Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.11.1997 y. 510-son "Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.11.1997 y.

N 510



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BARQAROR RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA

MILLIY KOMISSIYaSI TOʻRISIDA


BMT Konferensiyasining atrof-muhit va rivojlantirish boʻyicha qarorlari va tavsiyanomalari bajarilishini tashkil etish, Oʻzbekistonning barqaror rivojlantirish prinsiplariga oʻtish muammolarini hal qilish boʻyicha хalqaro va mintaqaviy hamkorlikda samarali qatnashishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

3. Milliy komissiya:

Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy strategiya konsepsiyasini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining "XXI asrga kun tartibi" milliy dasturi loyihasini ishlab chiqish tartibi va muddatlari toʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

BMT bilan kelishilgan muddatlarda Barqaror rivojlantirish boʻyicha har yillik Milliy hisobotlarni tayyorlasin va unga taqdim etsin;

Orolni qutqarish хalqaro jamarmasi ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda BMT rivojlantirish dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatхonasi bilan kelishgan holda Barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy komissiyasining doimiy ishlovchi kotibiyatini tashkil etsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov