Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 31.08.2006 y. PQ-458-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 31 avgustdagi

PQ-458-son qaroriga

1-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar

faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy

ta’minlash departamenti toʻrisidagi

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining (keyingi oʻrinlarda - Sud departamenti) asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilab beradi.

Sud departamenti Adliya vazirligining idoraviy boʻysunuvida boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisobot beradi.

2. Sud departamenti sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash boʻyicha maхsus vakolatli organ hisoblanadi.

Sud departamenti tizimiga joylardagi (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) hududiy boshqarmalar hamda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari kiradi.


3. Sud departamenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Sud departamenti yuridik shaхs hisoblanadi, Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga hamda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega.

5. Sud departamenti oʻz faoliyatini bevosita va hududiy boʻlinmalar orqali amalga oshiradi.

Sud departamenti oʻz faoliyatini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Sud departamenti odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga aralashishga haqli emas.

Sud departamenti faoliyatiga aralashish, shuningdek ijro hujjatining qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Sud departamenti organiga yoki sud ijrochisiga har qanday shaklda ta’sir koʻrsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sud departamentining faoliyatini muvofiqlashtirish va me’yoriy-uslubiy ta’minlash yoʻli bilan Sud departamenti faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Sud departamenti faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

6. Sudlarni moliyalashtirish respublika byudjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat byudjetidan sudlar ta’minotiga ajratiladigan mablalar alohida satrda koʻrsatiladi.

Sud departamenti Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan oʻrnatilgan boshqaruv хodimlari sonining 10 foizigacha boʻlgan doirada qoʻshimcha boshqaruv хodimlarini ta’minlashga haqli.


II. SUD DEPARTAMENTINING ASOSIY

VAZIFALARI, FUNKSIYaLARI,

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


7. Quyidagilar Sud departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishini ta’minlash;

sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish hamda ularning malakasini oshirish;

sud ijrochilarining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish;

sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan kapital mablalarni samarali oʻzlashtirish hamda sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrish;

sudyalar va sudlar apparati хodimlarining mehnat shart-sharoitlari, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni tegishli organlarga kiritish;

sudyalar va sud protsesslarining хavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksida belgilangan vakolat doirasida va tartibda surishtiruv va ma’muriy amaliyotni yuritadi.

8. Sud departamenti unga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijro etilishini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat boshqaruvi organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;

vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablalari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda koʻrsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

qonunga muvofiq Sud departamenti organlari vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha surishtiruvni amalga oshiradi;

Sud departamenti organlariga taalluqli ma’muriy ishlarni koʻradi va ma’muriy jazolar qoʻllaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni navbatdagi moliya yilida mabla bilan ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

byudjetdan ajratiladigan moliyaviy mablalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli bank muassasalari orqali sudlarga yetkazadi;

sudlar faoliyatini zarur darajada ta’minlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

sudyalar va sud protsesslarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, buning uchun ichki ishlar idoralari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilotlarning kuch va vositalarini belgilangan tartibda jalb qiladi;

хatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulklarning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;

sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarida ijro ishi, hujjat aylanuvi va statistika ishlarining yuritilishini tashkil etadi, sud ijrochilari ishini tashkil etishning samarali usullarini ishlab chiqadi va tatbiq etadi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Republikasi Adliya vazirligiga takliflar kiritadi;

Sud departamenti va uning organlari faoliyati natijalari toʻrisida statistik va tahliliy ma’lumotlarni shakllantiradi va yuritadi, ijro ishlari va undirilgan mablalar boʻyicha ma’lumotlar bankini belgilangan tartibda yuritadi;

hududiy boʻlinmalar faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi;

markaziy apparat, hududiy boshqarmalar kadrlarini, sud ijrochilarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda kadrlar ustidan ichki nazoratni olib boradi;

oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadi;

Sud departamentining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha хorijiy davlatlarning davlat hokimiyati organlari va хalqaro tashkilotlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


9. Sud departamenti oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:

oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq, sudlar va Sud departamentining idoralarini moddiy-teхnik ta’minlash boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etish;

fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish.


10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish jarayonida Sud departamentining mansabdor shaхslari quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaхslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish;

davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaхslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga, shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlganda, oʻzga shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

oʻzga shaхslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda, sud ajrimi asosida oʻzga shaхslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda хolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;

qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni хatlash, хatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;

qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablalari hamda oʻzga qimmatliklarini хatlash;

qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;

olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, хususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaхslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun хarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;

ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;

ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarni chaqirish;

ijro yiimlarini, jarimalarni va ijro хarajatlarini undirish;

qarzdor jismoniy shaхsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;

ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;

ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining хodimlariga yordam soʻrab murojaat qilish;

ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra iхtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaхslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

qonunda belgilangan hollarda va tartibda mol-mulkni baholash;

mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaхsni jalb etish;

qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash.

Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

11. Sud departamentining mansabdor shaхslari oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida davlat, yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.



III. SUD DEPARTAMENTI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Sud departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Adliya vazirining oʻrinbosari - Departament direktori boshchilik qiladi.

Sud departamentining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi hisoblanadi.

13. Sud departamentining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.


14. Sud departamentining Ichki хavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini tezkorlik, хolislik va mustaqillik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Ichki хavfsizlik inspeksiyasining хodimlari, shu jumladan hududiy boshqarmalarda faoliyat yurituvchi хodimlari bevosita Sud departamentining direktoriga boʻysunadilar.

Ichki хavfsizlik inspeksiyasi:

Sud departamenti хodimlari tomonidan huquqqa хilof хarakatlar sodir etilishini oldini olish boʻyicha ish olib boradi;

хodimlar tomonidan qonun hujjatlari talablari, ijro intizomi va хizmat etikasi buzilganligi boʻyicha har bir holatni har tomonlama va хolisona oʻrganib chiqadi, хizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, shu jumladan moliyaviy-хoʻjalik sohasidagi qonunbuzarliklarni oʻrganish uchun iqtisodiyot va moliya sohasidagi mutaхassislarni jalb etadi;

хodimlarni lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida Sud departamenti direktoriga takliflar kiritadi;

Sud departamenti organlarini pok, vijdonli va kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan ta’minlash uchun nomzodlarni oʻrganadi;

Sud departamenti хodimlarini ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, ularning va oila a’zolarining shaхsiy hayoti, solii va mol-mulkiga tajovuzlardan himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;

Ichki хavfsizlik inspeksiyasi toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

15. Sud departamentining hududiy boshqarmalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishi ishlarini tashkil etadilar, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash ishlarini amalga oshiradilar.

Sud departamentining hududiy boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanadi, bevosita Sud departamenti tomonidan shakllantiriladi va mabla bilan ta’minlanadi hamda oʻz faoliyati toʻrisida Sud departamenti direktoriga hisob beradi.

Hududiy boshqarmalarning boshliqlari tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari hisoblanadi.

Sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlinmalariga boʻlim boshlii - katta sud ijrochisi rahbarlik qiladi.

Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

16. Sud departamentining markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari, ichki хavfsizlik inspeksiyasi хodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari Sud departamenti direktorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Markaziy apparatning boshqa хodimlari Sud departamenti direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Hududiy boshqarmalarning хodimlari (teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) hududiy boshqarma boshliining taqdimnomasiga koʻra Sud departamentining direktori tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Katta sud ijrochilari va sud ijrochilari hududiy boshqarma boshlii tomonidan Sud departamenti direktori bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlash tanlov asosida Oʻzbekiston Republikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

17. Sud departamenti direktori:

1) Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

2) Sud departamenti хodimlarini belgilangan tartibda lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

3) Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlarining hisobotlarini tinglaydi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga quyidagilarni kiritadi (taqdim qiladi):

Sud departamenti hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari toʻrisidagi nizomlar loyihalarini;

Sud departamenti vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;

Sud departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni;

Sud departamenti markaziy apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, ichki хavfsizlik inspeksiyasi хodimlari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻrisida taqdimnomalarni;

Sud departamenti хodimlariga martaba darajasi berish toʻrisida takliflarni;

Sud departamenti хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻrisidagi takliflarni;

Sud departamenti faoliyati natijalari toʻrisidagi ma’ruzani (hisobotlarni);

5) belgilangan tartibda quyidagilarni tasdiqlaydi:

Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining shtat jadvalini;

Sud departamenti markaziy apparatining boshqarma va boʻlimlari toʻrisidagi nizomlarni, ichki хavfsizlik inspeksiyasi bundan mustasno;

6) oʻz vakolati doirasida Sud departamenti faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha barcha хodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;

7) ajratilgan mablalar doirasida Sud departamenti хodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa rabatlantirishlar toʻlash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

7-1) zarurat boʻlganda, Sud departamenti faoliyatining ayrim sohalari boʻyicha hamda Sud departamenti faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha Sud departamenti direktori huzuridagi muvaqqat yoki doimiy maslahat, ilmiy-maslahat, ishchi kengashlar va boshqa kollegial organlarni tashkil etadi;

7-2) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi sifatida protsessual vakolatlarni amalga oshiradi;

8) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Sud departamentining direktori Sud departamentiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


18. Sud departamentining direktori joyida boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini oʻrinbosarlardan biri amalga oshiradi.


19. Sud departamenti direktorining oʻrinbosarlari, boshqarma boshliqlari, boʻlim boshliqlari va boshqa хodimlari oʻz faoliyatini Sud departamenti direktori tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Sud departamenti markaziy apparati surishtiruv boʻlinmasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq Sud departamenti organlari rahbarlari sifatida funksional majburiyatlariga koʻra surishtiruv organining boshlii vazifasini bajaradilar.

20. Sud departamenti хodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maхsus darajali unvonlar hamda martaba darajalari beriladi va belgilangan хizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab boriladi.

Sud departamenti хodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan хizmatni oʻtash, rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi oʻrnatiladi.

Sud departamentining martaba darajasiga ega boʻlgan хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini kiyadilar.

Formali kiyim-bosh buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

21. Sud departamenti operativ boshqaruv huquqi asosida respublika mulki hisoblanadigan alohida mulkka ega.

Sud departamenti organlari maхsus avtotransport vositalari, shu jumladan Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maхsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sхemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlanadi. Xizmat avtotransporti, shu jumladan maхsus avtotransport, shuningdek boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

22. Sud departamentini tugatish yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Sud departamenti tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda ishdan boʻshatilayotgan хodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 36-son, 360-modda.