Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.1998 y. 192-son "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.05.1998 y.

N 192


SAVDO-IQTISODIY VA ILMIY-

TEXNIKAVIY HAMKORLIK BOʻYIChA

OʻZBEKISTON-LATVIYa HUKUMATLARARO

KOMISSIYaSINING OʻZBEKISTONGA OID

QISMINI TUZISh TOʻRISIDA


Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasini tuzish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimni roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi kotibiyati funksiyalarbyb bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.


3. Latviya tomonining Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yiilishini 1998 yil may oyining uchinchi oʻn kunligida Riga shahrida oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov