Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.09.2006 y. 205-son "Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.09.2006 y.

N 205



QIMMATBAHO METALLAR VA TOShLARDAN

ZARGARLIK BUYuMLARI TAYYoRLASh

FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

MASALALARI TOʻRISIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 27 sentyabrdagi

205-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar

va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash

faoliyatini litsenziyalash komissiyasi

TARKIBI

Azimov R.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi


Alimov F.M.

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlii, Komissiya raisining oʻrinbosari


Qobilov I.M.

- Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentining yetakchi mutaхassisi, Komissiya kotibi


Patullayev A.A.

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshliining oʻrinbosari


Usenov N.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining nazorat-taftish boʻlimi boshlii


Abduqodirov A.A.

- "Oʻzstandart" agentligining davlat inspektori


Yakubov A.I.

- "Fonon" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1-Toshkent zargarlik zavodi direktorining oʻrinbosari


Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtganda Komissiya tarkibiga ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 27 sentyabrdagi

205-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 12 noyabrdagi 503-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 115-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 33-ilova.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilova 36-bandining yigirma toʻqqizinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son,13-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 7 noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oʻn yettinchi хatboshi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 32-bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 39-son, 390-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 9, 72-modda.