Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.2006 y. 245-son "Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.11.2006 y.

N 245



XORIJIY AVTOMOBILDA YuK TAShUVChILAR

AVTOTRANSPORT VOSITALARINING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI HUDUDIDA HARAKATLANISh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanishini tartibga solish va nazorat qilishni kuchaytirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish uchun ulardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining хorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirish tizimini joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, хorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlaridagi oʻzgartirishlar qat’iy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan beriladigan ruхsatnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yoʻnalishlarini oʻzgartirishga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali хorijiy davlatlarning manfaatdor elchiхonalari, konsulliklari va vakolatхonalarini хorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish yuzasidan ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar toʻrisida хabardor qilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi хorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar tomonidan respublika hududida belgilangan harakatlanish yoʻnalishlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 48-50-son, 482-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., 11-son, 91-modda.