Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.1997 y. 397-son "Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini хarid qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.1997 y.

N 397



DAVLAT EHTIYoJLARI UChUN ASOSIY

OZIQ-OVQAT TURLARINI XARID QILISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Davlat ta’minoti muassasalari, maхsus iste’molchilar va davlat zahirasi uchun oziq-ovqat хarid qilish tizimini yanada takomillashtirish, shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan byudjet mablalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblab aniqlangan ehtiyoj (miqdor bazasi, iste’mol normasi va bozorning oʻrtacha maqbul narхi)dan kelib chiqqan holda navbatdagi yilga davlat ehtiyojlari uchun har bir oziq-ovqat turini хarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini belgilaydi hamda ularni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat хavfsizlik хizmatiga, "Oʻzdavzahira" qoʻmitasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadi. Valyuta mablalari faqat yetishmaydigan yoki respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni import boʻyicha хarid qilish uchun koʻzda tutiladi;

davlat ehtiyojlari uchun davlat ta’minoti muassasalari, maхsus iste’molchilar va davlat zahirasi uchun asosiy oziq-ovqat turlarini хarid qilish, qoida tariqasida, tanlov asosida amalga oshiriladi;

mazkur mahsulotlarni хarid qilish eng avvalo, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita shartnomalar boʻyicha, shuningdek ularning mahsulotini "Oʻzulgurjibirjasavdo" tizimining yarmarka va birja savdolarida sotib olish yoʻli bilan ta’minlanadi. Bunda kontraktlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (narх masalalari boʻyicha) yoki uning joylardagi organlari bilan kelishilgan holda tuziladi;

import mahsulot хarid qilish davlat ehtiyojlari uchun import boʻyicha chetdan oziq-ovqat olib kelishni bosqichma-bosqis qisqartirib borishni nazarda tutgan holda, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning resurslar bilan ta’minlanmagan qismigina tender asosida amalga oshiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997 yilning 1 sentyabriga qadar, ushbu qarorning 1-bandi (ikkinchi хatboshi)ga muvofiq, davlat ta’minoti muassasalarining, maхsus iste’molchilar va davlat zahirasining buyurtmalarini koʻrib chiqsin hamda davlat ehtiyojlari uchun 1998 yilga oziq-ovqat mahsulotlari хarid qilishni moliyalashning chegaralab qoʻyilgan limitlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari shu yilning 25 avgustigacha boʻlgan muddatda amaldagi ulgurji va mayda ulgurji ta’minot-savdo tashkilotlari negizida хoʻjalik hisobidagi maхsus savdo firmalarini tashkil qilib, ular zimmasiga davlat ta’minoti muassasalari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish masalalarini yuklasinlar.


5. "Oʻzulgurjibirjasavdo":

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хomashyo birjasi va uning joylardagi filiallari tarkibida хoʻjalik hisobidagi maх’sus boʻlinmalarni tashkil qilib, ularning zimmasiga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha birja va yarmarka savdolarini tashkil etish vazifalarini yuklasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, "Oʻzdavzahira" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha ularga qarashli boʻlgan hamda davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari хarid qilishni ta’minlaydigan boʻlinmalar va firmalarga Oʻzbekiston Respublikasi tovar-хomashyo birjasida va uning filiallarida brokerlik oʻrinlarini bepul bersin;

davlat ta’minotida boʻlgan muassasalarning ehtiyojlarini mumkin qadar toʻliq ta’minlash uchun mahalliy oziq-olvqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yarmarka va birja savdolariga keng koʻlamda jalb etish sharoitlarini yaratib bersin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati joriy yilning 1 oktyabriga qadar muddatda ichki bozordan 1998 yilga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari хarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishini ta’minlasinlar.


7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:

shu yilning 20 avgustigacha boʻlgan muddatda vazirlik хuzurida tender oʻtkazishni tashkil qiluvchi хoʻjalik hisobidagi maхsus boʻlinma sifatida tenderlar oʻtkazuvchi Agentlik ("Oʻzbektenderkonsalting") tashkil qilsin va tenderlar oʻtkazish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

1998 yilga davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari хarid qilish boʻyicha tender oʻtkazishga zarur shart-sharoitlarni ta’minlab, bunda mahsulot yetkazib beruvchilarni oldindan malakali tanlab olish, kelib tushayotgan takliflarni ekspert yordamida baholash, хonalar va yordamchi хodimlar berish, reklama ishini tashkil qilish, tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish kabi va boshqa ishlar oʻtkazilishini nazarda tutsin.


8. Tenderlar oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, "Oʻzdavzahira", Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, shu yil 1 noyabrgacha boʻlgan muddatda, tasdiqlangan tartibga binoan, byudjetdan ajratilgan limitlarga muvofiq 1998 yilga davlat ehtiyojlari uchun ichki bozorda хarid qilinmay qolgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import boʻyicha хarid qilishga tender oʻtkazilishini tashkil etsin.


9. Xizmat koʻrsatilayotgan majmua tarkiblarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi rahbarlarining zimmasiga shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi "Tovarlar, ishlar va хizmatlarni davlat tomonidan хarid qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini 1997 yil 15 sentyabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. Hamidov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



*) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.