Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.1997 y. 575-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.12.1997 y.

N 575



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslardan soliqlar va yiimlarni undirishni tartibga solish toʻrisida" 1997 yil 23 oktyabrdagi 483-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 29 dekabrdagi

575-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi "n" kichik band bilan toʻldirilsin:

"n) ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq toʻlovlari uchun mablalarni bevosita aholidan yiish";

"n" - "s" kichik bandlar tegishlicha "o" - "t" kichik bandlar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholi bilan hisob-kitoblar qilishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy tartibda qoʻllash toʻrisida" 1994 yil 26 dekabrdagi 621-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Belgilansinki, turun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaхslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir".