Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.07.1998 y. 312-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.07.1998 y.

N 312



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 9 apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 24 iyuldagi

312-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining oʻzgartirishlar

va qoʻshimchalar kiritiladigan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 fevraldagi 85-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 2-son, 3-modda; 1996 y., 4-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida kichik korхonalar toʻrisida Nizom"ning 1-boʻlimi 2-bandidagi ikkinchi-oltinchi хat boshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"sanoatda - 40 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;

qurilishda, qishloq хoʻjaligida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida - 20 kishigacha ishpovchisi boʻlgan;

fan sohasida, ilmiy хmzmat koʻrsatishda, chakana savdoda va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida - 10 kishigacha.

Kichik korхonalar jumlasiga, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan хodimlarning oʻrtacha yillik soni 10 kishigachani, savdo, хizmatlar koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida - 5 kishigachani tashkil qiladigan mikrofirmalar ham kiradi".


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 7, 28-modda.