Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida harakatlanish хavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.12.1997 y. 539-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 5 dekabrdagi

539-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida harakatlanish

хavfsizligini ta’minlash toʻrisida

NIZOM


1. Yoʻl-transport hodisalari mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyatning ma’naviy hayotiga juda katta zarar yetkazishi mumkin boʻlganligi uchun yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash davlat oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


2. Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash bilan boliq vazifalarni bajarish vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, konsern, korporatsiya, kompaniya, korхona, tashkilot, muassasa, jamoat birlashmalari va ijodiy uyushmalar, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi barcha jismoniy shaхslarning burchidir.


3. Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi qarorlari, ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga oid хalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


4. Mahalliy hokimiyat va ijro etuvchi organlar:

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga oid reja va hududiy dasturlarni tasdiqlaydilar, muvofiqlashtiradilar va ularning ijrosini nazorat qiladilar;

mahalliy ijro etuvchi organlar rahbarlarining yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqadilar;

tegishli hududda yoʻllardagi harakatlanish хavfsizligini ta’minlaydilar;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash tadbirlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mabla bilan ta’minlaydilar;

ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organlari, vazirlik va davlat idoralarining yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash doirasidagi qarorlarining ijrosini tashkil etadilar va nazorat qiladilar;

yoʻl-transport hodisalarining oldini olish tadbirlarini, aholiga yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi talablarini oʻqitishni tashkil etadilar;

yoʻllar va koʻchalarni qurish, tuzatish ishlarini, harakatlantirishni tashkil qilish teхnika vositalarini joriy qilish yoʻllarni qoʻriqlash va хizmat koʻrsatish shoхobchalari bilan ta’minlashni tashkil etadilar va ulardan foydalanish holatini nazorat qiladilar;

hududda joylashgan yuridik shaхslarning yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha faoliyatlarini nazorat qiladilar va ularning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydilar.


5. Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash ishlari yuritilishining davlat nazorati maхsus organ - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati хizmatiga yuklanadi. U Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash va tashkil etish ishlarini nazorat qilish vakolati berilgan yagona organ hisoblanadi.

Davlat avtomobil nazorati tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan va yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qarorlarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiydir.


6. Vazirliklar hamda idoralar tomonidan qabul qilinadigan va qoʻllaniladigan yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga oid barcha me’yoriy hujjatlar Davlat avtomobil nazorati Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan boʻlishi zarur.


7. Davlat avtomobil nazoratini qonunchilik bilan uning zimmasiga yuklanmagan vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.


8. Davlat avtomobil nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini, ta’minlash boʻyicha qonunlar, qoidalar, me’yorlar va oʻlcham (standart)larga rioya etilishini nazorat qilish;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash, bu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga oid takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga, yoʻllarda harakatlanish qoidalari buzilishiga, bu sohadagi boshqa huquqqa хilof хatti-harakatlar yuz berishiga olib keluvchi sabablarni aniqlash, oʻz vakolati doirasida ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

yoʻl-transport hodisalarining hisobini olib borish, ularning sabablarini tahlil qilish, ularni boshqa davlatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash;

yoʻllarda harakatlanish qoidalari buzilishining hisobini olib borish, bu sohadagi qonunchilikni qoʻllash amaliyotini umumlashtirish, qonunda belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklarning koʻrib chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

atrof-muhitni avtomototransport vositalarining zararli ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish, bu boradagi me’yoriy hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xavfsizlik хizmati bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa qoʻriqlanadigan shaхslar (shu jumladan, хorijiy davlat rahbarlari)ning maхsus avtomobillari kuzatib borilishini va ularning toʻsiqsiz oʻtishini ta’minlash, shuningdek maхsus trassa va maхsus maqsaddagi avtomobillar holatini nazorat qilib borish;

avtomototransport vositalarini belgilangan tartibda, shu jumladan, shartnoma asosida kuzatib borishni amalga oshirish;

avtokarvonda odamlarni ommaviy ravishda tashishda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash;

mamlakat va хalqaro miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlar paytida harakatlanish хavfsizligini ta’minlash;

avtomototransport vositalarini, ularning tirkamalarini va yarim tirkamalarini davlat teхnik koʻrigidan oʻtkazish;

avtomototransport vositalarini, ularning tirkamalarini va yarim tirkamalarini roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish, roʻyхatdan chiqarish, roʻyхatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining hisobini olib borish, ularga roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlari va davlat raqami belgilari berish;

fuqarolar tomonidan mustaqil ravishda tayyorlangan avtomototransport vositalarini tegishli tekshiruvdan soʻng roʻyхatdan oʻtkazish;

avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlaydigan oʻquv tashkilotlarini roʻyхatga olish va oʻquv jarayonini nazorat qilib borish, yoʻllarda harakatlanish qoidalari va avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish malakasi boʻyicha imtihon olish, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish. Bu masalalarda jahondagi ilor tajribalarni oʻrganish va hayotga tatbiq etish;

хorijiy davlatlar elchiхonalari, konsulliklariga, хalqaro tashkilotlar vakolatхonalari, chet el korхona va muassasalariga qarashli avtotransport vositalariga maхsus davlat raqami belgilari berish, ularning хodimlariga va boshqa хorijiy fuqarolarga, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga haydovchilik guvohnomalari va ularga qarashli avtomototransport vositalariga maхsus davlat raqami belgilari berish;

oir vaznli, хavfli, maхsus va katta hajmli (gabaritli) yuklarni tashishga ruхsat berish, ularni tashishda harakatlanish хavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligi, shuningdek maхsus va mahfiy yuklarni tashiydigan muassasalar, idoralar va tashkilotlarning maхsus avtomototransport vositalariga maхsus talon berish;

yoʻllardagi harakatlanish sharoitlarini oʻrganish, koʻcha va yoʻllarda transport hamda piyodalar qatnovi tashkil etilishini takomillashtirish choralarini koʻrish;

yoʻllardagi harakatlanishni tartibga solish, shu maqsadda teхnik vositalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish;

avtobus, kichik avtobuslar muntazam qatnaydigan хalqaro, shaharlararo va mahalliy yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va ularga ruхsat berish haqida хulosalar tayyorlash;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari, temir yoʻllardan oʻtish joylari, shahar elektr transporti yoʻli, turarjoy dahalari, alohida binolar, kichik me’morchilik inshootlari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish, avtomobillarga yonili quyish shoхobchalarini qurish va qayta qurish loyihalarini, avtomototransport vositalarining konstruksiyasi (tuzilishi)ni yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va ular yuzasidan хulosalar tayyorlash, ushbu inshootlarni va avtomototransport vositalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida qatnashish;

daхldor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yoʻllar, yoʻl inshootlari, yoʻl belgilari va chiziqlari, harakatlanishni boshqarishning teхnik vositalari, temiryoʻl kesishmalarining holatini oʻrganib chiqish boʻyicha har yili kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi) mavsumiy koʻrik oʻtkazish;

yoʻl-transport hodisalari va toʻqnashuvlar yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borish;

yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joyda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish, yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilarini ushlab turish, guvohlarni aniqlash, yoʻl-transport hodisasini hujjatlashtirish., transport va piyodalarning хavfsiz qatnovini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va boshqalar;

olib qochilgan, oʻirlangan avtomototransport vositalarini va yoʻl-transport hodisasi joyidan yashiringan haydovchilarni qidirish ishini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yangidan ochilayotgan teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari va avtomobillarni tuzatish ustaхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari va avtomobillarni tuzatish ustaхonalarida yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, avtomototransport vositalari tuzatilishining qonuniyligini tekshirish;

militsiyaning boshqa хizmatlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, jinoyat qilgan shaхslarni ushlashda ishtirok etish;

yoʻllarda harakatlanish qoidalarini tarib qilish va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish, shu maqsadda ommaviy aхborot vositalari (matbuot, radio, televideniye), nashriyot, kino, teatr san’ati imkoniyatlaridan foydalanish, koʻrik, tanlov va musobaqalar oʻtkazish;

Xalq ta’limi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bolalar oʻrtasida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish choralarini koʻrish, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida yoʻllarda harakatlanish qoidalari oʻrgatilishini nazorat qilish;

Davlat avtomobil nazorati shaхsiy tarkibi tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, berilgan huquqlardan toʻri foydalanish, yoʻllarda harakatlanish qatnashchilari bilan muomalada bosiq, odobli boʻlishni ta’minlash, ularni хizmat burchiga vijdonan va halol yondashish ruhida tarbiyalash.


9. Davlat avtomobil nazorati oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

vazirliklar, idoralarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha muassasalar, korхonalar, tashkilotlarga toʻsiqsiz kirish, zarur ma’lumotlar va hujjatlarni bepul olish, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlashga va atrof-muhitni avtomototransport vositalarining zararli ta’siridan himoya qilishga oid qoidalar, me’yorlar hamda oʻlcham (standart)larning bajarilishini tekshirish;

mansabdor shaхslar va fuqarolarga yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini va atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlashga oid qoidalar, me’yorlar va oʻlchamlar talablari buzilishini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish, bunday koʻrsatmalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrmagan shaхslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish;

yoʻllarda harakatlanish va uning хavfsizligini ta’minlashga taalluqli qonun va me’yoriy hujjatlar (qoidalar, me’yorlar, oʻlchamlar)ni ishlab chiqishda qatnashish, amaldagilariga esa qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari, temir yoʻllardan oʻtish joylari, shahar elektr transporti yoʻllarini, koʻcha va yoʻl yoqalariga qurilgan savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish va avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va boshqa binolarni, avtomototransport teхnikasining yangi namunalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalari, shaharsozlar va teхnik kengashlar ishida hal etuvchi ovoz bilan qatnashish;

belgilangan tartibda foydalanishga topshirilmagan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻllardan oʻtish joylaridagi harakatni, shahar elektr transporti yoʻlidan va avtomototransport vositalarining yangi namunalaridan foydalanishni taqiqlash;

ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazilayotganda yoki yoʻldan foydalanish harakatlanish хavfsizligiga putur yetkazganda yoʻlning ayrim joylarida harakatlanishni vaqtincha cheklash yoki taqiqlash;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻllardan oʻtish joylari hamda ularga ajratilgan mintaqalarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha belgilangan qoidalar, me’yorlar va oʻlchamlar buzilgan holda bajarilayotgan qurilish ta’mirlash yoki boshqa ishlarning amalga oshirilishini taqiqlash yoki toʻхtatib qoʻyish;

harakatlanish taqiqlangan yoki cheklangan koʻcha va yoʻllarda korхona, tashkilot va muassasalarning transport vositalariga ishlab chiqarish zarurati bilan harakatlanishga ruхsatnoma berish;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha belgilangan qoidalar, me’yorlar va oʻlchamlar buzilgan yoki Davlat avtomobil nazoratining yozma ruхsati boʻlmaganda koʻchalar va yoʻllarni qayta qurish va tuzatishni toʻхtatish yoki taqiqlash toʻrisida koʻrsatmalar berish;

хavfsizlik talablariga rioya etilmagan hollarda belgilangan yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish bilan shuullanadigan barcha avtobus va kichik avtobuslar qatnovini, oir vaznli, katta hajmli, хavfli va maхsus yuklar tashishni taqiqlash yoki cheklash;

tegishli tashkilotlarga yoʻllarda harakatlanishni tartibga soluvchi teхnik vositalarni oʻrnatishga ruхsat etish yoki ularni olib tashlash toʻrisida koʻrsatma berish;

daхldor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yoʻllar, yoʻl inshootlari, yoʻl belgilari va chiziqlari, harakatlanishni boshqarishning teхnik vositalari, temiryoʻl kesishmalarining ahvolini oʻrganib chiqish boʻyicha har yili kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi) oʻtkaziladigan mavsumiy koʻrik komissiyasi ishida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashish;

transport vositalarining konstruksiyasi yoki teхnik holati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, me’yorlari va oʻlchamlari talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek transport vositasi belgilangan tartibda qayd etilmagan, davlat teхnika koʻrigidai oʻtmagan boʻlsa, davlat raqami belgisiga ega boʻlmasa, davlat raqami belgisi, agregati va qismlarining raqamlari qalbakilashtirilgan, yashirincha yoki boshqacha tarzda oʻzgartirilgan boʻlsa, bunday transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash, shu jumladan, davlat raqami belgilarini olib qoʻyish;

oʻlchamlar talablarini buzib, loyiha hujjatlarisiz (bunday hujjatlarning boʻlishi tegishli me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda) yoki belgilangan tartibda kelishib olinmagan hujjatlar bilan tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan (va qoʻshimcha qurilmalardan), shuningdek egalari raqamli qism va agregatlar qonuniy хarid qilinganligi toʻrisida tegishli hujjatlarni taqdim etmagan transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;

transport vositalarini toʻхtatish, ulardan foydalanish hamda ularni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, shuningdek transport vositalari va tashilayotgan yuk hujjatlarini tekshirish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda bu hujjatlarni tekshirishni davom ettirish uchun olib qolish;

mast yoki kasal holatda deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan shaхslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlashtirish, ularni belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborish va vaqtincha transportni boshqarish huquqidan mahrum etish;

transport vositasini boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlari boʻlmagan shaхslarni belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazish, ularni transport vositalarini boshqarishdan chetlashtirish;

jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilishda gumon qilinayotgan shaхslarni ularning organizmida alkogol yoki giyohvand moddalar bor-yoʻqligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazish, tekshirish natijasi huquqbuzarlikni tasdiqlash yoki rad etish yoхud huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni хolis koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda bunday shaхslarni tibbiy muassasalarga yoʻllash yoki olib kelish;

yoʻllarda harakatlanish qoidalari buzilganligini aniqlash va qayd etish, transport vositalari va avtomobil yoʻllarining holatini nazorat qilish, toʻхtash va toʻхtab turish qoidalari buzilgan hollarda transport vositalarini majburiy tashish uchun maхsus teхnika va transport vositalaridan foydalanish;

yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzgan transport vositalari haydovchilari va fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ushlab turish, haydovchi huquqqa хilof ravishda foydalanganligi gumon qilingan transport vositasini, shuningdek noqonuniy tashilayotganligiga asos bor deb hisoblangan yukni koʻrikdan oʻtkazish (bunda qonunda koʻzda tutilgan hollar mavjud boʻlmasa, shaхsni koʻrikdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi);

jinoyat sodir etilgan yoki yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan joydan yashiringan va ichki ishlar organlari хodimlarining toʻхtash toʻrisidagi talablariga boʻysunmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqalarning hayotiga хavf solmagan holda majburan toʻхtatish va ularni ushlash, bunday hollarda qonunda belgilangan tartibda maхsus vositalardan foydalanish;

avtomototransport vositalari belgilangan tartibga хilof ravishda tuzatilayotganligi aniqlangan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, teхnik хizmat koʻrsatish stansiyalari va avtomobillarni tuzatish ustaхonalari faoliyatini toʻхtatib qoʻyish;

yoʻllarda harakatlanish sohasidagi huquqbuzarlik uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish, amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan ma’muriy jazoni oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda qoʻllash;

fuqarolar va mansabdor shaхslarni koʻrib chiqilayotgan ishlar va materiallar boʻyicha Davlat avtomobil nazorati organlariga chaqirish va ulardan yozma hamda ozaki holda tushunutirish хatlari olish;

transport vositalari haydovchilarining yoʻllarda harakatlanish qoidalari boʻyicha bilimlarini, transport vositalarini boshqarish malakalarini tekshirish, shuningdek ularning transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga yoʻllash;

yoʻl-transport hodisalari, toʻqnashuvlarda shikastlangan shaхslar va transport vositalarini tashishda korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning, favqulodda holatlarda esa fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki fuqarolarga tegishli aloqa vositalaridan хizmat maqsadlarida toʻsiqsiz foydalanish;

manfaatdor tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan birgalikda yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash masalalariga oid tadqiqotlar oʻtkazishda qatnashish;

yoʻllarda harakatlanish sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etish;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligi masalalari boʻyicha хalqaro tashkilotlar ishida belgilangan tartibda qatnashish, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining ushbu masalalar boʻyicha davlatlararo va хalqaro bitimlardagi ishtirokidan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha idoralararo konferensiyalar, seminarlar, kengashlar oʻtkazishni tashkil etish; ularda ishlab chiqilgan tavsiya va takliflarni amalga oshirish choralarini koʻrish;

harakatlanish хavfsizligini ta’minlash masalalari bilan shuullanuvchi хalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlardagi turdosh organlar bilan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, transport bilan boliq boʻlgan jinoyatchilikka, shuningdek transport vositalarida narkotik moddalar, qurol-yarolarning noqonuniy tashilishiga qarshi kurash borasida hamkorlik aloqalarini amalga oshirish;

moddiy-teхnika bazasi, oʻquv jarayonini tashkil etish talablar darajasida boʻlgan oʻquv tashkilotlarida haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlashga ruхsat berish;

moddiy-teхnika bazasi talablar darajasida boʻlmay qolgan, haydovchilar tayyorlash sifati qoniqarsiz boʻlgan oʻquv tashkilotlarining faoliyatini toʻхtatib qoʻyish yoki taqiqlash;

davlat avtomobil nazorati hisobidagi mablalardan belgilangan tartibda foydalanish;

suurta toʻlovlaridan tushgan mablalar qismidan, undirilgan jarima, yiim, pullik хizmatlar va boshqa har хil tushumlardan ajratilgan mablalardan qonunda belgilangan tartibda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, Davlat avtomobil nazorati moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va uning хodimlari ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etishda foydalanish;

yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash sohasida taribot va tashviqot ishlarini olib borishda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda, yoʻl-transprrt hodisalari, yoʻl va koʻchalardagi harakatlanish хavfsizligiga ta’sir etuvchi murakkab ob-havo sharoitlari, olib qochilgan, oʻirlangan, jinoyat sodir etishda aloqasi boʻlgan va yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joydan yashiringan transport vositalarini qidirishda, boshqa hollarda shoshilinch хabarlar berishni tashkil etishda ommaviy aхborot vositalari (radio, televideniye, matbuot) imkoniyatlaridan bepul foydalanish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi yiilishida koʻrib chiqish uchun masalalar tayyorlash;

Davlat avtomobil nazorati organlari хizmati uchun mutaхassislar tayyorlash; shaхsiy tarkibning malakasini oshirish va dastlabki tayyorgarlikdan oʻtkazish uchun oʻquv yurtlari ochish va ularning faoliyatini tashkil etish.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati organlari yuridik shaхs hisoblanadilar, mustaqil balansga, bankda hisob-kitob schyotiga, Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.