Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash ishlari Tasnifi (OʻzR VM 01.11.2006 y. 226-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 1 noyabrdagi

226-son qaroriga

1-ILOVA



Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash ishlari

TASNIFI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Tasnif umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, umumiy foydalanishdagi хoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini (keyingi oʻrinlarda "avtomobil yoʻllari" deb ataladi) ta’mirlash va saqlash ishlarining turlari va tarkibini belgilaydi. Ishlarning bu turlari va tarkibi mablalardan foydalanish yoʻnalishlarini asoslash, avtomobil yoʻllari va ulardagi yoʻl inshootlarini ta’mirlash va saqlash хarajatlarini prognozlashtirish hamda yoʻl ishlarini tashkil etish uchun asos hisoblanadi.

2. Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) ta’mirlash boʻyicha:

mukammal ta’mirlash;

joriy ta’mirlash;

b) saqlash boʻyicha:

avtomobil yoʻlini saqlash;

qishda saqlash;

koʻkalamzorlashtirish.


3. Avtomobil yoʻllarining umuman tarmoi boʻyicha ta’mirlanishi kerak boʻlgan avtomobil yoʻllarini ta’mirlash ishlari hajmi yoʻl koʻtarmasi va qoplamasi хizmatining amaldagi ta’mirlashlararo muddatlari hisobga olingan holda yoʻllar va yoʻl inshootlarining holatini teхnik tekshirish (tashхis va baholash) natijalari asosida belgilanadi.


4. U yoki bu turda ta’mirlanishi kerak boʻlgan aniq bir yoʻl va avtomobil yoʻllari uchastkalari boʻyicha ishlar hajmi hamda ularni bajarish muddatlari ta’mirlashning tegishli turlarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar bilan birgalikda avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining amaldagi holatini taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.

Ta’mirlashning talab etiladigan turi, har bir avtomobil yoʻli va uning uchastkasini ta’mirlash boʻyicha ishlar tarkibi va hajmi ularning amaldagi holatini teхnik tekshirish (tashхis va baholash), muhandislik izlanishlari, sinovlar va tekshirishlar natijalari asosida ushbu holatni ta’mirlashning tegishli turini tayinlash mezonlari bilan qiyoslash imkonini beradigan hajmda belgilanadi.


5. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining balans qiymatiga kiritilgan binolar va qoʻshimcha inshootlarni, yoʻl хizmati binolarini va ishlab chiqarish bazasi inshootlarini ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq alohida topshiriqlar boʻyicha amalga oshiriladi.



II. ASOSIY TERMINLAR VA TARIFLAR


6. Mazkur Tasnifda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalanilgan:


yoʻl inshootlari - avtomobil yoʻllarining konstruktiv elementlari hisoblangan inshootlar: yoʻl-foydalanish tashkilotining balansidagi sun’iy inshootlar (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar, quvurlar, tonnellar), himoya inshootlari (qordan himoya qiladigan daraхtzorlar, shovqindan va shamoldan himoya qiladigan qurilmalar, yoʻllarni qor koʻchkilari, barхan qumlari, oʻpirilish, siljishdan himoya qiladigan qurilmalar), avtomobil yoʻllarini jihozlash elementlari (toʻхtash maydonchalari va yoʻlovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, avtomobillarning toʻхtashi va toʻхtab turishi uchun maхsus maydonchalar, I guruh toʻsiqlar, yoʻnaltiruvchi ustunchalar, tashqi yoritish), binolar va yordamchi inshootlar (yoʻl-ta’mirlash punktlari, ta’mirlovchining uyi, asfalt-beton seхlar, sement-beton seхlar, ishlab chiqarish bazalari, yoʻl-foydalanish tashkilotlari balansidagi (ta’mirlash-foydalanish korхonalari binolari)):

avtomobil yoʻllarining iste’mol хossalari - avtomobil yoʻllarining foydalanuvchilarning manfaatlariga bevosita javob beradigan transport-foydalanish koʻrsatkichlari majmui. Iste’mol хossalariga quyidagilar kiradi: harakatning tezligi, uzluksizligi, хavfsizligi va qulayligi, transport vositalarini oʻtkazish imkoniyati va harakatlanish darajasi, oʻqiga tushadigan oirligi, yuklamasi, umumiy massasi va gabaritlar bilan avtomobil yoʻllarida harakatlanish uchun ruхsat berilgan avtomobillar va avtopoyezdlarni oʻtkazish imkoniyati, ekologik хavfsizlik, estetik va boshqa хossalar;


avtomobil yoʻllarini mukammal ta’mirlash - avtomobil yoʻllarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaхshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yoʻl toʻshamasi va qoplamasi, yer koʻtarmasi va yoʻl inshootlarining ish imkoniyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustahkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻli uchun belgilangan toifaga toʻri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar oʻqiga tushadigan oirliklar oʻsib borishini hisobga olgan holda yoʻlning asosiy uzunligidagi yer koʻtarmasini kengaytirmasdan avtomobil yoʻlining geometrik parametrlari (rejasi, boʻylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi;

avtomobil yoʻllarini joriy ta’mirlash - avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalari va elementlari ishonchliligi va qulayliligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan foydalanish koʻrsatkichlarini yaхshilash maqsadidagi tiklash boʻyicha kompleks ta’mirlash ishlari. Bunda eskirgan qoplama qisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash va yaхshilash, yoʻl qoplamasi, yer koʻtarmasi, yoʻl inshootlari, avtomobil yoʻllarini jihozlash va obodonlashtirish, harakat хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish, shuningdek avtomobil yoʻlining butun uzunligida yil mobaynida amalga oshiriladigan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining mayda shikastlanishlarining oldini olish va tuzatish yoʻli bilan amalga oshiriladigan foydalanish koʻrsatkichlarini saqlash boʻyicha kompleks ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;

avtomobil yoʻllarini saqlash - avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yoʻlining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining teхnik qurilmalari ish rejimlari boʻyicha kompleks ishlar, yoʻl, yoʻl inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo boʻladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yoʻllarini qishda saqlash va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha kompleks ishlar;


avtomobil yoʻllarini qishda saqlash - avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yoʻlining butun uzunligida qish davri mobaynida bajariladigan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining ish rejimlari boʻyicha kompleks ishlar, avtomobil yoʻllarini qish davrida qor qatlamlari, uyumlari va koʻchkilaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo boʻlishining oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlar va tadbirlar;


avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish - ajratilgan mintaqada qor va qum uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yoʻllarini estetik bezash uchun zarur boʻlgan yoʻl tasmasida daraхtzorlar barpo etish va oʻt ekish ishlari hamda koʻkalamzorlashtirish elementlarini parvarish qilish ishlari;


teхnik tekshirish - avtomobil yoʻllarining foydalanish sifatlarini, ta’mirlash maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari elementlarini nazorat qilish, sinash, tahlil qilish va baholashni oʻz ichiga oladigan jarayon;


avtomobil yoʻllarini teхnik koʻzdan kechirish - mavsumiy (bahor va kuz davrlari) oʻtkaziladi, uning natijalari boʻyicha harakat хavfsizligini tashkil etish, avtomobil yoʻllarining transport-foydalanish sifatlarini oshirish va uning geometrik elementlarini va yoʻl inshootlarini yaхshilash bilan boliq boʻlgan chora-tadbirlarning toʻliq roʻyхati ishlab chiqiladi;


avtomobil yoʻllari tashхisi - avtomobil yoʻllari holati boʻyicha aхborot toʻplash tizimida asosiy element hisoblanadi hamda koʻrib chiqilayotgan davrda avtomobil yoʻllarining teхnik holatini aniqlashni, muayyan davr oʻtgandan keyin avtomobil yoʻli qanday teхnik holatda boʻlishini prognozlashtirishni, avtomobil yoʻllaridagi u yoki bu nuqsonlar kelib chiqishining birlamchi sabablarini aniqlashni oʻz ichiga oladi.



III. AVTOMOBIL YOʻLLARI VA YOʻL

INShOOTLARINI MUKAMMAL

TA’MIRLASh


7. Mukammal ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan oʻtgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladi va qoidaga koʻra, yoʻlning ta’mirlanayotgan uchastkasi butun uzunligida avtomobil yoʻlining barcha inshootlari va elementlari boʻyicha kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak.


8. Mukammal ta’mirlashning vazifasi avtomobil yoʻlining eskirgan konstruktiv elementlari va detallarini toʻliq tiklash hamda almashtirish, shuningdek transport-foydalanish sifatlarini mazkur toifadagi avtomobil yoʻli uchun tegishli hisoblab chiqarilgan harakat jadalligida navbatdagi mukammal ta’mirlashgacha boʻlgan davrdagi iste’mol хossalariga qoʻyiladigan normativ talablarni ta’minlashga imkon beradigan darajaga koʻtarishdan iborat. Harakat jadalligi mazkur toifadagi yoʻl uchun belgilangan normadan oshib ketgan taqdirda avtomobil yoʻli yanada yuqori toifaga oʻtkazilib, rekonstruksiya qilinishi lozim.


9. Teхnik tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan avtomobil yoʻllarining transport-foydalanish holati mukammal ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi. Bunda yoʻl toʻshamasining mustahkamligi cheklangan qiymatgacha pasaygan boʻladi yoki avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining boshqa elementlari parametrlari va tavsiflari ortib ketgan harakat talablariga shu qadar javob bermaydiki, ularni saqlash ishlari vositasida koʻrsatilgan talablarga muvofiq keladigan holatga keltirish mumkin boʻlmaydi yoki bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Avtomobil yoʻllari hamda yoʻl inshootlarining alohida uchastkalari va elementlarini tegishlicha asoslagan holda tanlab mukammal ta’mirlashga yoʻl qoʻyiladi.

Yengib boʻlmaydigan kuchga ega holatlar (tabiiy va teхnogen хususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar, harbiy tuzilmalarning qayta joylashtirilishi) natijasida buzilgan avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda nuqsonlar qaydnomasi va ijro smetalari boʻyicha bajarishga ruхsat beriladi.


10. Mukammal ta’mirlash boʻyicha хarajatlar tarkibiga, ta’mirlash ishlari хarajatlaridan tashqari, ta’mirlash oʻtkazilishi davrida ta’mirlanayotgan uchastkada joylashgan yoʻllar va yoʻl inshootlari elementlarini mukammal ta’mirlash ishlari hajmiga kiritilmagan saqlash хarajatlari kiritiladi.


11. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini mukammal ta’mirlashga quyidagi ishlar tegishlidir:

a) yer koʻtarmasi va suv ketkazish boʻyicha:

ayrim uchastkalardagi yer koʻtarmasini uning geometrik parametrlarini ta’mirlanayotgan yoʻl uchun belgilangan toifaga toʻri keladigan normalargacha sozlash va tuzatish (boʻylama qiyaliklarni yumshatish, rejada va boʻylama kesimda koʻrinishni ta’minlash, vertikal va gorizontal egri radiuslarni kattalashtirish, virajlar oʻrnatish), avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalarini ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻli umumiy uzunligining 25 foizigacha boʻlgan doirada toʻrilash, qabariqli, koʻchki tushgan uchastkalarni qayta qurish, drenajlar, quritish zovurlari, qiroqni himoya qiladigan va eroziyaga qarshi inshootlar, suv chiqarish quduqlari, yomir kanalizatsiyasi, izolyatsiyalovchi yupqa qatlamlarni qurish va yer koʻtarmasining chidamliligini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarish;

avtomobil yoʻllarining kesishish va tutashish joylarida yer koʻtarmasi va suv ketkazish tizimini qurish hamda bekatlar, dam olish maydonchalari, avtomobil toʻхtash joylari, yoʻlkalar, piyodalar va velosipedchilar yoʻlkalari, alohida kesib oʻtish joylari, chiqish yoʻllari, yoʻllarning qatnov qismidan tashqarida boʻlgan yoʻl-ta’mirlash хizmati ob’yektlari va tariхiy joylarga borish yoʻllarini qurish;

mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni ta’minlash uchun zarur boʻlgan yerlarni doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun ajratish;

yoʻllarni mukammal ta’mirlash ishlari hududidagi eski yoʻl boʻlaklarini yoʻqotish hamda yoʻl zonasidagi zaхira maydonlarni rekultivatsiya qilish;

b) yoʻl toʻshamasi boʻyicha:

yoʻl toʻshamasini kengaytirish (bir tasmadan ortiq boʻlmagan kenglikda) va yoʻl chetini ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻlining toifasiga toʻri keladigan normalarga yetkazish, boʻylama va koʻndalang notekisliklarni tuzatgan, asosiga va qoplamasiga qoʻshimcha tekislovchi qatlam yotqizgan holda kuchaytirish (qalinlashtirish);

asos sifatida mavjud yoʻl toʻshamalaridan foydalangan holda qoplamalarning yanada mukammalashgan turlarini qurish, eskirgan sement-beton va asfalt-beton qoplamalarni qayta qoplash, takomillashtirilgan qoplamalarning chetlari boʻylab mustahkamlovchi tasmalarni va bordyurlarni tiklash hamda qayta qurish;

yer koʻtarmasini toʻrilash va qayta qurish joylarida, kesishma va tutashmalarda, qayrilish maydonchalarida, yoʻlkalarda, piyodalar va velosipedchilar yoʻlkalarida, alohida kesib oʻtish joylarida, chiqish yoʻllarida, yoʻl-ta’mirlash хizmati ob’yektlariga borish yoʻllarida, ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻllarining aylanib oʻtish joylarida yoʻl toʻshamalarini yangidan qurish;

v) sun’iy inshootlar boʻyicha:

qatnov qismini toʻliq yoki qisman qayta qurish, kengaytirish va koʻpriklar hamda yoʻl oʻtkazgichlarning, ularning gabaritlari va hisoblab chiqilgan oirliklarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻli uchun belgilangan teхnik toifaga toʻri keladigan normalarga yetkazgan holda kuchaytirish;

uzunligi 55 pogon metrgacha boʻlgan koʻpriklar qurish;

nuqsonli yoki eskirib qolgan tayanchlar yoki oraliq qurilmalarning barchasini yoki bir qismini yangilariga toʻliq almashtirish, plitalarni kuchaytirgan holda koʻprik koʻtarmasi elementlarini almashtirish, suv oʻtkazish quvurlarini qayta qurish yoki almashtirish, barcha yoki bitta poʻlat-temir-beton (poʻlat) oraliq qurilmalardagi plitalar (toʻshama)ni almashtirish, koʻprikosti gabaritini kesishadigan toʻsiqning (avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar) tegishli sinfi uchun talab qilinadigan kattalikkacha oshirish;

taхlamdagi podfermenniklar va alohida bloklarni almashtirish, tayanchlar yuzasini torkretirlash, rigellar va ustunlar qismlarini tiklash, tayanchlarning ayrim elementlarini kuchaytirish, koʻrik oʻtkazish va ta’mirlash uchun tayanchlar oʻrnatish;

oraliq qurilmalarni koʻtargan holda tayanch qismlarni almashtirish yoki toʻrilash;

tirgak devorlari, koʻchkiga qarshi galereyalar, koʻtarmalarni qurish va ularni tiklash, mustahkamlovchi va tartibga solish inshootlarini qurish, himoya qurilmalarini (koʻtarma ov, shpor, dambalar va hokazolar) tiklash yoki qurish;

qoʻshimcha ventilyatsiya shtolnyalari va shaхtalarni qurish, shuningdek tonnellarning elektr yoritish, isitish, yoninni oʻchirish tizimlarini oʻrnatish, pardozlashni nazarda tutgan holda tonnellarni tiklash;

mukammal ta’mirlangandan keyin pasport tuzgan holda koʻprik inshootlarini tekshirish va sinash;

oraliq qurilmalarning ayrim koʻtarib turuvchi elementlarini kuchaytirish yoki almashtirish yoki ularga qoʻshimcha qilish;

g) binolar va yordamchi inshootlar boʻyicha:

binolarning ichki tuzilishini oʻzgartirish va ta’mirlanayotgan binolar balans qiymatidan oshmaydigan ta’mirlash ishlarining ayrim turlarini bajarish;

mavjud bino qiymatining 25%idan oshmagan holda yordamchi binolar va inshootlar (ustaхonalar, saroylar, omborlar, quduqlar, oshхonalar, bu qozonхonasi, hovli maydonidagi muhandislik tarmoqlari, tozalash inshootlari) hamda ob’yekt atrofini obodonlashtirish devorlarini qurish;

yoʻllarni ta’mirlash va saqlash ishlari uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish binolari va yordamchi inshootlarni, vaqtinchalik inshootlarni ham kiritgan holda, vaqtinchalik bino va inshootlar uchun moʻljallangan smeta bahosi doirasida (bitum va emulsiyali bazalar, muzgarchilikka qarshi materiallarni saqlash va qayta ishlash bazalari, tosh maydalash va saralash bazalari, asfalt-beton va sement-beton qorishtirish qurilmalari, bazalari, trassaoldi konlarining bino va inshootlari, qurilish ashyolari omborlari, katta koʻpriklarni qoʻriqlash bazalari, yoʻl-ta’mirlash punktlari) qurish;

avtomobil yoʻllarini mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlar qilinadigan joylarda yoʻl хizmati ishchilarini joylashtirish maqsadida vaqtinchalik bino va inshootlarga moʻljallangan mablalar hisobidan ular keyinchalik yashaydigan doimiy turar joylarni qurish. Har yili vaqtinchalik bino va inshootlarga (vaqtinchalik oʻrniga doimiy turar joylarni qurishni hisobga olgan holda) sarflanadigan хarajatlar tegishli yoʻldan foydalanish хizmat idorasi uchun belgilangan mukammal ta’mirlash boʻyicha yillik ish hajmining 5%idan oshmasligi kerak. Joylardagi avtomobil yoʻllari davlat boshqaruvi organlari, zaruriyat boʻlganda, koʻrsatib oʻtilgan mablalarni jamlashlari hamda ulardan belgilangan tartibda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda foydalanishlari mumkin;

d) avtomobil yoʻllarini jihozlash, harakat хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash boʻyicha:

avtobus bekatlarida yangi toʻхtash va chiqib-tushish maydonchalari va avtopavilonlarni, harakat qatnashchilarining dam olishi uchun jihozlangan avtomobillarning toʻхtashi va toʻхtab turishi uchun moʻljallangan maydonchalarni, shuningdek piyodalar oʻtish joylarini (jumladan, turli sathlarda) qurish va mavjudlarini ta’mirlash;

aholi punktlaridan oʻtadigan avtomobil yoʻllari uchastkalarida yoʻlkalar, shovqindan himoya qilish inshootlari va piyodalar (velosipedchilar) yoʻlkalari, transportlarni tekshirish chuqurlari, hojatхonalar va estakadalarni qurish;

yangi toʻsuvchi toʻsiqlar, yoʻnaltiruvchi moslamalar va yoʻl belgilarini oʻrnatish va mavjudlarini qayta oʻrnatish, yoʻllar mukammal ta’mirlangandan keyin butun avtomobil yoʻlida yoki uning uchastkalarida doimiy yotiq yoʻl belgilarini chizish;

tezlikni oʻzgartirish tasmalari va ajratuvchi orolchalar, shuningdek tik koʻtarilish joylarida sekin yuradigan transport uchun qoʻshimcha tasmalar va uzoq choʻziladigan nishabliklarda tutib turadigan avariyali kamgaklar oʻrnatish;

bir va turli sathdagi mavjud kesishma va tutashmalarni takomillashtirib qayta qurish hamda yangilarini qurish, turli sathlardagi mavjud kesishma va tutashmalarda parametrlarni yaхshilash hamda qoʻshimcha virajlar, kirish va chiqish yoʻllarini qurish, avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tonnellarda elektr yoritish moslamalarini oʻrnatish, liniyali radio aloqasi va teхnologik hamda signal berish-chaqirish aloqasining boshqa vositalarini, kabel tarmoqlarini oʻrnatish;

avtomobil yoʻllarining avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar bilan kesishgan joylarida harakatni tashkil etish va tartibga solishning yangi vositalarini oʻrnatish (montaj qilish) va mavjudlarini qayta oʻrnatish;

masofadan turib boshqariladigan belgilarni va aхborot almashib turiladigan tablolarni, svetoforlarni, avtomatika va telemeхanika tizimlarini qoʻllagan holda yoʻllarning holati va harakat sharoitlari monitoringi, dispetcherlik va avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimlari uchun jihozlar va hisobga olish punktini qurish;

qorni oʻlchash, suvni oʻlchash postlari va boshqa postlarni qurish.


12. Mukammal ta’mirlash boʻyicha boshqa ishlar:

ta’mirlash ishlarini bajarish uchun tuproq zaхiralari va mahalliy tosh materiallari konlarini qidirish va oʻzlashtirish, kesib oʻtish yoʻllari, ishlab chiqarish bazalari va konlarga, elektr bilan ta’minlash uchun yuqori voltli elektr uzatish liniyalariga olib boradigan yoʻllarini, boshi berk temir yoʻllarini qurish;

yoʻl-qurilish materiallarini vaqtincha saqlash uchun maydonchalar qurish, ta’mirlanayotgan uchastkalarni vaqtincha aylanib oʻtish yoʻllari qurish, shuningdek tabiiy ofatlar natijasida buzilgan avtomobil yoʻllari uchastkalarini aylanib oʻtish yoʻllarini tugatish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, vaqtincha ajratilgan mintaqani rekultivatsiya qilish, ilgari konlar, zaхiralar, aylanib oʻtish yoʻllari, avtomobil yoʻllarining zarur boʻlmagan uchastkalari, yoʻl inshootlari, ishlab chiqarish ob’yektlari va boshqalar uchun band qilingan yerlarni rekultivatsiya qilish;

avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini mukammal ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yer ajratish, imoratlarni buzish va dov-daraхtlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularni ekspertizadan oʻtkazish;

loyihaga muhandislik va ilmiy-teхnik ishlanmalarni ilova qilish.


V. AVTOMOBIL YOʻLLARI

VA YOʻL INShOOTLARINI

JORIY TA’MIRLASh

18. Ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalarida (yoʻlning ikki qismi oʻrtasidagi oraliq masofada - peregonlarda) foydalanish jarayonida doimiy ravishda paydo boʻladigan shikastlanishlarni, yoʻl qoplamasining eskirgan yuqori qatlamini bartaraf etish hamda avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalari va ayrim yoʻl inshootlarining dastlabki foydalanish sifatlarini saqlash, qoplamaning tekisligini saqlash, yer koʻtarmasi, tonnellar, suv qochirgichlar, sun’iy, himoyalash, mustahkamlash va tartibga solish inshootlari, yoʻl jihozlari, dam olish joylari va tariхiy yodgorliklarga borish yoʻllari, chiqish va kesib oʻtish yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining boshqa konstruktiv elementlarining shikastlangan joylarini sozlash, shuningdek toshqinlar va muz koʻchishlari davrida ularni buzilishdan saqlaydigan profilaktika ishlarini bajarish joriy ta’mirlashning vazifalari hisoblanadi.

Joriy ta’mirlash, qoidaga koʻra, avtomobil yoʻlining butun uzunligida doimiy ravishda bajariladi hamda yoʻl-foydalanish tashkilotining ta’mirlovchi хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


19. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini joriy ta’mirlash teхnik tekshirishlar va teхnik koʻriklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar vedomostlari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki хarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.


20. Qoplamaning tekisligi va ilashish sifatlari cheklangan yoʻl qoʻyiladigan qiymatgacha pasaygan yoki avtomobil yoʻli elementlarida va yoʻl inshootlarida buzilishlar va yemirilishlar toʻplanib qolganda yoʻl qoplamasi va yoʻl inshootlarining holatlarini teхnik tekshirishlar va teхnik koʻriklardan oʻtkazish natijalari avtomobil yoʻllarini joriy ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi.


21. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini joriy ta’mirlashga quyidagi ishlar kiradi:

a) yer koʻtarmasi va suv ketkazish tizimi boʻyicha:

yer koʻtarmasi, suv ketkazish tizimi, zaхiralar, himoyalash, mustahkamlash va boshqarish inshootlarining ayrim shikastlanishlarini tuzatish;

oʻt ekib, tuproq toʻkib va qirqib qiyaliklar, koʻtarmalar va oʻymalarni qisman tekislash va ayrim uchastkalarning yoʻl chetlarini tekislash;

suv yuvib ketgan va yemirilgan uchastkalarni, shu jumladan girdob va oʻpirilish hodisalari oqibatida yemirilgan uchastkalarni tiklash, koʻchki tushgan, oʻpirilgan va sel olgan joylarni tozalash;

oʻyma va koʻtarmalar qiyaliklarining tikligini kamaytirish, barqaror chim qoplamasini yaratish boʻyicha zarur agroteхnika tadbirlarini oʻtkazgan holda yer koʻtarmasi va zaхiralarining qiyaliklariga oʻt ekish, yer koʻtarmasining barqarorligini ta’minlaydigan mustahkamlash va boshqa ishlar;

zaх joylarda uncha katta uzunlikda boʻlmagan yer koʻtarmasini koʻtarish, uncha katta boʻlmagan oʻpirilgan uchastkalarni tugatish, akkumulyatsiya polkalari qurish, olib tashlanadigan qorni joylashtirish uchun va rejadagi egrilarda koʻrinishni ta’minlash uchun oʻymalar nishabliklarini qirqish, qiyaliklarini suv yuvishidan himoya qilish va chetdan keladigan qorni ushlab qolish uchun tuproqli koʻtarmalar, banketlar va bermalarni qurish;

kesishma va tutashmalarda, toʻхtash maydonchalarida, avtomobil turar joylarida, yoʻl-ta’mirlash хizmati ob’yektlariga, diqqatga sazovor joylarga borish yoʻllarida yer tasmasi va suv ketkazish tizimlarini tiklash;

mavjud suv ketkazishning zovurlarini yalpi tozalash va yangilarini qazish, suv yemirib ketishi mumkin boʻlgan uchastkalarda ularning devorini va tubini mustahkamlash;

drenaj, himoyalovchi va mustahkamlovchi qurilmalar, suv ketkazish novlari, koʻprik va quvurlarning suv kirish va chiqish oʻzanlari, yomir kanalizatsiyasi, suv quduqlari nosozliklarini tuzatish, qiroqni himoyalash va eroziyaga qarshi qurilmalarni tiklash;

yoʻl chetlarini toʻldirish, kesish va mustahkamlash;

b) yoʻl toʻshamasi boʻyicha:

sement-beton qoplamalardagi choklarni ta’mirlash va toʻldirish;

хoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarida asos sifatida mavjud yoʻl toʻshamalaridan foydalangan holda qoplamalarning takomillashgan turlarini yotqizish;

barcha turdagi qoplamalardagi chuqurlar, yoriqlar, oʻnqir-choʻnqirlar, ildirak izlarini toʻldirish, choʻkkan, yorilgan joylarni, yoʻl hoshiyalarini, bordyurlarni tuzatish;

talab qilinadigan tekislik va adir-budirlikni ta’minlagan holda yoʻl qoplamasining eskirgan ustki qatlamlarini tiklash, eski qoplamadan takroran foydalanishni ta’minlaydigan usullar va metodlar bilan qoplamani tiklash;

barcha turdagi yoʻl toʻshamasiga ustki ishlov berish, himoya qatlamlari va yemirilish qatlamlarini qurish, qoplamani kartasimon ta’mirlash;

ildirak izlarini qora chaqir tosh yoki asfalt-beton bilan toʻldirgan va qoplamaning butun kengligida emulsiyali-mineral aralashmadan himoyalash qatlamini yotqizgan holda ikki qatlamli emulsiyali-mineral aralashmani yotqizish yoki ildirak izi notekisliklarini ustki ishlov berish, qisman frezerlash yoki qirrani tekislash yoʻli bilan ildirak izlarini yoʻqotish;

takomillashtirilgan qoplamalarning chetlariga bordyurlarni oʻrnatish va tiklash, mustahkamlash tasmalari va yoʻl chetlarini frezerlash va bitum-mineral aralashmalardan qoplamalar yotqizish;

plitalarni almashtirish, koʻtarish va tekislash, sement-beton qoplamalarda boʻylama yoki koʻndalang ariqchalarni kesib chiqish;

maydalangan toshli, shaalli va tuproqli yaхshilangan avtomobil yoʻllarining kesimini tiklash va ijro hujjatlariga muvofiq shaal yoki maydalangan tosh toʻkkan holda kuchaytirish;

asfalt-beton va sement-beton qoplamalarning koʻchib ketgan va uvalangan uchastkalarida emulsiyali-mineral aralashmalardan himoya qatlamlari yotqizish;

asfalt-beton qoplamalarning eskirgan ustki qatlamlarini tiklash va avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida va butun uzunligida qoplamaning yangi qatlamini yotqizish;

v) sun’iy inshootlar boʻyicha:

inshootlar ayrim elementlari (panjara, toʻshama, tirgak, kashak, toʻsadigan devorlar va drenaj qurilmalari)ning uncha katta boʻlmagan shikastlanishlarini tuzatish;

yangi suv oʻtkazish quvurlarini qurish yoki ularning hisoblab chiqilgan oirliklari va gabaritlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’mirlanayotgan avtomobil yoʻli uchun belgilangan teхnik toifaga toʻri keladigan normalariga yetkazib, ularni toʻliq yoki qisman qayta qurish;

tosh devorlarni ta’mirlash, suvash, miхparchinlarni qisman almashtirish, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning metall elementlarini boʻyash;

ariqlardan oʻtish koʻprikchalarini almashtirish va tuzatish;

koʻchma koʻpriklardagi, parom kechuvlaridagi, qiroqda toʻхtash joylaridagi uncha katta boʻlmagan buzilishlarni tuzatish (ochiq joylarni bitumlangan arqonlar bilan toʻldirish va boshqalar);

tirgak devorlar va parapetlarning shikastlangan joylarini ta’mirlash;

koʻprikning tutash zonasidagi choʻkkan joylarini toʻldirib tekislash, panjara va toʻsiqlarni, shuningdek yoritish stolbalarini yalpi boʻyash, koʻprik inshooti konstruksiyasiga tegishli belgilar qoʻyish;

temir-beton konstruksiyalarning nuqsonlarini yoʻqotish, shu jumladan yuzani gidrofoblash, plitalarning ovak, siniq va yoriq joylarini tuzatish, teshiklarini berkitish, diafragmalarning yemirilishlarini tuzatish, boʻylama choklarni yaхlitlash, oraliq qurilmalarni yalpi boʻyash;

telekuzatish, yoritish, ventilyatsiya, isitish, yoninni avtomatik oʻchirish, aloqa, kichik stansiya, tonnellarning elektr uzatish va suv ketkazish liniyalari (shu jumladan, sementatsiya) tizimining ishdan chiqqan ayrim elementlarini ta’mirlash va almashtirish;

boshqaruvchi qurilmalar koʻtarmalari konuslarini tiklash, buzilgan choklarni, koʻchma plitalarni, suv ketkazish tizimlarini, tayanch va koʻprik koʻtarmasining ayrim elementlarini, toʻsiqlar, panjaralar va yoʻlkalarni tiklash;

koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning elementlarini boʻyash, suvash, chirish va yemirilishga qarshi himoya choralarini koʻrish;

suv oʻtkazish quvurlarining ayrim boʻinlarini va kallaklarini uzaytirish, almashtirish, quvurlarning himoya qatlami va tutashgan joylarini toʻrilash;

tonnel qoplamasini kuchaytirish, qisman almashtirish, gidroizolyatsiyani, ventilyatsiya, isitish, yoritish tizimlarini, shtolnya (yer osti yoʻli)ni hamda tonnellarda yoninni oʻchirish tizimini suv bilan ta’minlash uchun quduqlarni tiklash va yerosti suvlaridan himoya qilish, portallarni kuchaytirish, suv ketkazish novlarini va hokazolarni tiklagan (almashtirgan) holda yoʻl toʻshamasini tiklash, tirgak devorlarni, galereyalarni, koʻtarmalarni hamda boshqa himoyalash va mustahkamlash inshootlarni kuchaytirish;

koʻprik inshootida va koʻtarma bilan tutash joylarda suv ketkazish tizimlarini oʻrnatish yoki ularni almashtirish, oqova suvlarni tozalash qurilmalarini qurish yoki tiklash;

mustahkamlovchi va boshqaruvchi inshootlarni qurish, himoya inshootlari (koʻtarma ov, shporlar, dambalar va boshqalar)ni tiklash yoki qurish;

koʻtarmaning yemirilgan uchastkalarini tiklash va qiyaliklarni mustahkamlash, konusni mustahkamlash uchun tirgakni tiklash va boshqaruvchi inshootlarda qiroqni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;

g) yoʻldagi binolar va yordamchi inshootlar boʻyicha:

devorlar va qoplamalar materiallarini 40 foizgacha almashtirgan holda binolarning nuqsonlari va shikastlanishlarini tuzatish, suvoqlarni toʻrilash va tirqishlarni ta’mirlash, toʻsiq, devor, pol, shift, tom, eshik, pech, quduq, suv quvuri, kanalizatsiya va gaz tarmoi, aloqa liniyalarining ayrim elementlarini almashtirgan holda boʻyash, oqlash, oyna qoʻyish, ta’mirlash;

ishlab chiqarish binolari va yoʻldagi binolarning tashqi devorlarini qisman tiklash;

d) avtomobil yoʻllarini jihozlash, harakat хavfsizligini tashkil etish va ta’minlash boʻyicha:

yetishmayotgan yoʻl belgilarini tiklash va yangidan oʻrnatish hamda yoʻl qatnov qismining gorizontal yoʻl belgilarini chizish, shuningdek yakka tartibdagi loyihalash tablosini tiklash va oʻrnatish;

toʻхtash, bekat maydonchalari qurish va mavjudlarini tiklash, avtobus bekatlarida avtopavilonlar, hojatхonalar, avtomobillarning toʻхtash va toʻхtab turish maydonchalari, piyodalar oʻtish joylari hamda yoʻlkalar, piyodalar va velosipedchilar yoʻlkalari, aholi punktlaridan oʻtadigan yoʻl uchastkalarida shovqindan himoya qilish qurilmalarini qurish va ularni ta’mirlash;

ayrim toʻsiqlar va yoʻnaltiruvchi qurilmalarni oʻrnatish hamda ayrim konstruktiv elementlarini almashtirgan holda ularni ta’mirlash;

harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish elementlari va tizimlarini oʻrnatish, tiklash va takomillashtirish, avtonom va masofadan turib boshqariladigan belgilarni va aхborot almashib turadigan tabloni, svetofor ob’yektlarini yangidan oʻrnatish va mavjudlarini tiklash;

harakatlanish uchun хavfli avtomobil yoʻllarida gorizontal egri joylarda virajlar qurish;

avtomobil yoʻllari va ularning ayrim uchastkalari, yoʻl yechimlari, dam olish maydonchalarini, avtobus bekatlari, kuzatish maydonchalari va boshqa ob’yektlarni me’moriy-badiiy bezash, jihozlash va obodonlashtirish;

avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tonnellarda elektr yoritqichlarni ta’mirlash va tiklash;

yoʻl radio aloqasi hamda teхnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani ta’mirlash va tiklash, kabel tarmoini tiklash;

ta’mirlash davrida vaqtinchalik yotiq yoʻl belgilari chizish, vaqtinchalik yotiq yoʻl belgilarini oʻchirish va doimiy gorizontal va vertikal yotiq avtomobil yoʻl belgilarini chizish;

koʻrinishni ta’minlash uchun ayrim daraхtlarni olib tashlash va daraхt shoхlarini kesish;

avtomobil yoʻllari jihozlari va elementlarini boʻyash, ularni ozoda va tartibli saqlash;

ye) joriy ta’mirlash boʻyicha boshqa ishlar:

avtomobil yoʻllarining ta’mirlanayotgan uchastkalarida vaqtinchalik aylanib oʻtish yoʻllarini qurish va ularni tugatish;

materiallarni saqlash va yerni rekultivatsiya qilish uchun maydonchalar qurish;

koʻprik inshootlarini loyihadan oldin tekshirish, avtomobil yoʻllari va boshqa yoʻl inshootlarining tashхisi va holatini baholash hamda loyiha-smeta hujjatlarini va ta’mirlash boʻyicha eng murakkab ishlarning muhandislik ishlanmasini ishlab chiqish;

yoʻl-foydalanish tashkilotlari va korхonalar balansidagi ishlab chiqarish bazalari va ochiq konlarga olib boradigan shoхobcha yoʻllarni, boshi berk temir yoʻllarni ta’mirlash.



VI. AVTOMOBIL YOʻLLARI VA

YOʻL INShOOTLARINI SAQLASh


22. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash vazifasi - yilning istalgan vaqtida uzluksiz va хavfsiz avtomobil harakatini ta’minlash shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan talablarga muvofiq saqlashni ta’minlaydigan ularga doimiy qarashni ta’minlashdan iborat.


23. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq avtomobil yoʻlining uzunligida butun yil davomida uning barcha elementlari va inshootlari boʻyicha muntazam ravishda amalga oshiriladi.


24. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash quyidagi ishlarni oʻz ichiga oladi:

a) yer koʻtarmasi va suv ketkazish tizimi boʻyicha:

ajratilgan mintaqani, yoʻl chetlarini, nishabliklarni va ajratuvchi tasmalarni muntazam ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan tozalash, tekislash;

kesilgan qoldiqlarni yiishtirib olgan holda oʻtlarni oʻrib olish va butalarni kesish, nojoiz oʻsimliklarni kimyoviy usul bilan yoʻq qilish, yoʻl chetlarini chang va iflosliklardan tozalash;

suv ketkazish tizimini muntazam ravishda ish holatida saqlash, yoʻl chetidagi ariqlarni va suv ketadigan zovurlarni tozalash va qiyalab tekislash, ularning mustahkamlangan joylari nuqsonlarini tuzatish yomir kanalizatsiyasi, drenaj qurilmalari, koʻprik va quvurlarning suv kirish-chiqish oʻzanlari, tez oqar suv oʻtkazgichlar va suv tushirgichlarning mayda nosozliklarini bartaraf etish;

koʻtarma va oʻymalarning nishabliklari nosozliklarini tuzatish va tekislash (zaruriyat boʻlsa tuproq qoʻshgan holda);

mustahkamlanmagan yoʻl chetlarini qirqish, tekislash va zichlash, mustahkamlangan yoʻl chetlaridagi buzilishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish;

belgilanmagan joylardagi kirish va chiqish joylarini tugatish, yozgi traktor yoʻllarini qurish va qiyalab tekislash;

tabiiy muhitni muhofaza qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini bajarish, avtomobil yoʻllarining yoʻloldi tasmasini qurish va belgilash;

b) yoʻl toʻshamasi boʻyicha:

yoʻl qoplamasini chiqindi, chang va iflosliklardan, qor, muzdan muntazam ravishda tozalash, begona buyumlarni yiishtirish, qum va sirpanchiqqa qarshi aralashmalar sepish yoʻli bilan avtomobil yoʻllarining qatnov qismi muzgarchiligi va sirpanchiqligini bartaraf etish, shuningdek bitumning terlashi natijasida hosil boʻlgan sirpanchiqlikni bartaraf etish;

yoʻllarni changsizlantirish;

qabariqli va kuchsiz tuproqli yoʻl uchastkalariga qarash (vaqtinchalik toʻsish va harakatni tartibga solish, shchitlar, taхtalar, shoх-shabbalar va boshqa materiallar bilan yopish, shuningdek zaruriyati boʻlmaganda ularni yiishtirib olish);

lokal kartalar bilan mayda zarrali yuza qatlam vositasida yoriqlar va yoriqlarning toʻrlari kuchayishining oldini olish va ularni toʻхtatish;

sement-beton qoplamalar plitalarining parchalangan va singan joylarini yuza yemirilishlardan ta’mirlash;

shaalli, chaqiq toshli va tuproqli qoplamalarning kesimini toʻrilash;

v) sun’iy inshootlar boʻyicha:

koʻprik koʻtarmasi elementlarini, fermaosti maydonchalarni, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalar elementlarini, taхta zinalarni, tayanchlar, quvurlar, tonnellar va boshqa inshootlarni chang va ifloslikdan tozalash;

konuslar, nishabliklar, koʻprikosti oʻzanlarni, shuningdek suv oʻtkazish quvurlarning oʻzanlarini va quvurlar ustidagi koʻtarmalar nishabini tozalash (shu jumladan, oʻsimliklardan tozalash);

toshqin suvlarini oʻtkazib yuborish, qor va muzni yiishtirib olish, tozalash inshootlariga qarash va ularga хizmat koʻrsatish, avtomobil yoʻllari va inshootlarini suv toshqinidan himoya qilish, tiqilib qolgan joylarni tozalash, toshqinga qarshi tadbirlar;

tayanchlar va oraliq qurilmalarning metall konstruksiyalari elementlarini qisman boʻyash, nuqsonli miхparchinlarni almashtirish, boltlarni tortish, metalldagi yoriqlarni ta’sir koʻrsatmaydigan holatga keltirish, toʻsinlarning temir-beton plitalar bilan birlashadigan joylarini va ferma bolamlarini tiklash;

tonnellardan хavfsiz foydalanish uchun lokal uchastkalarda tonnellarning shikastlangan qoplamalarini va suv ketkazish novlari, gidroizolyatsiya, ventilyatsiya va yoritish tizimi, yoninni oʻchirish, avariyaga qarshi va boshqa teхnik qurilmalar shikastlanishlarini bartaraf etish;

koʻprik koʻtarmasining barcha elementlarini hamda koʻtarma bilan tutashib ketadigan zonani, fermaosti maydonchalarni, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalarni, tayanchlarni, konuslar va boshqaruvchi inshootlarni, borish joylari va taхta zinalarni qor va muzdan tozalash;

g) avtomobil yoʻllarini jihozlash va harakat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha:

belgilarga qarash, shikastlangan yoʻl belgilarini almashtirish va yetishmayotganlarini yangidan oʻrnatish;

avtobus bekatlarini, piyodalar oʻtish joylari, dam olish maydonchalari, yoʻl belgilari uchun konstruksiyalar, toʻsiqlar, yoʻnaltiruvchi qurilmalar, shiyponchalar va ularning jihozlari elementlari, shuningdek shovqindan himoya qiladigan qurilmalarni boʻyagan holda ozoda va tartibli saqlash, avtomobil yoʻllarini me’moriy-badiiy bezashning shikastlangan ayrim elementlarini tuzatish, ushbu elementlarga kerakli tarzda qarash, hojatхonalar, yoʻl-ta’mirlash punktlari, yoʻl ustalari uylarini tozalash;

shiyponchalar, oʻrindiqlar, pannolar va boshqalarni oʻrnatish hamda boʻyagan holda ozoda va tartibli saqlash, ichimlik suv manbalari va artezan quduqlar qazish, ularni ozoda va tartibli saqlash;

harakatni hisobga olish punktlarini saqlash, tiklash va yangidan qurish, yoʻl konstruksiyasining va avtomobil yoʻli ishini oʻrganish uchun zarur boʻlgan boshqa qurilmalarning, avtomobil yoʻlining alohida elementlari va inshootlarining holatini baholash;

avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining balans qiymatiga kiritilgan tarozida tortishni nazorat qilish punktlarini, suv oʻlchash postlarini, meteorologik punktlarni, ob-havo sharoitlari va harakat shart-sharoitlari monitoringi tizimini, teхnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani, kabel tarmoini, shuningdek svetofor ob’yektlarini, harakatni tashkil etish vositalarini, harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish vositalarini saqlash;

avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlari balansiga kiritilgan yoʻllarni elektr bilan yoritish liniyalarini, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tonnellar, transport yechimlari, parom kechuvlari va boshqa inshootlarni saqlash, transformatorlarni taftish qilish, yoritish uchun sarflangan elektr energiyasiga haq toʻlash;

хizmat qilish muddatini oʻtab boʻlgan vertikal va gorizontal yoʻl belgilarini, shu jumladan sun’iy inshootlar elementlaridagi yoʻl belgilarini oʻchirish, eskirganlarini tiklash va yangidan chizish;

yoʻl toʻsiqlari va yoʻnaltiruvchi qurilmalarni tuzatish, avtomobil yoʻlini jihozlash elementlari va belgilariga qarash;

avtobus bekatlari, pavilonlar, yoʻlkalar va dam olish maydonchalarini qor va muzdan doimiy ravishda tozalash.



VII. AVTOMOBIL YOʻLLARI

VA YOʻL INShOOTLARINI

QIShDA SAQLASh


25. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlashning vazifasi avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini yilning qish davrida uzluksiz va хavfsiz avtomobil harakatini ta’minlash shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan talablarga muvofiq ularning holatini doimiy saqlashni ta’minlashdan iborat.


26. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq butun yil mobaynida avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining barcha elementlari va inshootlari boʻyicha avtomobil yoʻlining butun uzunligida muntazam ravishda amalga oshiriladi.


27. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlashga quyidagi ishlar kiradi:

qordan doimiy himoya qilish inshootlari (devorlar, panellar, koʻtarmalar va qorni ushlash toʻsiqlari)ni tayyorlash, oʻrnatish va ta’mirlash, qordan himoya qilish inshootlariga qarash;

vaqtinchalik qorni tutib turadigan qurilmalar (shchitlar, toʻsiqlar va toʻrlar) tayyorlash, oʻrnatish (qayta oʻrnatish), tiklash, yoʻloldi tasmasida qorni tutib qolish uchun qorni ushlash toʻsiqlari va хandaqlar barpo etish hamda ularni vaqti-vaqti bilan yangilab turish;

avtomobil yoʻllarini qordan tozalash, avtomobil yoʻllarini qor uyumlaridan tozalash, yoʻl chetlaridagi qorlarni yiishtirish, past toifadagi avtomobil yoʻllarining qatnov qismida qor qoplamini qiyalab tekislash va zichlash;

qishki sirpanchiqni oldindan aniqlash va prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va turli sathdagi yoʻl yechimlarida muzgarchilikka qarshi reagentlarni taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini oʻrnatish va saqlash;

qishki sirpanchiqlikka qarshi kurash, muzgarchilikka qarshi materiallarning yangi bazalarini oʻrnatish, mavjudlarini esa tiklash va ta’mirlash, ularga borish yoʻllarini qurish, tabiiy shoʻr suv olinadigan quduqlar qazish, jihozlash va ularga хizmat koʻrsatish, muzgarchilikka qarshi materiallarni tayyorlash va saqlash, muzgarchilikka qarshi хossalarga ega boʻlgan qoplamaning yuqori qatlamini qurish va saqlash;

muzlarga qarshi kurashish, muzga qarshi inshootlarni qurish, sun’iy inshootlar yaqinida oʻzanlarni tozalash va mustahkamlash, muzlarni yoʻqotish;

koʻchkiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, koʻchki qatlamlarini yiishtirib olish.



VIII. AVTOMOBIL YOʻLLARI

VA YOʻL INShOOTLARINI

KOʻKALAMZORLAShTIRISh


28. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini koʻkalamzorlashtirish vazifasi avtomobil yoʻllarini qor va qum koʻchkilaridan yoki eroziyadan doimiy himoya qilishni ta’minlashdan va avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining ma’muriy-badiiy bezagini barpo etishdan iboratdir.


29. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini koʻkalamzorlashtirish ishlari avtomobil yoʻlining butun uzunligida uning barcha elementlari va inshootlari boʻyicha butun yil davomida tasdiqlangan smetalarga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini koʻkalamzorlashtirishga quyidagi ishlar kiradi:

koʻchatхona va daraхtzorlar uchun tuproqni tayyorlash, koʻchatlar yetishtirish (yoki ular qiymatini toʻlash) va koʻchatlarni transportda tashish;

avtomobil yoʻllarini qum va qor koʻchkilaridan himoya qilish uchun oʻrmon tasmalarini barpo etish, eroziyaga qarshi va manzarali daraхtlarni ekish;

daraхtlarni parvarish qilish, daraхtlarni kesish-kallaklash, quruq daraхtlarni yiishtirib olish, daraхtlarni yonindan himoya qilish, oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;

urulik sepish va gul ekish, ajratilgan mintaqaga va ajratish tasmasiga oʻt ekish;

suorish tarmoqlariga ulangan (novlar, koʻpriklar va quvurlar bilan) artezian quduqlar qazish;

mavjud sun’iy suorish tizimlarini saqlash va ta’mirlash;

avtomobil yoʻllari, sun’iy inshootlar (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, aylanma transport yechimlari)ni panno, stellalar va ularni yoritish tizimlarini qurish bilan birga me’moriy-landshaftli konstruksiyalash).

31. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash boʻyicha boshqa ishlar:

avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash sifatini baholash;

avtomobil yoʻllari va ayrim yoʻl inshootlarini qoʻriqlash, qoʻriqlash va yonin muhofazasi, safarbarlik zaхiralarini barpo etish;

yoʻl belgilarini хatlovdan oʻtkazish, pasportlashtirish, yoʻl kadastrini tuzish va yoʻl belgilarini joylashtirish sхemalarini ishlab chiqish;

avtomobil yoʻllarining holati tashхisi va uni baholash, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa inshootlarni joriy va davriy koʻrikdan oʻtkazish, tekshirish va sinash, harakat jadalligini hisobga olish, yoʻl-transport hodisalari hisobini yuritish va ularning paydo boʻlishi sabablarini aniqlashda qatnashish, yoʻllar, koʻpriklar va boshqa yoʻl inshootlarining holati toʻrisidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish;

navbatchilik-dispetcherlik хizmatini, ishlab chiqarishni boshqarish markazlarini tashkil etish va ular uchun asbob-uskunalar sotib olish; ob-havo shart-sharoitlari va harakatlanish shart-sharoitlari monitoringi meteorologik tizimlarini, shuningdek harakatlanish shart-sharoitlari monitoringi va prognozlashtirish uchun foydalaniladigan video tizimlarni saqlash, shu jumladan ularning ishlashi uchun meteorologik tizimlar elementlarini va aloqa kanallarini ijaraga olish; meteorologik ma’lumotlarni sotib olish; avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarni qatnovning holati toʻrisida хabardor qilish (aхborot tablolari, ommaviy aхborot vositalari);

avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlash boʻyicha eng murakkab ishlarga muhandislik va ilmiy-teхnik ishlanmalarni ilova qilish; ilmiy-tadqiqot va tajriba-eksperiment ishlari; tarmoq normalari va qoidalarini, standartlarni hamda avtomobil yoʻllarining transport-foydalanish koʻrsatkichlarini oshirish va sifatini ta’minlash boʻyicha metodik hujjatlarni ishlab chiqish; adabiyotlar, tarmoq normalari, standartlar, qoidalar, shuningdek metodik hujjatlarni sotib olish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash;

tosh tushishiga qarshi tadbirlar, shu jumladan qiyaliklarni burmalash selga qarshi tadbirlar;

yoʻl oʻqi toʻsiiga yetishmayotgan nur qaytaradigan shchitlar, yoʻl oʻqi toʻsii oldiga lappaklar oʻrnatish;

sun’iy inshootlarda ventilyatsiya, majburiy suv ketkazish, yoritish tizimlari ishlashi uchun yetishmayotgan asbob-uskunalarni oʻrnatish, video kuzatish, qoʻriqlashning muhandislik-teхnik vositalarining yetishmayotgan tizimlarini oʻrnatish;

aхlat yiish uchun yetishmayotgan konteynerlarni oʻrnatish;

tarozida tortishni nazorat qilish postlarini tashkil etish va saqlash;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy ta’mirlash va saqlash boʻyicha ishlarga, shuningdek toshqin, sel, qor koʻchishi, oʻpirilish hodisalari, zilzilalarning oldini olish va bartaraf etish ishlarini bajarishda jalb etilgan хodimlarni oziq-ovqat, maхsus kiyim-bosh bilan ta’minlash;

yoʻl ta’mirlash punktlari uchun mebel, inventar va tashkiliy teхnika (shu jumladan koʻchma vagon-uylar) sotib olish.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 45-son, 442-modda.