Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.1998 y. 201-son "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.05.1998 y.

N 201


SAVDO-IQTISODIY VA ILMIY-TEXNIKAVIY

HAMKORLIK BOʻYIChA OʻZBEKISTON-SLOVAKIYa

HUKUMATLARARO KOMISSIYaSINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasini tashkil etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Slovakiya Respublikasi oʻrtasidagi Bitimni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumatlararo komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi ilovaga muvofiq tarkibida tasdiqlansin.


2. Quyidagnlar:

respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining Slovakiya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalarini bajarish hukumatlararo komissiyaga;

savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya kotibiyati funksiyalarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklansin.

3. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya Slovakiya tomoni bilan kelishgan holda 1998 yil may oyining ikkinchi oʻn kunligida Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yiilishini oʻtkazsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasniing Raisi                                            I. Karimov