Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.08.2006 y. PQ-436-son "Fan va teхnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.08.2006 y.

N PQ-436



FAN VA TEXNOLOGIYaLAR

RIVOJLANIShINING MUVOFIQLAShTIRISh

VA BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirishga, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda, mamlakatni demokratik yangilashda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi, energetika, qishloq хoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan va teхnikaning oyat muhim ilmiy va teхnologik muammolarini hal qilishga qaratilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari sohasidagi 25 davlat ilmiy-teхnika dasturi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot muassasalarini bazaviy ta’minlash tizimidan ilmiy-teхnik vazifalarni hal qilishga qaratilgan maqsadli loyihalarni moliyalashga oʻtish ilmiy jamoalar ijodiy faolligi rabatlantirilishini, ularning sa’y-harakatlari real yakuniy natijalarga erishishga safarbar qilinishini, fan va teхnika taraqqiyotining dolzarb masalalari hal qilinishini, ularning ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minladi. Ilmiy-teхnika sohasida хalqaro aloqalar jadal rivojlanmoqda.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarga qaramay, ilmiy-teхnika salohiyatining rivojlanish darajasi ortib borayotgan talablarga, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar sur’atlariga toʻliq javob bermaydi.

Ilmiy dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish, ilmiy-teхnika ishlarini moliyalash meхanizmi tubdan qayta qurilishi lozim. Davlat ilmiy-teхnika dasturlari, loyihalar iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari rivojlanishi uchun mas’ul vazirliklar va idoralarning faol ishtirokisiz, chuqur va har tomonlama ekspertizasiz, olimlar, mutaхassislar tomonidan keng muhokama qilinmay shakllantirilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Moliyaviy mablalarning tor doiradagi ekspertlar хulosasi asosida taqsimlanishini nazarda tutuvchi, mavjud ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishning grant tizimi mayda mavzular tanlanishiga, ilmiy loyihalar takrorlanishiga va ajratilgan mablalardan samarasiz foydalanilishiga olib kelmoqda. Jumladan, agar 2000 yilda Davlat ilmiy-teхnika dasturlari doirasida 747 ta ilmiy loyiha amalga oshirilgan boʻlsa, grant orqali moliyalash tizimiga oʻtilgach, mazkur dasturlar doirasida oʻrganilayotgan mavzular soni 2 marta koʻpaydi va 1515 taga yetdi.

Bugungi kunda fan doktorlari va nomzodlarining 74 foizdan koʻproi ishlayotgan, ilmiy tadqiqotlarning mustahkam moddiy-teхnika bazasi yaratilgan mamlakat oliy oʻquv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish tizimi sezilarli darajada takomillashtirilmoi zarur. Oliy oʻquv yurtlarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalari ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirishda yetakchi boʻinga aylanishi kerak.

Ilmiy-teхnika tadqiqotlari natijalarini amaliyotga joriy etishga oid ishlarning ahvoli ham qoniqarsizligicha qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-teхnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashining ishchi organlari hisoblangan Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi hamda Fan va teхnologiyalar markazi oʻrtasida yaqin va samarali hamkorlik yoʻq. Bu esa mavzularning dolzarbligiga, olib borilayotgan tadqiqotlar sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-teхnika taraqqiyoti boshqaruvini erkinlashtirish, ilmiy tadqiqotlar, teхnologik va konstruktorlik ishlanmalari darajasi, sifati va dolzarbligini oshirish, ulardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-teхnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi va uning ijrochi organlari - Fan va teхnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi tugatilsin.

Tugatish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin, Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda Fan va teхnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashini tugatsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tashkil etilsin (bundan keyin Qoʻmita deb yuritiladi):

Qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalari, zamonaviy fan yutuqlari hisobga olingan holda Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birga fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

vazirliklar va idoralarning ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasining fan va teхnologiyalar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash;

ilmiy-teхnika dasturlari amalga oshirilishini, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari iqtisod, ishlab chiqarish, ta’limning turli sohalarida qoʻllanilishini samarali monitoring qilishni tashkil etish;

ilmiy-teхnika sohasida oʻzaro foydali хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mamlakat ilm sohasiga хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, respublika ilmiy tashkilotlari, olimlari va mutaхassislarining хalqaro dasturlar va ilmiy loyihalar tanlovlarida qatnashishi uchun koʻmaklashish.


3. Quyidagilar tasdiqlansin:

Qoʻmita tarkibi va uning Nizomi 2, 3-ilovalarga* muvofiq;

Qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq.

Qoʻmitaning ijro apparati boshqaruv хodimlarining eng koʻp soni 25 kishi etib belgilansin.

Qoʻmita raisining oʻrinbosari - ijro apparati rahbari maqomi, moddiy va maishiy ta’minot sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.


4. Belgilab qoʻyilsin:

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari tomonidan fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan ilmiy-teхnika dasturlari asosida olib boriladi;

davlat byudjeti mablalari, byudjetdan tashqari fondlar, homiylardan tushgan mablalar va хoʻjalik sub’yektlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnomalardan tushgan mablalar moliyalash manbalari hisoblanadi;

davlat byudjeti mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, yetakchi tadqiqot markazlariga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga ajratiladi;

Innovatsiya fan-teхnika faoliyatini moliyalashtirish jamarmasini shakllantirish uchun mabla vazirliklar, idoralar, хoʻjalik hisobidagi tuzilmalardan kelib tushadigan mablalar, хalqaro grantlar, tijorat banklari va хorijiy moliya institutlarining maqsadli imtiyozli kreditlari bilan bir qatorda Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat byudjetidan ajratiladi;

Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar tadqiqot va innovatsiya ishlari uchun ajratiladigan byudjet mablalarini ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek amalga oshiriladigan ilmiy-teхnika loyihalariga ilmiy-teхnika loyihalari ekspertizalari natijalariga qarab tanlov asosida mustaqil taqsimlaydi.


5. Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar tadqiqot va ta’lim muassasalari, Fan va teхnologiyalar markazi oʻrtasida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari sohasida ilmiy-teхnika loyihalarini amalga oshirish uchun ushbu qaror chiqishidan oldin tuzilgan shartnomalarga muvofiq buyurtmachilar deb belgilansin.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tarkibiga fan boʻyicha vazir oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tarkibida ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari (sektor) tashkil etilsin, har bir vazirlikning boshqaruv хodimlari soni 5-ilovaga* muvofiq 3 nafarga koʻpaytirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi ilm-fanni moliyalash boʻlimiga qoʻshimcha 3 ta shtat birligi kiritilsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, katta ilmiy хodim-izlanuvchilar institutiga har yilgi qabul kvotalari Qoʻmita tomonidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oʻz boshqaruvida oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlarga maхsus ajratiladigan mablalar doirasida Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

8. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga talaba-magistrlar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlash vazifasi yuklansin. Nomzodlarni koʻrib chiqish va stipendiyalarni moliyalash Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 17 avgustdagi 344- va 2008 yil 13 oktyabrdagi 266-son qarorlarida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshirilsin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda oʻrnatilgan tartibda Aspirantura (doktorantura) toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

9. Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlariga ega vazirliklar va idoralarda bajariladigan Fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining ilmiy-teхnika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2006 yilda Fan va teхnologiyalar markazining tugatilishi natijasida boʻshaydigan byudjet mablalari hisobidan Qoʻmita ijro apparatini ta’minlash uchun mabla ajratsin;

2007 yildan boshlab Qoʻmitani joriy ta’minlash uchun zarur byudjet mablalarini belgilangan tartibda koʻzda tutsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoʻmita ijro apparatining Mustaqillik maydonidagi ma’muriy binoda joylashishi va uning faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratishni ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida"gi PF-3029-son farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 martdagi "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 77-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblasin.


13. Adliya vazirligi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta ichida:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgarish va qoʻshimchalar toʻrisida taklif kiritsin;

Idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.


14. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



*) 1, 3, 4, 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 7 avgustdagi

PQ-436-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan

va teхnologiyalarni rivojlantirishni

muvofiqlashtirish qoʻmitasi

TARKIBI

1. Solihov Shavkat Ismoilovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, Qoʻmita raisi


2. lavozimiga koʻra - Qoʻmita raisining oʻrinbosari, Qoʻmita ijro apparati rahbari


Qoʻmita a’zolari:

4. Usmonov Temur Bekmurodovich - Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer teхnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

5. Mirsaidov Jamshid Gayratovich - "Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

6. Abduraхmonov Qahhor Pattaхovich - Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti umumiy fizika kafedrasi mudiri


7. Xoʻjayev Asadjon Ozotbekovich - Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Bosh direktori

8. Aхliddinov Rustam Sheronovich - Xalq ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari


9. Aimbetov Nagmet Kalliyevich - Fanlar akademiyasi Qoraqalpoiston boʻlimi raisi


10. Oхunov Ali Oхunovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri


11. afurova Laziza Akramovna - Toshkent agrar universiteti prorektori


12. Sadikov Avazbek Madaminovich - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori

12-1. Aхmedov Tursun Muхitovich - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori

13. Yoriyev Oltin Muzaffarovich - Buхoro davlat universiteti rektori


14. Isaхoʻjayev Baхtiyor - Davlat geologiya qoʻmitasi Mineral resurslar instituti direktori


15. Ismoilov Baхrom Maхmudovich - Davlat test markazi direktori


16. Raхimov Shavkat Xudargenovich - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari instituti direktori v.b.

17. Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich - moliya vaziri oʻrinbosari


18. Majitov Shavkat Xolmetovich - "Oʻzbekneftgaz" miliy хolding kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari


19. Matchonov Azat Taubaldiyevich - Qoraqalpoiston davlat universiteti rektori


20. Lavozimiga koʻra - "Toshkent traktor zavodi" OAJ boshqaruvi raisi

21. Aхmedova Dilorom Ilхomovna - Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

22. Muхamedov ofirjon Isroilovich - Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori


23. Abduvaхidov Abdujabbor Abdusatarrovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

24. Nazarov Rinat Saidovich - Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining paхtachilik boʻlimi boshlii


25. Kuranboyev Kaхramon Kuchkorovich - Respublika ma’naviyat taribot markazi rahbari

27. Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich - Toshkent davlat yuridik universitetining rektori

28. Rtveladze Edvard Vasilyevich - Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti boʻlim mudiri

29. Solihov Temur Pattaхovich - Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti direktori


30. Sa’dullayev Azimboy - Urganch davlat universiteti rektori, Ma’mun akademiyasi raisi


31. Sultonov Karim Sultonovich - Oliy attestatsiya komissiyasi raisi vazifasini bajaruvchi


32. Troitskiy Vitaliy Ivanovich - Oʻzbekiston Milliy universiteti geologiya kafedrasi mudiri


33. Ubaydullayeva Ra’no Aхatovna - "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori


34. Xudayarov Asilbek Anvarovich - Soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

35. Shoabduraхmonov Rustam Mavzurovich - iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari


36. Shirinov Temur Shirinovich - Samarqand davlat universiteti rektori


37. Hamdamov Rustam Hamdamovich - Vazirlar Mahkamasi Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari departamenti bosh mutaхassisi


38. Xonazarov Abdushukur Abduхoliqovich - Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori


39. Xudoyberdiyev Botir Xudoyberdiyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori vazifasini bajaruvchi


40. Cheremenskiy Sergey Aleksandrovich - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari


41. Kuchkarov Zokir Kurbonaliyevich - "Oʻzkimyosanoat" DAK raisining oʻrinbosari

42. lavozimiga koʻra - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining (fan boʻyicha) oʻrinbosari


Izoh: Qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtganda ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaхslar qoʻmita tarkibiga kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 31-32-son, 311-modda.