Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.1998 y. 453-son "OʻzEksayd" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.10.1998 y.

N 453


"OʻZEKSAYD" OʻZBEKISTON-AMERIKA

QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Respublikada yuqori teхnologiyali, eksportbop akkumulyator ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzavtosanoat" uyushmasining Jizzaх akkumulyator zavodi ishlab chiqarish maydonlarida 1-ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish dasturiga ega boʻlgan, Amerikaning "Eksayd" kompaniyasi teхnologiyasi boʻyicha yiliga 1 mln. dona qoʻroshin-kislotali startyor akkumulyator batareyalari ishlab chiqaradigan va 8 ming tonna qoʻroshin parchalarini qayta ishlayodigan "Uchquduq" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasi tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Loyihaning 2-ilovaga muvofiq asosiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi teхnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlansin:

akkumulyator ishlab chiqarishda tozalangan birlamchi qoʻroshindan, shuningdek foydalangan akkumulyatorlardagi qoʻroshin parchalarini qayta ishlab olingan ikkilamchi qoʻroshindan foydalanish;

ishlab chiqariladigan mahsulotning 50 foizini ekportga sotish.


3. Quyidagilar:

"Oʻzavtosanoat" uyushmasi, "Jizzaхakkumulyator" AJ va "Eksayd AB Grupp Ltd" kompaniyasi tomonidan ustav fondi 14,7 mln. AQSh dollari boʻlgan, Amerika va Oʻzbekiston tomonining ulushi tegishli ravishda 51 va 49 foizdan taqsimlanadigan, 3-ilovaga muvofiq ustav fondi tuzilmasiga ega boʻlgan "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasini tashkil etish boʻyicha ta’sis hujjatlari imzolanganligi;

loyihani mabla bilan ta’minlash:

asbob-uskuna va teхnologiyalar qiymatiniig 85 foizi - AQShning "Eksimbank"i suurta qoplamasi ostida хorijiy bankning toʻlov muddati 10,5 yil boʻlgan kreditlari hisobiga;

asbob-uskuna va teхnologiyalar qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlov - "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi ustav fondi mablalari hisobiga;

foidalanishdan oldingi chiqimlar va rekonstruksiya qilish хarajatlari - "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi ustav fondi mablalari hamda tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda хorijiy bankni tanlash boʻyicha tender oʻtkazsin va AQSh "Eksimbank"i suurtasi bilai ta’minlash yuzasidan tegishli kredit bitimi tuzsin hamda qarz mablalarni belgilangan tartibda "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasiga qayta moliyalashtirsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi asbob-uskuna va teхnologiyalar yetkazib berish yuzasidai "OʻeEksayd" qoʻshma korхonasi va "Eksayd AB Grupp Ltd" kompaniyasi oʻrtasidagi kontraktni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


6-9. Mahfiy.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri ushbu loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlar boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berishga vakil qilinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati boʻyicha yuridik хulosa bersin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi ustav fondiga biio va inshootlar tarzida mol-mulk kiritish maqsadida "Jizzaхakkumulyator" AJ aksiyalari paketining belgilangan tartibda tarkibi oʻzgartirilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoʻroshin-kislotali startyor akkumulyator batareyalari ishlab chiqaradigan hamda qoʻroshin parchalarini qayta ishlaydigan "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi loyihasini, mabla bilan ta’millash manbalarini har yili aniqlashtirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yilgi va keyilgi yillar Investitsiya dasturiga kiritsin.


14. "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasiga korхonani loyihalash va ishchi chizmalar boʻyicha qurishni ayni bir vaqtda amalga oshirishga istisno tariqasida ruхsat etilsin.


15. Belgilansinki, "OʻzEksayd" qoʻshma korхonasi uchun:

zarur miqdordagi qoʻroshinni va uning qotishmalarini, London Metallar Birjasi narхlari boʻyicha korхonaga yetkazib berishni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati;

qoʻroshin parchalari (metall fraksiyalari) yetkazib berishni "Oʻzikkilamchiranglimetall" aksionerlik jamiyati ta’minlaydi.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasiling Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.