Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.1997 y. 447-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.09.1997 y.

N 447



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining tarkibini oʻzgartirish toʻrisida" 1997 yil 1 avgustdagi PF-1827-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 11 iyuldagi 356-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

g) 5-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi asoslangan hisob-kitoblardan kelib chiqib hamda tegishli vazirliklar va idoralarning хulosalari boʻyicha ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mehnatga haq toʻlash fondini tartibga solish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Naqd pul tushumidan foydalanishni tartibga solish toʻrisida" 1995 yil 3 fevraldagi 29-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Istisno hollarda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi naqd pul massasini tartibga solish va hisob-kitoblarni naqd pul mablalari bilan amalga oshirish, shuningdek mayda ulgurji operatsiyalar boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin".



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                       Oʻ. Sultonov