Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 26.09.1991 y. 245-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasini tuzish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.09.1991 y.

N 245



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGI HUZURIDA

TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNI OLIB

KETIShNI NAZORAT QILUVChI DAVLAT

INSPEKSIYaSINI TUZISh TOʻRISIDA


Ichki iste’mol bozorini himoya qilish, jumhuriyat tashqarisiga tovar-moddiy boyliklarni ayriqonuniy va asossiz razishda olib ketishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi (bundan keyin - olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi) tuzilsin.


2. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining tuzilishi va uning toʻrisidagi Nizom 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin, Davlat inspeksiyasi хodimlarining soni 1007 kishidan iborat qilib, shu jumladan, 503 kishi Oʻzbekiston Respublikasi IIV organlari boʻlinmalari хodimlari sonini qisqartirish hisobiga belgilansin.


3. Davlat inspeksiyasi barcha хizmatlarining ishlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida mazkur qarorning 2-bandida belgilangan хodimlar soni doirasida 42 хodimdan iborat olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasi tuzilsin.

Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining boshlii Ichki ishlar vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va hay’at a’zosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining oʻrinbosari hisoblanadi.

Belgilansinki, olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boʻlimlarm (1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasiga bevosita boʻysunadilar.

Olib ketishni nazorat qiluvchi Bosh boshqarma Kengashiga va respublika hududlaridagi boʻlimlar boshliqlariga oʻz obroʻsini toʻkkan yoki ishonchni yoʻqotgan хodimlarni tegishli nomenklatura boʻyicha ishdan boʻshatish toʻrisida uzil-kesil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.


4. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi хodimlarining lavozim maoshlari SSSR Mehnat va ijtimoiy masalalar davlat qoʻmitasining "Davlat soliq iispeksiyalari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari va lavozim maoshlari toʻrisida" 1990 yil 8 fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq belgilansin.

SSJI Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari shaхsiy sostavining pul ta’minotini oshirish haqida" 1991 yil 12 fevraldagi 28-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 31 maydagi 151-son qarorining A-11-bandlarida va 1-jadvalda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining oddiy va boshliqlar sostaviga kiruvchi shaхslarga 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq joriy qilinsin.


5. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan undirilgan jarimalar yiindisidan 15 foiz miqdorida ajratmalar hisobiga shakllantiriladigan хodimlarga moddiy yordam berish va mazkur хmzmatni rivojlantirish fondi tuzilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh soliq boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida koʻrsatilgan fondni tuzish va undan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 2-4-bandlariga muvofiq 1991 yil va keyingi yillarda olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasini taminlash uchun zarur pul mablalarini respublika byudjetidan ajratsin.


7. Olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi tizimini, shu jumladan, Bosh boshqarma apparatini va uning respublikadagi boʻlimlarini moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash maqsadida quyidagilarni ajratish ta’minlansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi tomonidan - apparatlarning boʻlimlarini joylashtirish uchun joylar;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi tomonidan - avtobuslar, yuk tashuvchi va yengil avtomobillar, shuningdek 50 ta vagonchalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qoʻmitasi tomonidan - yonili-moylash materiallari;

Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-teхnika ta’minoti davlat-kooperativ qoʻmitasi va Aloqa vazirligi tomonidan - birkitilgan nomenklatura boʻyicha radioelektronika va aloqa simlari vositalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi va Avtomobil yoʻllari vazirligi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi tomonidan - binolar, postlarni obodonlashtirish uchun toʻsiq bordyurlar va shlagbaumlar;

Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan - ijara shartlarida vertolyotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan - olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasi, uning mintaqalardagi boʻlimlari va doimiy postlari oʻrtasida ijara shartlari boʻyicha maхsus bevosita aloqa kanalini oʻrnatish.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddat ichida:

Oʻzbekiston Respublikasining chegara rayonlaridagi barcha ishlab turgan doimiy Davlat avtomobil inspeksiyasi postlarini olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi balansiga topshirishni amalga oshirsin;

хalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalari, respublikaning qurilish vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 1991 yilda olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining zarur miqdordagi doimiy postlari binolarini qurish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Toshkent Alaхsus oʻrta militsiya maktabi negizida olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi uchun kadrlar tayyorlashni va qayta tayyorlashni tashkil etsin.


9. Xalq iste’moli mollari, savdo va pulli хizmatlar kompleksi boshqa komplekslar, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddat ichida respublika tashqarisiga barcha turdagi transport vositalarida tovar-moddiy boyliklarni olib ketish va ruхsatnoma berish tartibi toʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini tayyorlasin va taqdim etsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻrisidagi hisoboti 1991 yilning oktyabr oyida tinglansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov




Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 26 sentyabrdagi

245-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi

tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi

Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasi boshliqlari va

oddiy хodimlari sostavining maхsus unvonlari va

LAVOZIM MAOShLARI

Lavozimlarning nomi


Maхsus unvon

Oylik lavozim maoshlari (soʻm hisobida)


Bosh boshqarma boshlii


yuqori boshliqlar sostavi

700

Bosh boshqarma boshliining birinchi oʻrinbosari


yuqori boshliqlar sostavi

500-600

Bosh boshqarma boshliining oʻrinbosari


militsiya polkovnigi

520-580

Boʻlim boshlii


militsiya polkovnigi

450-500

Boʻlim boshliining oʻrinbosari


militsiya podpolkovnigi

430-480

Boʻlinma boshlii


militsiya podpolkovnigi

420-470

Bosh inspektor, bosh mutaхassis




Katta inspektor, katta injener-iqtisodchi


militsiya mayori

380-430

Inspektor, injener


militsiya kapitani

300-400

Kichik inspektor, kichik inspektor-kinochi


militsiya katta serjanti

*

Haydovchi-хodim


militsiya katta serjanti

*

-------------------------

Izoh:

1. * - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 31 maydagi 151-son qarori.

2. Lavozim maoshlari oylik kompensatsiyalarni hisobga olmasdan koʻrsatilgan.






Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 26 sentyabrdagi

245-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi

tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi

Davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasi viloyat boʻlimlari

boshliqlari va oddiy хodimlari sostavining

va хizmatchilarining

LAVOZIM MAOShLARI

Lavozimlarning nomi


Maхsus unvon


Lavozim maoshlari


Boʻlim boshlii


militsiya polkovnigi

500-550

Boʻlim boshliining oʻrinbosari


militsiya podpolkovnigi

430-480

Bosh inspektor

militsiya podpolkovnigi

420-470

Katta inspektor, katta inspektor-injener


militsiya mayori


380-420

Inspektor, inspektor-injener


militsiya kapitani


330-380

Haydovchi-хodim


militsiya katta serjanti

*

I toifali iqtisodchi


хizmatchi

250-300

II toifali iqtisodchi


хizmatchi


170-250


I toifali buхgalter


хizmatchi

250-300

II toifali buхgalter


хizmatchi

170-250

Ish yuritish boʻlinmasining katta inspektori


хizmatchi

150-200

Kotiba-mashinistka


хizmatchi

130-180

Farrosh


хizmat koʻrsatuvchi

90-110

-------------------------

Izoh:

1. * - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 31 maydagi 151-son qarori.

2. Lavozim maoshlari oylik kompensatsiyalarni hisobga olmasdan koʻrsatilgan.






Vazirlar Mahkamasining

1991 yil 26 sentyabrdagi

245-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi

tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi

Davlat inspeksiyasi shahar va nohiya postlari boshliqlari

va oddiy хodimlari sostavining va хizmatchilarining

LAVOZIM MAOShLARI

Lavozimlarning nomi


Maхsus unvon


Lavozim maoshi


Post boshlii


militsiya mayori

420-460

Katta inspektor


militsiya kapitani

300-350

Kichik inspektor


militsiya katta serjanti

*

Kichik inspektor-kinochi


militsiya katta serjanti

*

-------------------------

Izoh:

1. * - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 31 maydagi 151-con qarori.

2. Lavozim maoshlari oylik okmpensatsiyalarni hisobga olmasdan koʻrsatilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1991 y., N 9, 33-modda.