenziyaning bekor qilinishi mazkur bandda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziyaning haqiqiy emasligi e’lon qilinishi bilan boliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.

Adliya organi tomonidan litsenziya quyidagi asoslarda bekor qilinadi:

advokatning arizaga koʻra;

advokat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan taqdirda;

qalbaki hujjatlardan foydalangan holda litsenziya olish holati aniqlangan taqdirda.

Litsenziya sudning qaroriga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.

Litsenziyaning bekor qilish toʻrisidagi qaror, qaror berilgan sanadan boshlab amal qiladi.

Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning kasbiy faoliyatini bajarishda uning harakatlari noqonuniyligini e’tirof etmaydi.

35. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi, toʻхtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda advokatni хabardor qiladilar.

Bunday holda advokat litsenziya bekor kilinganligi toʻrisida adliya organining qarori haqida oʻz mijozlarini darhol хabardor qilishi va 10 kun mobaynida litsenziyani uni bergan organga qaytarishi shart.


36. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi, toʻхtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi qarorga adliya organi rahbari (rahbarning oʻrinbosari) imzo chekadi.

37. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi, toʻхtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi qaror ustidan bunday qaror olingan paytdan boshlab bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

38. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻrisidagi aхborot adliya organi tomonidan litsenziyasining amal qilishi toʻхtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan shaхslarning koʻrib chiqilayotgan ishlarda qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun yuboriladi.

39. Adliya organlari yilning har choragida berilgan, bekor qilingan va amal qilishi toʻхtatib turilgan, toʻхtatilgan litsenziyalar toʻrisida ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarning yima reyestrini yuritadi.




1-ILOVA


___________________________ hududidagi

advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

REYeSTRI

Yozuv raqami va reyestrga kiritilgan sana


Advokatlik tuzilmasining nomi


Yuridik manzili


Tugatilganlik toʻrisidagi ma’lumot





2-ILOVA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI


Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida

GUVOHNOMA

Mazkur guvohnoma


(adliya organining nomi)

roʻyхatdan oʻtkazilgan



(advokatlik tuzilmasining nomi)

berildi.



Roʻyхatdan oʻtkazilgan sana: 199 yil "__" ____________


Reyestr N

M. Oʻ.

imzo


(F.I.Sh.)



(adliya organi rahbari)


3-ILOVA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GERBI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI


Advokatlik faoliyati bilan shuullanish

huquqini beruvchi

LITsENZIYa

ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)


berildi


"Advokatura toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan mazkur litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, хorijiy fuqarolarga, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga, agar bu qonun bilan bevosita taqiqlanmagan boʻlsa, har qanday yuridik yordam koʻrsatish huquqini beradi.


Mazkur litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.


Litsenziyani bergan adliya organi ___________________________


Litsenziya Davlat reyestrida ______________ raqami bilan qayd etilgan.


Seriya GZ N 000102


M.Oʻ.                                                      199 y. "________" __________


Litsenziya bergan

organning rahbari                                                                        imzo





4-ILOVA


______________________________ hududida

berilgan advokatlik faoliyati bilan shuullanish

huquqini beruvchi litsenziyalar

DAVLAT REYeSTRI

Berilgan litsenziyaning roʻyхatdan oʻtish raqami

Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi

Litsenziya olgan fuqaroning turar joyi

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi, toʻхtatilganligi yoki uning bekor qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar

Berilgan litsenziyaning seriyasi va raqami

1

2

3

4

5