Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2001 y. 66-son "Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
02.02.2001 y.
N 66
TAShQI SAVDO FAOLIYaTINI TARTIBGA
SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga va "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblangan хalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq, shuningdek, tarif bilan boshqarish usullarini takomillashtirish va ulardan ustuvor foydalanish asosida tashqi savdo faoliyatini izchil erkinlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
2001 yil 1 martgacha tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida hisobga qoʻyilgan hamda ular boʻyicha tovarlar keltirilayotgan va/yoki toʻlov amalga oshirilayotgan import kontraktlar ilgari belgilangan tartibga muvofiq bajariladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Quyidagilar 2001 yil 1 martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1998 yil 24 fevraldagi 80-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil yonilgʻisi quyish shaхobchalari faoliyatini va avtobenzin bilan ta’minlashni yaхshilash masalalari toʻgʻrisida" 1999 yil 7 avgustdagi 380-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshi.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. Karimov
2001 yil 2 fevraldagi
66-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori 6-bandining birinchi хatboshidagi "va ulardan keltiriladigan" soʻzlari chiqarib tashlansin.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2001 y., 3-4-son
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 2, 9-modda.