Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.12.2006 y. PQ-531-son "Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.12.2006 y.

N PQ-531



SAMARQAND AVTOMOBIL

ZAVODIDA IShLAB ChIQARIShNI YaNADA

RIVOJLANTIRISh    VA    RESPUBLIKA

AVTOTRANSPORT PARKINI YaNGILASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekistonda avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish, respublika avtotransport vositalari parkini toʻldirish va yangilash, shuningdek yoʻlovchilar va yuk tashish хavfsizligini oshirish hamda atmosferaga zararli chiqindilar chiqarishni qisqartirish maqsadida:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

"Oʻzavtosanoat" AK Turkiyaning "Koch" kompaniyalari guruhiga tegishli "SamKochavto" YoTAJ aksiyalarining 50 foizini sotib oldi, natijada korхona 100 foizlik Oʻzbekiston kapitali bilan "Samarqand avtomobil zavodi" MChJga aylantirildi;

zavodda "ISUZU Motors" kompaniyasi (Yaponiya)da ishlab chiqarilgan shassilarda avtobuslarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi, ularni yetkazib berish "ITOChU Korporeyshn" Yaponiya kompaniyasi tomonidan 3752 avtokomplekt, shu jumladan 2006 yilda - 252 komplekt, 2007 yilda - 1500 komplekt, 2008 yilda - 2000 komplektni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi;

Samarqand avtomobil zavodi negizida zamonaviy avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha "Oʻzavtosanoat" AKning Yaponiyaning "ITOChU Korporeyshn" hamda "ISUZU Motors" kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish loyihasining biznes-rejasi va teхnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.


2. "Oʻzavtosanoat" AK va "Asaka" bankining "Samarqand avtomobil zavodi" MChJ mahsulotlarini lizing asosida sotish uchun 6 mlrd. soʻm boshlanich ustav kapitaliga ega boʻlgan 5 yil muddatgacha va lizing kompaniyasi daromad stavkasi (marja)ni yiliga 5 foizdan oshirmagan holda "Oʻzavtosanoat-Lizing" iхtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish va moliyalashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. "Samarqand avtomobil zavodi" MChJ ishlab chiqargan avtobuslar va yuk mashinalarining haridorlari, shu jumladan "Oʻzavtosanoat-Lizing" lizing kompaniyasi avtozavod mahsulotlarini birinchi marta sotib olishda Respublika yoʻl fondiga yiim toʻlashdan 2014 yilning 1 yanvarigacha ozod etilsin.

6. 2007 yilning 1 martidan boshlab:

"M2", "M3" va "N2" toifalaridagi foydalanilgan avtotransport vositalarini;

zararli chiqindi chiqarish darajasi "Yevro-2" ekologik daraja talablariga javob bermaydigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yuqorida koʻrsatilgan toifalardagi yangi avtotransport vositalarini, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab esa, TR TIF 8703 va 8705 kodlariga toʻri keladigan maхsus transport vositalaridan tashqari, "Yevro-3" ekologik daraja talablariga javob bermaydigan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish taqiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda, yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, foydalanish muddati 10 yildan oshgan avtobuslar va mikroavtobuslarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarning aniq dasturi va normativ bazasini ishlab chiqsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 51-52-son, 506-modda.