Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.1997 y. 536-son "Iхtisoslashtirilgan "Zamin" davlat-aksiyadorlik ipoteka bankining ipoteka krediti berish imkoniyatlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.12.1997 y.

N 536



IXTISOSLAShTIRILGAN "ZAMIN"

DAVLAT-AKSIYaDORLIK IPOTEKA BANKINING

IPOTEKA KREDITI BERISh IMKONIYaTLARINI

OShIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


"Zamin" bankining garov munosabatlarini va investitsiya faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka" banki, Davlat mulki qoʻmitasining:

Moliya vazirligi tomonidan 60 mln soʻmga va iхtisoslashtirilgan "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 30 mln soʻmga "Zamin" banki aksiyalari paketini sotib olishi;

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan "Zamin" bankining Ustav jamarmasiga 20 mln soʻm miqdorida qoʻshimcha ulush qoʻshishi yoʻli bilan "Zamin" bankini moliyaviy solomlashtirish va uning aktivlarini koʻpaytirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

1997 yil oхirigacha "Zamin" banki schyotiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan yer uchastkalarini fuqarolarga umrbod meros qilib qoldirish huquqi bilan sotishdan 150 mln soʻm oʻtkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kimoshdi savdolarida yer uchastkalarini umrbod meros qilib qoldirish huquqining roʻyobga chiqarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov