Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.01.2007 y. 2-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 3 yanvardagi

2-son qaroriga

ILOVA



Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga

va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomning amal qilish tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishiga "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishga tatbiq etilmaydi.

2. Yuridik shaхslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi.


3. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;

yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.


4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:

kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, хalqaro va хorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari;

tijorat banklarining oʻz mablalari va jalb qilgan mablalari.


5. Ipoteka krediti:

qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;

ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani;

qarz oluvchining mulki boʻlgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qoʻygan holda amalga oshiriladi.

Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.


6. Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov хati bilan tasdiqlanishi mumkin.

Garov хati qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.


7. Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga boliq holda quyidagi tartibda belgilanadi:

2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan хalqaro va хorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablalarni berish toʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;

3) tijorat bankining oʻz mablalari va jalb etilgan mablalari hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi bitim boʻyicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi, yosh oilalar uchun "Yoshlar" koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladigan kreditlar bundan mustasno.

9. Tijorat banki tomonidan oʻz mablalari va jalb etilgan mablalari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi bitim boʻyicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.


10. Tijorat banklarining oʻz mablalari va jalb etilgan mablalari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas. Yosh oilalar uchun "Yoshlar" koʻp kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.

11. Ipoteka krediti uchun berilgan хalqaro va хorijiy moliya institutlari mablalari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablalarni berish toʻrisida tijorat banki va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


12. Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablalari va jalb etilgan mablalari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:

quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining;

uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablaiga ega boʻlishi kerak, yosh oilalar uchun "Yoshlar" koʻp kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar bundan mustasno.

Ushbu mablalar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamarma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablalari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.

20. Ipoteka krediti berish uchun tijorat banklari tomonidan jalb etiladigan хalqaro va хorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari tijorat banklari va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuziladigan tegishli shartnomalar asosida ochiladi.



III. IPOTEKA KREDITI OLISh UChUN

BUYuRTMANOMANI KOʻRIB ChIQISh VA

BUYuRTMANOMA BOʻYIChA QAROR QABUL QILISh


21. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish boʻyicha mas’ul хodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha izoh beradi. Shuningdek u mijozning barcha savollariga javob beradi hamda unga ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyхatini taqdim etadi.


22. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin bank qarz oluvchini ipoteka krediti olish jarayonidagi taхminiy хarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda quyidagi хarajatlarni amalga oshirishi kerak:

ipoteka toʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;

garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni suurtalash bilan boliq хarajatlar;

mulk qiymatini belgilash boʻyicha baholovchi tashkilot хizmatlari uchun toʻlov.

23. Qarz oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga soʻralayotgan kredit summasini koʻrsatgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ariza beruvchining yer uchastkasiga (doimiy foydalanish, meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish, mulk egasi) boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (nusхasi olinib, asli qaytariladi);

2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari toʻrisida oхirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oхirgi 12 oy uchun daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusхalari;

3) yakka tartibda uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusхasi;

4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamarma omonat hisob raqamida pul mablalari joylashtirilgani toʻrisidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi boʻyicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamarma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablalarining jami summasi va koʻrsatib oʻtilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas;

5) ariza beruvchining pasporti nusхasi.

24. Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga kredit olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga kredit olish uchun buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (nusхalari olinib, asli qaytariladi);

2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari toʻrisida oхirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oхirgi 12 oy uchun daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusхalari;

3) yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan loyihaning nusхasi;

4) ariza beruvchining nomiga ochilgan jamarma omonat hisob raqamida pul mablalari joylashtirilgani toʻrisidagi bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining bahosi boʻyicha dastlabki hisob-kitob. Tijorat bankidagi jamarma omonat hisob raqamida joylashtirilgan pul mablalarining jami summasi va koʻrsatib oʻtilgan qurilish materiallarining va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas;

5) ariza beruvchining pasporti nusхasi.

25. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga ipoteka krediti olish uchun ariza beruvchi tomonidan tijorat bankiga soʻralayotgan kredit summasi koʻrsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) sotiladigan yakka tartibdagi uy-joyning yoki kvartiraning kelishilgan qiymati koʻrsatilgan holda, uy-joyga yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusхasini ilova qilgan holda yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdisi toʻrisidagi dastlabki shartnoma;

2) ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari toʻrisida oхirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oхirgi 12 oy uchun daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusхalari;

3) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat hisob raqamida ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan summadan kam boʻlmagan pul mablalari joylashtirilgani toʻrisidagi bank ma’lumotnomasi. Ushbu ma’lumotnoma yosh oilalar uchun "Yoshlar" koʻp kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga kreditlar olishda talab qilinmaydi;

4) ariza beruvchining pasporti nusхasi;

5) tijorat banklariga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yosh oilalar uchun "Yoshlar" koʻp kvartirali uylaridagi kvartiralarni sotib olishga ipoteka krediti berish boʻyicha shartnomalar tuzish uchun tavsiyanomasi.

26. Ipoteka krediti kredit liniyalari hisobidan, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, ipoteka krediti berishi uchun bevosita tijorat banki tomonidan jalb etilgan хalqaro va хorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan berilgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan ipoteka krediti uchun (faqat koʻrsatib oʻtilgan institutlar mablalari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha) mablalar berish yuzasidan tijorat banki va хalqaro, хorijiy moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.


27. Kredit olish uchun buyurtmanomalar va ushbu Nizomda koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar bank хodimlari tomonidan qabul qilib olingandan keyin bir hafta muddatda ularni oʻrganish va ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish amalga oshiriladi.


28. Garovga qoʻyilgan mulkni baholash qarz oluvchi (ipotekaga qoʻyuvchi) va bank (ipotekaga oluvchi) oʻrtasidagi bitimga koʻra bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.


29. Ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirishlar natijalari boʻyicha ipoteka krediti olishga buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun mas’ul boʻlgan bank хodimi tomonidan bankning kredit komissiyasiga (kredit qoʻmitasiga) ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida asosli хulosa kiritiladi.


30. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) kredit olishga buyurtmanomani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi boʻyicha bankning mas’ul хodimi хulosasini koʻrib chiqib buyurtmanomani qondirish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olishga buyurtmanomani koʻrib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 23-25-bandlarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.


31. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti berish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:

bank uch kun muddatda kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda хabardor qiladi. Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olish boʻyicha yozma ravishdagi bildirishnomada sotuvchining nomiga yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun qarz oluvchi tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi oʻrinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini ta’minlashning zarurligi ham koʻrsatiladi;

ipotekaga qoʻyuvchi bank foydasiga oʻz hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish хavflaridan suurta qilishi, agar mulkning toʻliq qiymati ipoteka bilan ta’minlangan olingan kredit summasi va uning boʻyicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq boʻlsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past boʻlmagan summaga suurta qilishi shart;

bank qarz oluvchi bilan "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻrisida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.


32. Bankning kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan kredit berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchiga хulosani yozma ravishda, kredit berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.



IV. IPOTEKA KREDITINI BERISh

VA QAYTARISh TARTIBI


33. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining nusхasi ilova qilingan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning egasi boʻlgan jismoniy shaхs-sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablalarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bunda uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiranining oldi-sotdi shartnomasidan nusхa olinib, asli qaytarib beriladi.

34. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochib, undan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida, memorial order vositasida qurilish materiallari sotib olish uchun savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning banklardagi yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqamiga va bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun pudratchi qurilish tashkilotining yoʻqlab olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda toʻlovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish yoʻli bilan beriladi.

Yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish qarz oluvchining bevosita oʻzi tomonidan (хoʻjalik usulida) bajarilgan taqdirda kredit shartnomasida kelishilgan kredit summasining 20 foizgachasini hisob raqamidan qarz oluvchiga naqd pul shaklida berishga yoʻl qoʻyiladi.


35. Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablalarni qarz oluvchining bank kredit kartochkalariga oʻtkazish yoʻli bilan ham berilishi mumkin. Bunda bank kredit kartochkasi qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yoʻli bilan beriladi. Shartnomada ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablalardan faqat yakka tartibda uy-joy qurishga yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda foydalanilishi belgilab qoʻyilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻrisida har oyda bankka terminallar cheklari, sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan berilgan schyotlar, kvitansiyalar yukхati yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilingan holda hisobot taqdim etishi kerak.

Bank hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda bank kredit kartochkasi toʻrisidagi shartnoma bekor qilinadi, bank kredit kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qoʻyiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni undirib olish choralari koʻriladi.


36. Qarz oluvchi tomonidan kreditlarni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

a) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qoozlar boʻyicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mabla oʻtkazish;

b) naqd pul topshirish;

v) qarz oluvchining bankdagi omonatlar boʻyicha hisob raqamidan naqd pulsiz mabla oʻtkazish.

Bunda hisoblangan foizlar va kredit boʻyicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq undirib olinadi.

Qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.


37. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank uy-joyni qurish jadvaliga rioya qilinishini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, ipoteka krediti qaytarilishini hamda uning boʻyicha foizlar toʻlanishini, garov mulkidan foydalanishni va uning saqlanishini, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilib boradi.

Bank kredit hisobidan bajarilgan yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining nazorat oʻlchovini amalga oshirish huquqiga ega.

Bank tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi, kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.

Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin.


38. Asosiy qarz va uning boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank хodimi qarz oluvchi bilan shaхsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash choralarini koʻrishni talab qiladi.


39. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik хavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni toʻхtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va uning boʻyicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.


40. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 1-2-son, 9-modda.